7-sinf “algebra” kursida o’rganilgan mavzularni takrorlash



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#135644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9-konspekt-algebra-1-chorak (2)

Darsning maqsadi: O’quvchilarga mustaqillik haqida, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid tushunchalar berish. y=x2 funhsiya haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________


Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
y=x2 funhsiya

y=x2 funksiyani, ya’ni a=1, b=c=0 bo’lgandagi y=ax2+bx+c kvadrat funksiyani qaraymiz. Bu funksiyaning grafigini yasash uchun uning qiymatlari jadvalini tuzamiz:



x

-4

-3

-2

-1

0

1

2

3

4

y=x2

16

9

4

1

0

1

4

9

16

Jadvalda ko’rsatilgan nuqtalarni yasab va ularni silliq egri chiziq bilan tutashtirib, y=x2 funksiyaning grafigini hosil qilamiz (1-rasm).


y=x2 funksiyaning grafigi bo’lgan egri chiziq parabola deyiladi.
y=x2 funksiyaning xossalarini qaraymiz.

  1. y=x2 funksiyaning qiymati x 0 bo’lganda musbat va x=0 bo’lganda nolga teng. Demak, y=x2 parabola koordinatalar boshidan o’tadi, parabolaning qolgan nuqtalar esa abssissalar o’qidan yuqorida yotadi. y=x2 parabola abssissalar o’qiga (0;0) nuqtada urinadi, deyiladi.

  2. y=x2 funksiyaning grafigi ordinatalar o’qiga nisbatan simmetrik, chunki

(-x)2=x2. Masalan, y(-3)=y(3)=9 (1-rasm). Shunday qilib, ordinatalar o’qi parabolaning simmetriya o’qi bo’ladi. Parabolaning o’z simmetriya o’qi bilan kesishish nuqtasi parabolaning uchi deyiladi. y=x2 parabola uchun koordinatalar boshi uning uchi bo’ladi.

  1. x 0 bo’lganda x ning katta qiymatiga y ning katta qiymati mos keladi. Masalan, y(3)>y(2). y=x2 funksiya x 0 oraliqda o’suvchi, deyiladi,

(1-rasm).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə