8-amaliy mashg‘ulot voip texnologiyasida paketli nutqni qayta ishlash tamoyillari. Amaliy ishining maqsadi


IPv6 datagramma sarlavhasining tuzilishi



Yüklə 28,15 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü28,15 Kb.
#160210
1   2   3
8-amaliy mashg\'ulot

IPv6 datagramma sarlavhasining tuzilishi

90-yillar oxiridan boshlab Internetni jadal rivojlanish jarayoni boshlandi. Bu sharoitlarda, abonentlar va turli qurilmalarni adresli muhitni qo‘llanilishi Internetni tarqalishini chegaralaydi.


Internet tarmog‘i rivojlanishi uchun adresli muhitga ulanishni oshirish zarur. Bu esa IP protokolni yangi turini IPv6 ishlab chiqilishiga olib keldi. Biroq yangi turni ishlab chiqishda adreslar muammosidan tashqari 4-turni bir qator kamchiliklari xisobga olindi.
Sarlavxa tuzilishi asosida olingan mukammallashgan IPv6 protokolni asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi;
- ulanishli IP adreslar sonini oshirishni va ularning konfiguratsiya jarayonini soddalashtirishni ta’minlaydigan adres maydonini yangi o‘lchamini kiritish;
- xizmat ko‘rsatishini kafolatli sifatini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
- axborotni himoyalash va audentifikatsiya vositalarini qo‘llash imkoniyati.



2-rasm. IPv6 datagramma sarlavhasining formati

2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, IPv6 sarlavhasining uzunligi 40 baytga teng, bu 4-turga qaragan ikki baravar katta. Birinchi 2 ta qator (8 bayt) nazorat funksiyasini ta’minlaydi va bu 2 ta qatorning tuzulishi Ipv4 sarlaxasining adresli qismini ustida joylashgan qator tuzilishidan farq qiladi.


“Versiya” maydoni 4 bit, paket IPv6 sarlavxasiga egaligini ko‘rsatadi.
“Trafik sinfi” maydoni 8 bit va “Oqim belgisi” maydani 20 bit, aniq manba adreslari jufti va belgilangan punkt uchun xizmat ko‘rsatish sifatini dastlabki belgilangan satxini aniqlaydi.
Internetda xizmat ko‘rsatish sifati tarmoqni o‘tkazish qobiliyati orqali aniqlanadi, paketlarni ushlab qolishi va djitter, shuningdek paketlarni yo‘qolishi.
“Foydali yuklama maydoni uzunligi” maydoni 2 bayt, sarlavxa uzunligidan tashqari baytlarda paket uzunligini aniqlaydi. Shuningdek maydon uzunligi 16-bitga va paketning maksimal uzunligi 216-1=65535 baytga teng.
“Keyingi sarlavxa” maydoni 8 bit, IPv6 asosiy sarlavxasidan keyingi keluvchi qo‘shimcha sarlavxalar turini aniqlaydi.
Qo‘shimcha sarlavxalar joylashgan maydon, IP sarlavhasi va TCP va UDP sarlavxalari orasiga joylashtiriladi.
Qo‘shimcha sarlavxalar o‘ziga katta funksiyalar yig‘indisini kiritadi, ular marshturizatsiyalash, fragmentatsiyalash, axborot xavfsizligi, autentifikatsiya.
“Qadamlar sonini chegaralash” maydoni 8 bit, 4-turda “Yashash vaqti” maydoni funksiyalarini bajaradi.
Jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning adreslari xar biri 16 baytga ega (128 bayt) ya’ni 4-turga qaraganda 4 marta ortiq.
IPv6 protokolni kiritish bilan bog‘liq ishlar 10-yildan ko‘p vaqt davomida olib borilmoqdaligiga qaramay, IP tarmoqlarda apparat-dasturiy modulning asosiy qismini 4-turni IP protokoli amalga oshiradi. Bu bilan bog‘liq holda IPv6 yangi tur protokollar oilasiga o‘tishda muammolar yuzaga keladi.



Yüklə 28,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə