7-mavzu: Yangi O‘zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Reja



Yüklə 39,57 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü39,57 Kb.
#159745
1   2   3   4
7-mavzu Yangi O‘zbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish

ma'naviyat katta kuch bo'la olgan. Aynan ana shu makon odamlar qalbi va ongida millatparvarlik, vatanparvarlik ruhini mustahkamlab, jamiyatni yuksak taraqqiyot yo'liga boshlaydigan yangi uyg'onish to'lqinlarini yuzaga keltirgan. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “O'zbekistonning yangi uyg'onish davrini yaratishga kirishar ekanmiz, har bir yurtdoshimizning qalbi va ongida ma'naviyat shu'lasi porlashi va u bizni ezgu ishlarga undab, yuksak mas'uliyat tuyg'usi bilan yashashga da'vat etib turishi zarur”. Jamiyatdagi ma'naviy yangilanishlar har bir insonni qalban-ruhan ezgu maqsadlar yo'lida birlashtirishga xizmat qiladi. Bu yo'lda milliy g'oya, milliy ma'naviyat har bir xalqning amaliy dasturiga aylanadi. Birlashgan jamiyat yuksak metin qoyadek sobit turadi, birlasholmagan jamiyat qumday sochilib ketishi mumkin. Har bir mamlakatni, avvalo, birlashgan fidoyilar yuksaltiradi! Yangi yilning dastlabki kunlari ana shunday oydin niyatlar bilan boshlandi. O'tayotgan kunlar hayotimizni har tomonlama tahlil qilishni taqoza etmoqda. Shukronalar bo'lsinki, bizning sarhisob qiladigan, xulosa chiqaradigan, ibrat oladigan qadriyatlarimiz etarli. Ayniqsa, keyingi yillar mustaqil yurtimiz tarixida alohida qayd etiladigan yorqin voqealarga boy bo'ldi. Bugungi kunda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ulug'vor maqsad kun tartibiga qo'yildi. Taraqqiyotning yangi davri talablari asosida mamlakatimizda amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilab olindi. Mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar O'zbekistonning yangi Renessansiga – yangi Uyg'onish davriga mustahkam poydevor bo'lishi lozim. Ana shu ma'noda bundan bir yil muqaddam, aynan 19 yanvar` kuni O'zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining ilk yig'ilishi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi burilish davrini boshlab berganligini alohida ta'kidlamoq joiz. Unda ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkalash, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish, sohada ilmiy yondashuvni keng joriy etish, ilg'or tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha aniq choralar belgilandi. Mafkuraviy ishlar borasida davr talablarini o'zida mujassam etgan yo'nalishlar asosida qabul qilingan 2021 yil 26 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”, yana shu kuni “Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida” qarorlari, 2021 yil 3 iyunda Vazirlar Mahkamasining “Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar inistituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida” gi qarori O'zbekistonda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli yo'lga qo'yish, muvofiqlashtirish borasida yangi yo'nalishni yaratishga asos bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qarori asosida barcha vazirlik va idoralarda Ma'naviyat va ma'rifat kengashlari tuzildi. Mazkur kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish bo'yicha ikki tomonlama “Yo'l xarita”lari ishlab chiqilib, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yangi tizimi amal qila boshladi. “Yo'l xarita”larida belgilab qo'yilgan tadbirlarni bugungi kun talablari darajasida amalga oshirish maqsadida ilk bor mamlkatimizdagi 109 ta vazirlik, idora va tashkilotlar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan, 630 dan ziyod korxona va tashkilot Markazning Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bo'limlari bilan, 5175 dan ziyod korxona va tashkilotlar tuman bo'linmalari bilan ikki tomonlama hamkorlikning yo'lga qo'yilishi ma'naviy-ma'rifiy sohada yangi tizim yaratiish borasidagi birinchi qadamlar bo'ldi. Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini baholash indikatorlari (KPI) ishlab chiqildi. Mazkur indikatorlar asosida hududlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar holatini muntazam baholab borish yo'lga qo'yilmoqda. Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohada yangi tizim yaratish, joylarda targ'ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirishga ko'maklashish bo'yicha 30 nafar olim, ijodkor va mutaxassislardan iborat Markaz qoshida Respublika ekspertlar guruhi tashkil etildi. O'rganish natijalariga ko'ra ma'naviy-ma'rifiy sohaga mas'ul xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan maxsus o'quv kurslari tashkil etish, soha vakillarining metodik ta'minotini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi. Ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalangan holda viloyat “Ma'rifat” targ'ibotchilar jamiyati a'zolarini ma'naviy-ma'rifiy targ'iboti bo'yicha faolligini oshirish, targ'ibot tadbirlari va materiallarni ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish yanada jadallashtirildi. Korxona, tashkilot, muassasa va boshqa tuzilmalarda ma'naviyat masalalariga jamoatchilik asosida biriktirilgan mas'ullarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning malakasini oshirish ishlari yo'lga qo'yildi. Hech kimga sir emas, hozirgi globallashuv davrida dunyo maydonida hamma sohalarda keskin kurash va raqobat tobora ayovsiz tus olmoqda. Ayrim davlatlar, siyosiy markazlar tomonidan boshqa mamlakatlarni o'z ta'sir doirasiga olish, ozodlik ruhini sindirish, mustaqilligini tizginlash, ayniqsa, yoshlarning ongu tafakkurini egallash orqali taraqqiyot va barqarorlik, milliy birlik va hamjihatlik ildizlariga bolta uruvchi manqurtlarga aylantirmoqda. Bu yo'lda havoyi yorliqlar yopishtirilgan yolg'on va puch da'volar asosida turli usul va vositalarni qo'llashga, juda katta kuch, mablag' va imkoniyatlar safarbar etilyapti. Mana shunday murakkab sharoitda milliy o'zligiga ega bo'lmagan, ma'naviy hamjihatlikka erishmagan mamlakat moddiy va ma'naviy boyliklarini, eng yomoni, mustaqilligini boy berib qo'yishi hech gap emas. Bunga o'tmishdan ham, bugungi kunimizdan ham istagancha misollar keltirish mumkin. Ana shunday sharoitda targ'ibotning tezkor, zamonaviy usullaridan foydalanmasdan maqsadga erishishi qiyin. SHu ma'noda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi qoshida “Oyina.uz” elektron portali tashkil etilib, Raqamli targ'ibot bo'limi faoliyati yo'lga qo'yildi va ular jadal faoliyat yuritmoqda. Davlatimiz rahbari “Yangi O'zbekiston strategiyasi” asarida “...targ'ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish tartibini yaratish va uni amaliyotga qo'llash mexanizmini takomillashtirish” (283-bet) vazifasini belgilab bergan edi. Albatta, maqsadga erishish uchun hududiy bo'limlar zimmasiga yangi mas'uliyat va mazmun yuklanishi tabiiy. Ularning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Markazning hududiy bo'lim va bo'linmalariga jami 303 ta (shundan hududiy bo'limlarga 28 ta, tuman/shahar bo'linmalariga 275 ta) qo'shimcha shtat birligi ajratilib, mazkur shtat birliklari tegishli mutaxassislar bilan to'ldirildi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi “Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida” Qarori bilan Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi. “Tafakkur”, “Ma'naviy hayot” jurnallari hamda “Ma'naviyat” nashriyoti Markaz tasarrufiga o'tkazilib, ular faoliyatini rivojlantirish choralari ko'rildi. O'tgan vaqt davomida Qurilish vazirligi tomonidan “Ma'naviyat va ma'rifat maskani”ning namunaviy loyihasi ishlab chiqilib, 2021 yil uchun hududlar kesimida 48 ta tuman/shaharlarda Ma'naviyat va ma'rifat maskanlarini foydalanishga topshirish bo'yicha tashkiliy-qurilish ishlari olib borildi. Bugungi kunda 27 ta tuman/shaharlarda Ma'naviyat va ma'rifat masakanlari foydalanishga topshirildi. Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yo'lga qo'yish bo'yicha an'anaviy tarzda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan 
Yüklə 39,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə