8-mavzu. Mikrokontrollerlarni analogli signallari qabul qilish va qayta ishlash. Reja


-mavzu. Avtomatlashtirilgan tizimlar uchun foydalanuvchi interfeyslari



Yüklə 2,12 Mb.
səhifə11/11
tarix28.11.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#135716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
rasvo

13-mavzu. Avtomatlashtirilgan tizimlar uchun foydalanuvchi interfeyslari.
Reja:

  1. Foydalanuvchi interfeysi tushunchasi.

  2. Texnologik jarayonlar va qurilmalarni boshqarish interfeysi.

  3. Scada SimLight tizimi imkoniyatlari.

Tayanch so’z iboralar: interfeys, SCADA SimLight tizimi, avtomatlashtirilgan jarayonlar.
Foydalanuvchi interfeysi deganda dasturiy boshqariluvchi ob’ekt (masalan kompyuter) bilan inson-foydalanuvchi muloqatini ta’minlovchi oyna (masalan, WINDOWSning ishchi stoli) tushuniladi.
Interfeyslar, odatda, mantli va grafik turlarga bo‘linadi.
Matnli interfeyslar asosan klaviatura orqali xizmat so‘zlari bilan aloqa o‘rnatishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular asosan buyruqlar satri orqali amalga oshiriladi. Bunday interfeyslarga DOS ekranini misol qilib keltirish mumkin.
Grafik interfeyslar kompyuter ekranining barcha nuqtalariga ma’lum funksiyalarni biriktirib qo‘yuvchi grafik ko‘rinishdagi oynalardan iborat bo‘ladi. Bunday interfeyslarda muloqatni sichqoncha orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. WINDOWSning ishchi stolini grafik interfeysiga misol keltirish mumkin.
Grafik interfeyslarda ekrandagi kursor uchi qaysi nuqta ustida turgan bo‘lsa, qilingan xarakat shu nuqtaga biriktirilgan vazifaga taaluqli bo‘ladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarda asosan grafik interfeyslardan foydalaniladi. Ular avtomatlashtirilgan ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, holatini vizual kuzatish, monitoring qilish va boshqaruv parametrlarini jo‘natish uchun xizmat qiladi. Bunday interfeyslarga katta misol qilib AES larning avtomatlashtirilshan boshqaruv interfeysini keltirish mumkin.


Hozirgi kunda avtomatlashtirilgan jarayonlar va boshqaruvning foydalanuvchi interfeyslari yaratish vositalari juda ko‘plab ishlab chiqilgan. Bunday vositalardan biriga misol qilib SCADA tizimini keltirish mumkin. SCADA (Supervisory Control And Data Acquisition - ma’lumot to‘plash va dispetcherlik nazorati).  Bu tizim interfeyslar yaratish va ob’ekt bilan ma’lumot almashish tizimini yaratish uchun kuchli dasturiy vosita hisoblanadi.
Ushbu tizimning o‘rganish va kichik loyihalarni amalga oshirish uchun etarli imkoniyatlarga ega bo‘lgan Scada SimpLight versiyasi ham mavjud. U yordamida bizning fanimiz doirasidagi avtomatlashtirish ob’ektlari uchun foydalanuvchi interfeyslarini yaratish mumkin.
Quyidagi rasmda Scada SimpLight tizimi yordamida bir necha minut davomida joriy xona harorati va namligini monitoring qiluvchi foydalanuvchi interfeysi taviri keltirilgan.

Nazorat savollari:




  1. Foydalanuvchi interfeysi deganda nimani tushunasiz.

  2. Avtomatlashtirilgan jarayonlarni boshqarish interfeysi qanday bo‘lishi mumkin?

  3. Scada tizimi nima?

  4. SimLight tizimi qanday imkoniyatlarga ega.

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə