7-maktab matematika va informatika fani o’qituvchisi vahobov adhamjon tayyorladi



Yüklə 19,5 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü19,5 Kb.
#181967
1   2   3
baxtiyor.uz-matematik-shou

2-shart “Raqamni topish”.
Bu shartda sizlarga berilgan blankada 1dan 100 gacha sonlar bo’lishi kerak, lekin bularni ichidan 30 tasi tushurib qoldirilgan. Sizlar buni 2 daqiqa mobaynidan topib yozib borasiz. Xatolarni tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Hamma raqamlar to’g’ri topilsa 20 ball, 1 ta xato uchun 20 ball, 2 ta xato uchun 18 ball, 3-5 ta xato uchun 10 ball beriladi. 6-10 ta topilmasa 5 ball, qolgan hollarda ball berilmaydi. Tayyormisizlar? Boshladik.

Vaqt tugadi endi ishlarni tekshiramiz. Bu yerda quyidagi sonlar tushirib qoldirilgan edi:
1, 4, 7, 10, 13, 16, 17, 23, 24, 25, 30, 36, 38, 43, 43, 49, 51, 52, 55, 59, 62, 66, 69, 74, 77, 79, 80, 84.
Mana endi 2-shartimiz nihoyasiga yetdi.
3-shart “Ko’z bog’lash”.
Ishtirokchilarga kerakli qurollar beriladi va ularga aytilgan gaplarni qog’ozda aks ettirishadi. Bunda ham har ikkala guruh baravariga ishtirok etishadi. Har bir chizilgan shakl uchun 4 ball beriladi. Ozgina xatolar kechiriladi. Qo’pol xatolarga ball berilmaydi. Qani boshladik.

  1. Svetofor chizing.

  2. Chizilgan svetofor aylanalari ichiga tartib raqamlari 1,2,3 sonlarini yozing.

  3. Pastki joyga 5 burchak chizing.

  4. Shu beshburchak ichiga 8 sonini yozing

  5. Bo’sh qolgan joyga oltiburchak chizing.

3-shartimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Guruhlarni ballaymiz.
4-shart “To’g’ri tanla”
Shart shundayki, quyida berilgan aylanalar ichiga 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlarni shunday joylashtiringki, natijada tomondagi sonlar yig’indisi shu aylana o’rtasidagi son hosil bo’lsin. Shart uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Shart tushinarli bo’lsa o’yinni boshladik.



Bu shartni ishtirokchilar ishgunga qadar men tomoshabinlar bilan yoshini topish o'yinini o’ynab turaman. Kimning yoshini topib beray.



  1. Yoshingizni 10 ga ko’paytiring.

  2. 9 ni istalgan bir xonali songa ko’paytiring.

  3. Endi ularni ayirmasini toping.

  4. Nechi chiqdi. Shuni menga aytsangiz men sizga yoshingizni aytib beraman.

Masalan: Mening yoshim 30 da. Uni 10 ga ko’paytirsam 300 hosil bo’ladi. 9 ni 7 a ko’paytirsam 63 hosil bo’ladi. Ikkalasining ayirmasi esa 300-63=237 hoisil bo’ladi. Natija 237 ni aytsam bo’ldi.
Mening yoshim 30 da ekanligini eshitaman.
4-shartimiz ham o’z nihoyasiga etdi.



Yüklə 19,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə