8-sinf jahon tarixi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/76
tarix04.01.2022
ölçüsü1,37 Mb.
#82565
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
7-sinf-OZBEKISTON-TARIXI test ......1111111111111

 
 
015-16-Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Gaznaviylar davlati (55) 
Savollar va javobi 
1. Somoniylar davrida qaysi shaharda yuksak navli qog‟oz ishlab chiqarilar edi? 

 Samarqand 
2. Somoniylar davrida qaysi voha ko‟nchilik va charm mollari bilan mashhur bo‟lgan? 

 Shosh 
3. Somoniylar davrida qaysi hududda qayiqsozlik taraqqiy qildi? 

 Xorazm 
4. X-XI asrlarda qaysi viloyat o‟zining kumush va qo‟rg‟oshin konlari va kumush tanga 
chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi? 

 Eloq 
5. Sharqda mashxur "zandanachi" mallarang bo'zi qayerda ishlab chiqarilgan? 

 Buxoro 
6. Sharqda mashhur bo‟lgan vadoriy matosi qayerda ishlab chiqarilar edi? 

 Samarqand 
7. X-XI asrlardayoq Movaraunnahrning qaysi viloyatidan toshko‟mir va neft qazib olingan? 

 Farg‟ona 
8. Somoniylar davrida ichki savdoda asosan qanday tangalar ishlatilgan? 

 ikkita javob to'g'ri 
9. Somoniylar davrida pul almashtirib beradigan shaxslarni qanday nomlashgan? 

 sarroflar 
10. Somoniylar davlatida qaysi yo'l orqali Janubiy Sibir va Mo'g'ulistonga Movarounnahrning 
qishloq va shaharlaridan kerakli mahsulotlar etkazib berilgan? 

 Shimoliy yo'l orqali 
11. VII-IX asrlarda Xitoy bilan savdoda muhim o'rin tutgan mahsulotlarni aniqlang. 

 ot, choy, ipak mato, tuz 
12. Xitoyda har bir otning bahosi choy bahosida qancha kg choyga teng bo'lgan? 

 56 kg 
13. Xitoyda har bir otning bahosi necha o'ram ipakka teng bo'lgan edi? 

 50 o'ram 
14. Xitoy o'lchov birliklaridan "jin" necha gramm bo'lgan? 

 600 g 
15. VII-VIII asrlarda asosiy import mahsulotlaridan biriga aylangan mahsulotni ayting. 

 choy 
16. O'rta Osiyoga qaysi hududdan qimmatbaho mo'ynalar, shamlar va cho'qqi qalpoqlar keltirilgan 
edi? 

 Bulg'or va Xazardan 
17. Somoniylar davlatining tashqi savdosida asosan qaysi tanga ishlatilgan? 

 ismoiliy 
18. Somoniylar davlatida kumush tangalar quyidagi qaysi shaharlardagi zarbxonalarda so'qilgan? 
1.Marv 2.Samarqand 3.Gurganj 4.Balx 5.Poykand 6.Buxoro 7.Shosh 

 1,2,6,7 
19. Somoniylar davlatida necha xil yer egaligi mavjud bo‟lgan? 

 5 xil 


 
20. Somoniylar davrida davlat yеrlari nima dеb yuritilgan? 

 mulki sultoniy 
21. Somoniylar davrida mulki xos yerlari kimlarga tegishli bo‟lgan? 

 oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar 
22. Somoniylar davrida mulki xos yerlaridan qanday soliq undirilgan edi? 

 ushr 
23. Qachondan boshlab yirik mansabdorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun yerlar in‟om qilina 
boshlangan? 

 X asrdan 
24. Somoniylar davrida iqto yer egaligi to‟g‟risida berilgan fikrlardan qay biri noto‟g‟ri? 

 iqto dastlab merosiy mulk qilib berilgan 
25. Iqto yer egaligi dastlab kimlarga berilgan? 

 amirzodalar va yirik mansabdorlarga 
26. Qishloq jamoalari tasarrufida bo'lgan jamoa yerlari qanday yerlar bo'lgan? 

 lalmikor va tog'oldi yerlari 
27. IX-X asrlarda yerni ijaraga olib ishlovchilar qanday nomlanar edi? 

 barzikorlar 
28. Agar qo'shchining o'z qo'shi va urug'liki bo'lsa qancha miqdorda hosildan ulushga ega bo'lgan? 

 1/3, 1/4 yoki 1/5 
29. Agar qo'shchining o'z qo'shi va urug'liki bo'lmasa qancha miqdorda hosildan ulushga ega 
bo'lgan? 

 1/10 yoki 1/12 
30. Buxoroda aholidan ikki marta soliq undirib olingan yilni aniqlang. 

 942 yil 
31. 947 yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim kimning yordamida taxtni egallab oladi? 

 Abu Ali Chag‟oniy 
32. Somoniy hukmdorlardan Nuh II hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. 

 976-997 yillar 
33. Somoniy hukmdorlardan Nuh hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. 

 943-954 yillar 
34. 952 yilda kim avval Chag'oniyonga, keyinchalik Xurosonga hokim etib tayinlangan edi? 

 Abu Ali Chag'oniy 
35. 961 yilda qaysi hududda askarlarning g‟alayoni ko‟tarilgan edi? 

 Buxoroda 
36. G‟aznaviylar davlatining asoschisi kim hisoblanadi? 

 Alptegin 
37. G'aznaviylardan qaysi hukmdor davrida ularning nufuzi somoniylar tomonidan e'tirof etilgan 
edi? 

 Sabuqtakin 
38. G'aznaviylar davlati sharqda qaysi hududlarga yoyilgan edi? 

 Shimoliy Hindistondan Janubiy Balujistongacha 
39. G'aznaviy hukmdorlardan Sabuqtakin hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. 

 977-997 yillar 
40. G‟aznaviylar davlati kimning davrida Sharqning yirik davlatlaridan biriga aylangan edi? 

 Mahmud G‟aznaviy 
41. Mahmud G'aznaviy qachon Xorazmni bo'ysundirgan edi? 

 1017 yilda 
42. G'aznaviy hukmdorlardan Ma'sud G'aznaviy hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. 

 1030-1041 yillar 
43. G‟aznaviylar davlati qachon barham topdi? 

 1186 yil 
44. G‟aznaviylar davlatida shahar hokimi nima deb atalgan? 


 

 rais 
45. G'aznaviy davlatida viloyat hukmdori qanday nomlangan edi? 

 voliy 
46. G'aznaviy davlatida viloyat boshqaruv ishlari kim tomonidan olib borilgan edi? 

 amid 
47. G'aznaviy davlatida shahar boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilar edi? 

 kutvol 
48. G'aznaviy davlatida bosh vazir tizimida qanday devonlar faoliyat yuritgan edi? 1.harbiy 
2.moliya 3.elchilik va rasmiy tadbirlar 4.xabar-pochta 5.davlat mulklari 

 1,2,3,4 
49. G'aznaviy davlatida bosh qo'mondon qanday atalar edi? 

 sipohsolor 
50. G'aznaviylar davlatida harbiy qismlar boshlig'i nima deb atalgan? 

 sarxang 
51. G'aznaviylar davlatida lashkarboshi nima deb atalgan? 

 solor 
52. Quyidagi o'rta asr davlatida hattoki daryo va dengiz floti ham mavjud bo'lgan.Gap qaysi davlat 
haqida ketmoqda? 

 G'aznaviylar davlatida 
53. G'aznaviylar hukmdori Mahmud G'aznaviy o'z ona-tili bilan bir qatorda yana qanday tillarni 
bilgan? 

 fors, arab va pahlaviy 
54. Tarixchi Bayhaqiyning sulton Ma'sudga bag'ishlab yozgan asarini aniqlang. 

 “Tarixi Mas‟udiy” 
55. Beruniyning Sulton Mas‟udga bag‟ishlangan asarini aniqlang. 

 “Qonuni Mas‟udiy”

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə