8-sinf O’zbekiston tarixi test



Yüklə 10,55 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü10,55 Kb.
#163126
2-variant


8-sinf O’zbekiston tarixi test
1. Qaysi e’tiqodda diniy ramz to‘rt tomoni teng bo‘lgan salb–«adji» hisoblangan? Turkiylar uni peshanalariga qizil rangda chizib yurganlar.
A)islom dini C)buddaviylik B)tangrichilik D)shomonlik
2. X asrda yashagan arab mualliflari qayd etishicha, Binkat(Toshkent)ni nechta darvozasi bo‘lgan?
A)12 ta B)15 ta C)22 ta D)10 ta
3.VII asrning birinchi yarmida G‘arbiy Turk xoqonligi qayerga to‘qqiz marotaba savdo elchiligi yuboriladi? A)Xitoy B)Hindiston C)Vizantiya D)Misr
4. IV asrda turkiy qabilalardan xioniylar dastlab Zarafshon vohasini egallab, janub tomonga yurib, qaysi hududda hukmronlik qilishgan?
A) Kaspiy dengizi shimoli va Orol bo’ylarida B) Kushon podsholigida C) Janubiy-g’arbiy Eron va Turkmanistonda D) Yettisuv va Sharqiy Turkistonda
5.Qaysi shahar Kidariylar davlati poytaxti edi?
A)Balx B)Tunkat C)Kat D) Eloq
6. Yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi kidariylar sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga qachon va kim tomonidan bostirib kirgan?
A) V asrning 20-yillarida Kidar boshchiligida B) V asrning o’rtalarida Bumin boshchiligida C) V asrning oxirida Grumbat boshchiligida D) V asr boshlarida Vaxshunvar boshchiligida
7. Qaysi hukmdor 305-yilda Xorazmning qadimgi poytaxtini Kat shahriga ko’chirgan? A)Farasman B)Afrig’ C)Xurzod D)Chog’on
8.Turk hoqonligi kuchaygan davrda qayerdan Qrim yarimoroligacha bo’lgan hududlar kirgan?
A) Oltoydan C)Oxota dengizidan B) Kaspiy dengizidan D)Erondan
9.Qadimiy turkiylar qaysi ajdodlarining ruhiga alohida e’tibor qaratganlar?
A)bo’ri tasviri bor nishonga ega bo’lgan B) jang maydonida qahramonlik qilgan C)”Turk qonunnomasi” ni yozgan D)davlatni boshqargan
10.Turk xoqonligi qachon Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib ketadi?
A)VI asr 80-yil boshlarida B)IVasr 80-yil o’rtalarida C)VI asr 80-yil oxirlarida D)IV asr 80-yil oxirlarida
11. Jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga sig‘inish e’tiqodini qaysi din tarbiyalagan?
A)islom B)tangrichilik C)buddaviylik D)shomonlik
12. Turkiylarda qadimda qaysi hayvon ilohiylashtirilgan va ko‘plab nishonlarida uning tasviri mavjud bo‘lgan? A)tulki B) bo’ri C)arslon D)tuya
13.Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi kimlar– voha hukmdorlari edi?
A)Farg’ona ixshidlari B)Sug‘d ixshidlari C)Xorazm xorazmshohlari D)Kesh ixridlari
14. Choch ma’muriy boshqaruvida soliq yig‘imlari noziri kim hisoblangan?
A)tudun B)hukmdor C)shahzoda D)voris
15.Toxaristonda tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat nechta mustaqil hokimliklar bo‘lgan?
A)20 ta B)15 ta C)22 ta D)27 t
16. V asrda qayerda nisbatan qadimiyroq bo‘lgan qishloq o‘rniga umumiy maydoni 18 gektar bo‘lgan yangi shahar barpo etiladi?
A)Poykandda B)Shimoliy Hindistonda C)Panjikentda D)Sharqiy Turkistonda
17. Surxon kelib qo‘shilgan joyning quyidan boshlab, Amudaryoning hayotbaxsh faoliyati boshlanadi va qayerni suv bilan ta’minlaydi.
A)Xuroson B)Xorazm C) Eron D) Hindiqush
18. Qang’ davlati tarkibidan birinchi bo’lib O’rta Osiyodagi qaysi davlat ajralib chiqdi?
A)Xorazm B)Baqtriya C)Tohariston D)Eloq
19. Chig’ir va charxpalak, suv tegirmoni kashf etilishi qaysi sohaning rivojiga ta’sir ko’rsatdi?
A) qishloq xo’jalik ishlar rivojiga B) o’rta asrlarda dehqonlarning ko’payishiga C) o’rta asrlarda posponlarning ko’payishiga D) savdoning rivojiga
20. Kimlarning zarbasi natijasida Kidariylar O’rta Osiyoni tark etib, shimoliy Hindistonga chekindilar? A)Eftallar B)Xiyoniylar C)Xorazmiylar D)Sug’diylar
Yüklə 10,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə