8-mavzu. Suv bug’ining asosiy xossalari. To’yingan bug’. NAM To’yingan bug’. QURUQ To’yingan bug’. O’ta qizigan bug’


Suyuqlik va quruq to‘yingan bug‘ning asosiy parametrlari. Bug‘ hosil qilish issiqligi



Yüklə 30,82 Kb.
səhifə3/10
tarix19.12.2023
ölçüsü30,82 Kb.
#150359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-mavzu. Suv bug’ining asosiy xossalari. To’yingan bug’. NAM To’-hozir.org

Suyuqlik va quruq to‘yingan bug‘ning asosiy parametrlari. Bug‘ hosil qilish issiqligi

Suvning 0S temperatura va turli bosimlardagi solishtirma hajmi v0  0,001 m3/kg ga teng.

Qaynayotgan suvning solishtirma hajmi v` bosim va temperatura ko‘tarilishi bilan ortadi, ayniqsa yuqori bosimlarda 0S temperaturadagi solishtirma hajmidan ancha farq qiladi. Masalan, p=50 bar da v1=0,0012859 m3/kg; p=220 bar da v1=0,00269 m3/kg. 1 kg suvni 0S temperaturadan qaynash temperaturasigacha isitish uchun (mos bosimda) zarur bo‘lgan issiqlik miqdori quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
q=h1–h10 (5.1)

bu yerda h1 – qaynayotgan suv entalpiyasi; h1o – suvning 0S dagi entalpiyasi;

Qaynayotgan suyuqlik entalpiyasi bosim yoki temperatura bo‘yicha aniqlanib, to‘yingan suv bug‘lari jadvallaridan olinadi.
Qaynayotgan suyuqlikning ichki energiyasi u1 entalpiya formulasidan aniqlanadi:
h=u+Pv yoki u1=h1-Pv1 (5.2)
Qaynash temperaturasigacha isitilgan suvga issiqlik berish davom ettirilsa, u bug‘ga aylana boshlaydi. Bug‘ hosil bo‘lish jarayonida suvning oxirgi tomchisi bug‘ga aylanmaguncha temperatura o‘zgarmasdan turadi. Shu oxirgi holatda quruq to‘yingan bug‘ hosil bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, 1 kg qaynayotgan suvni quruq to‘yingan bug‘ga aylantirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga bug‘ hosil qilish issiqligi deyiladi va r harfi bilan belgilanadi. Bug‘ hosil qilish issiqligi bosim yoki temperatura bilan aniqlanadi. Ularni ortishi bilan p kamayadi va kritik nuqtada nolga teng bo‘ladi. Bug‘ hosil qilish issiqligi ichki potentsial energiyani o‘zgarishiga yoki ajratish (disregatsiya) ishi  va tashqi kengayish ishiga (vII–vI)= sarflanadi.  kattalik ichki ,  – kattalik esa tashqi bug‘ hosil qilish issiqligi deb aytiladi.

Bug‘ hosil qilish issiqligi quyidagiga teng:

Quruq to‘yingan bug‘ning entalpiyasi hII quyidagi formuladan aniqlanadi:

Quruq to‘yingan bug‘ning ichki energiyasi:

Quruq to‘yingan bug‘ faqat bir parametr: bosim yoki temperatura bilan aniqlanadi.

Yuqoridagi kattaliklar: hII, hI, r, v``, v` suv bug‘i jadvallaridan olinadi.



Yüklə 30,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə