7-mavzu. Boshqaruv qarorlari



Yüklə 70,16 Kb.
səhifə4/9
tarix13.12.2023
ölçüsü70,16 Kb.
#149511
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-мавзу

Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga:

  • Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.

  • Raqobat muhitini shakllantirish.

  • Chuqur tarkibiy o’zgarishlarga erishish.

  • Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo’la oladi.

Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir. Masalan:
- Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish.
- Kadrlar masalasini hal qilish va hk.
Mazkur qarorlar yuqori va o’rta bo’g’in rahbarlari tomonidan uzog’i bilan ikki yilgacha bo’lgan muddatga qabul qilinadi.
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo’lib, barcha bo’g’inlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini to’lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo’lib, korxonaning muayyan bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotip qarorlar odatda qat'iy yo’riqnomalar, me'yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba'zan kundalik, ba'zan masalalar bo’yicha qabul qilinadi, lekin o’zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli bo’ladi.
Rahbar streotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan bo’shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Tashabbusli qarorlar o’z tavsifiga ko’ra notovarlik mazmuniga ko’ra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil o’rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Tashabbusli qarorlar erkin harakatga asoslanib qilinadi.

Yüklə 70,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə