|
9-amaliy mashg’ulot mavzu: Mitoz va meyoz bo’linish bo’yicha masala va mashqlar yechish Darsning maqsadi
|
səhifə | 1/2 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 33,25 Kb. | | #160413 |
|
9-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Mitoz va meyoz bo’linish bo’yicha masala va mashqlar yechish
Darsning maqsadi: Organizmning ko’payishi va individual rivojlanishi haqida bilimga yega bo`lib, masalalar yechishni o`rganish
Darsning jihozi: uslubiy qo`llanmalar, monoduragay chatishtirishning sitologik asoslari tasvirlangan rasmli plakatlar, slaydlar, electron darsliklar, kodoskop, kompyuter, proyektor.
Asosiy ma’lumotlar.
Hujayralarning ajoyib sifatlaridan biri – uning o’zidan ko’payishidir. Bu protsess hujayra avlodlarining tugalmasligini (turg’unligini) ta’minlaydi.
Hujayra sikli (yoki hujayraning hayot sikli) – bu hujayra hosil bo’lgandan to uning bo’linishi yoki nobud bo’lishigacha bo’lgan siklik davrdir. Ko’p hujayrali hayvonlarda hujayraning hayot sikli butun organizm hayotidan qisqa bo’ladi. Ko’p hujayrali organizmda o’layotgan hujayralar doimo yangi hujayralar bilan almashinib turadi. Hujayraning reproduksiyasi organizm o’sishi va taraqqiyotining asosi hisoblanadi.
Hujayra reproduksiyasining bir necha turlari bor: mitoz (noto’g’ri bo’linish), meyoz va poliploidiya.
Mitoz. Mitotik bo’linish o’tgan asrning oxirlarida hayvon hujayralarida Flemming (1882), o’simlik hujayralarida Strasburger (1882) tomonidan ta’riflangan. Mitoz (yunoncha mitos – ip) bo’linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir.
Hujayra bo’linishidagi jarayonlar ma’lum qonuniyat asosida borib, ularni ketma-ket keladigan interfaza va mitozga bo’lish mumkin. Ba’zi bir hujayralar populyatsiyasi bo’linishda bo’ladi (kambial zona hujayralari). Bo’linishga tayyorgarlik vaqtini (interfaza) va mitoz bo’linishni qo’shib mitotik sikl deyiladi (1-rasm).
1- rasm. Mitotik sikl (sxema).
S1– presintetik (postmitotik) davr; S– sintetik davr; S2 – postsintetik (premitotik davr).
Mitoz va meyozning taqqoslanishi
Bosqichlar
|
Mitoz
|
Meyoz
|
Interfaza
|
DNK sintezi ro’y beradi va xromatida ikkilanadi
|
Mitoz kabi
|
I profaza
|
Xromosoma zichlashadi; Xromatindan xromosoma- ning shakllanishi boshla- nadi
|
Xromosomaning zichlanishi ro’y beradi. Gomolog xromosomalar juftlashadi, ular bivalentlar hosil qiladi, ayrim qismlariaro almashish – krossingover ro’y beradi
|
I metafaza
|
Xromosomalar ekvator bo’ylab joylashadi
|
Bivalent hosil qilgan xromosomalar ekvator bo’ylab joylashadi
|
I anafaza
|
Har bir xromosomaning xromatidasi alohida qutbga ajraladi
|
Bivalent hosil qilgan gomologik xromosomalar bir-biridai ajralib alohida qutbga ajraladi. Turli bivalentlardagi xromosomalarning mustaqil ravishda qutbga tarqalishi ro’y beradi.
|
I telofaza
|
Har biri diploid yad roli, o’xshash 2 qiz hujayra shaklanadi va mitoz yakunlanadi
|
2 ta gaploid qiz hujayra shakllanadi.Bu hujayralar genetik jihatdan o’zaro farqlarga ega bo’ladi.
|
II profaza
|
Bo’lmaydi
|
Gaploid qiz zujayra interfazasiz –interkinez holida qayta bo’linishga kirishadi. Xromosomalar zichlashadi.
|
II metafaza
|
Bo’lmaydi
|
Xromosomalar sentromerlari bilan ekvator bo’ylab joylashadi (mitoz ning metafazasi kabi)
|
II anafaza
|
Bo’lmaydi
|
Har bir xromosomaning xromatidasi alohida qutbga ajraladi (mitoz anafazasi kabi)
|
II telofaza
|
Bo’lmaydi
|
Genetik jihatdan o’zaro farq qiluvchi, xromosomasi gaploid to’plamga ega bo’lgan 4 ta qiz hujayra shakllanadi.
|
Hayvonlarda va odamlarda embrional taraqqiyotni 4 davrga bo’lib o’rganiladi:
1. Urug’lanish davri– zigotaning hosil bo’lishi bilan tugaydi.
2. Maydalanish davri – blastula yoki homila pufagining hosil bo’lishi bilan tugaydi.
3. Gastrulyatsiya davri.
4. Organogenez va gistogenez. To’qima va organlarni, shuningdek, homila qobiqlari yoki muvaqqat organlarning hosil bo’lishi.
Ko’pgina biologik omillarning birgalikdagi ta’siri erkak va urg’ochi jinsiy hujayralarning qo’shilishini ta’minlaydi. Har ikkala organizmda jinsiy hujayralarning hosil bo’lishi bir vaqtda ro’y berishi lozim. Ayrim organizmlarda kopulyatsiyaning o’zi tuxum hujayrasining tuxumdondan chiqishi (ovulyatsiya) ni ta’minlab beradi. Tashqi urug’lanish jarayonida ko’pgina suv jonzotlarining urg’ochilari tuxumlarini suvga qo’ysa, erkagi millionlab spermatozoidlarni shu suvga sochadi. Salamandralarning erkaklari esa spermatozoidlarning to’pini suv havzasi tubiga qo’yadi, urg’ochisi esa ana shu to’plamni kloakasi bilan qabul qilib oladi. Ichki urug’lanuvchilar (sutemizuvchilar) da o’ta ko’p spermatozoidlar urg’ochi organizm jinsiy yo’liga to’kiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|