7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə20/20
tarix17.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#102734
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
7 maruza

Qasoskor viruslar. Eng yaxshi himoya – xujum qilishdir. Ayrim viruslar antivirus dasturlaridan passiv holda yashirinish o‘rniga antiviruslarni qidirish va ularga xujum qiladilar. Bunday virus dasturlari antivirus dasturlarini modifikatsiyalaydi. Natijada antivirus dasturlari faqatgina viruslarni aniqlay olmasdan, fayllarni zararlashi va viruslarni tarqatish holatiga kelib qoladi. Zararlangan antivirus dasturlari hamma vaqt «Diskda viruslar aniqlanmadi»,- degan ma’lumot chiqaraveradi.
Ayrim qasoskor virus dasturlari MICROSOFT firmasining antivirus dasturlarining ishini to‘xtatib ko‘ysa, ayrimlari antivirus dasturini har safar ishga tushirilganda bittadan faylna zararlab turadi.
Shuning uchun ham eng zamonaviy antivirus dasturlari (Norto Anti-Virus, VirusScan) bilan kuraShuvchi qasoskor viruslar ham mavjud.
Xulosa qilib aytganda, har kuni qattiq diskni antivirus dasturlari bilan to‘la tekshirish ham viruslardan himoyalanishning eng yaxshi vositasi hisoblanmaydi. Viruslardan himoyalanishning eng yaxshi usuli kompyuter bilan ishlash jarayonidagi profilaktik ishlarga to‘la amal qilish hisoblanadi. Bundan tashqari mutaxassis maslaxati bilan ham ish olib borish viruslardan himoyalanishda yaxshi natija beradi.
Har qanday himoya chora-tadbirlariga rioya qilinganda ham kompyuterga virus tushishi ehtimoldan holi emas. Bundan vahimaga tushish shart emas. Chunki, birinchidan, kompyuter viruslarini hamma vaqt davolash imkoni mavjud, ikkinchidan, kompyuter viruslarinining asosiy tarqalish vositasi bo‘lgan MICROSOFT Outlook da ayrim dasturlarni avtomatik bajarishda chegara qo‘yish lozim, notanish kishilardan kelgan xatlarni ochmaslik kerak, har doyim bir yoki bir necha hil yangi antivirus dasturlaridan foydalanish zarur.


Savol va topshiriqlar

  1. Amaliy dasturlar paketlari atamasi nimani bildiradi?

  2. Amaliy dasturlar paketlarini turlarini aytib bering.

  3. Amaliy dasturlar paketlari predmetli sohasini har xil bayonlari uchun qanday yondashishlardan foydalaniladi?

  4. Kompyuter virusi deganda nima tuShuniladi?

  5. Kompyuter viruslari necha qismga bo‘linadi?

  6. Viruslar bilan zararlanish alomatlarini aytib bering?

  7. Viruslar qanday ko‘rinishlarda tarqaladi?

  8. Viruslarni necha xil turga bo‘lish mumkin?

  9. Viruslar qanday ko‘rinishlarda aniqladnadi?

  10. Viruslar bilan zararlanishni oldini olish deganda nimalar tuShuniladi?

  11. Viruslardan himoyalanish chora-tadbirlarini aytib bering.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə