7-Amaliy mashg’ulot. Mavzu. Kvant optikasiga oid misollar. O’quv mashg’ulotining maqsadi



Yüklə 13,56 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü13,56 Kb.
#137047
7-amaliy


7-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu. Kvant optikasiga oid misollar.
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
Kvant optikasi bo’limiga oid masalalar ishlash yordamida talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash.

Talabalarning amaliy darsga tayyorlash va ularning faolligini oshirish maqsadida beriladigan savollar


1.Kvant optikasidagi asosiy hodisalarni ayting.
2.Fotoeffekt hodisasi va uning qo’llanilishi tushuntiring
3.Fotoeffekt uchun Eynshteyn formulasini ayting.
4.Kompton effektini tushuntiring.

Auditoriyada ishlash uchun ajratilgan masalalar.
7.1A-masala. Quyosh doimiysi kattaligi, ya‘ni Quyoshning o‘z nurlari perpendikulyar holda va o‘zidan yergacha bo‘lgan masofaga barovar uzoqlikda turgan 1 sm2 yuz orqali har minutda yuborilayotgan nur energiyasining miqdori topilsin. Quyosh sirti harorati 5800 K deb olinsin. Quyoshning nurlanishi absoyut qora jism nurlanishiga yaqin deb hisoblansin.
7.2A-masala. Agar absolyut qora jism yorqinligining maksimal spektral zichligi 4840 Ǻ to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, absolyut qora jism 1 sek da 1sm2 sirtidan qancha energiya chiqadi?
7.3A-masala. Absolyut qora jismning nurlanish quvvati 34 kVt. Jism sirti 0,6 m2 bo‘lsa, uning haroratini aniqlang.
7.4A-masala. Maydoni 10 sm2 cho‘g‘langan metall sitrdan bir minutda 4∙104 J issiqlik nurlanadi. Sirt harorati 2500 K. 1) Bu sirt absolyut qora bo‘lsa, uning nurlanishi qanday bo‘lishi, 2) mazkur haroratda bu sirt energetik yorqinligining absalyut qora jism yorqinligiga nisbati topilsin.
7.5A-masala.25 Vattli elektr lampochkasi volfram spiralining harorati 2450 K. Shu haroratda uning energetik yorqinligining absalyut qora jism energetik yorqinligiga nisbati 0,3. Spiralning nur sochadigan sirti kattaligini toping.
Mustaqil ishlash uchun uyga vazifa masalalari:
7.1U-masala. Absolyut qora jismning nurlanish quvvati 105 kVt. Agar jismning yorqinligining maksimal spektral zichligiga to‘gri keladigan to‘lqin uzunligi 7·10-5 sm ga teng bo‘lgan jismning nur sochovchi sirtining kattaligi topilsin.
7.2U-masala. To`lqin uzunligi λ =3,64 pm bo`lgan foton tinch turgan erkin elektronda sochildi. Sochilish jarayonida tepki elektronning kinetic energiyasi tushayotgan fotonning energiyasini η =25% ni tashkil qilsa: a)sochilgan fotonning Kompton siljishi to`lqin uzunligini; b) sochilgan fotonning hosil qilgan θ burchagini toping.
Yüklə 13,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə