9-Maruza Mavzu: “Simulink” paketi asosida murakkab tizimlarni modellashtirish va boshqarish. Reja



Yüklə 13,2 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü13,2 Kb.
#167604
  1   2   3   4
9-mavzu

9-Maruza

Mavzu: “Simulink” paketi asosida murakkab tizimlarni modellashtirish va boshqarish.

Reja:

  • Simulink paketining umumiy vazifalari.
  • Modellashtirishda Simulink paketini roli.
  • State flow programmasi.
  • Simulink-dinamik tizimlarni modellashtirish va simulyasiya qilish.
  •  
  • Tayanch iboralar:Simulink paketi, State flow programmasi.
  •  

1. Oxirgi yillarda Simulink paketi

  • fan va sanoatda dinamik sistemalarni modellashtirish va simulyasiya qilishda eng keng foydalaniladigan dasturiy paketlardan biridir.
  • Simulink ni ishlatib, namunalardan osongina model yaratish mumkin yoki mavjud modellarga komponentlar qo‘shish mumkin. Simulyasiya qilish jarayoni interaktiv bo‘lgani uchun, ish jarayonida parametr qiymatlarini o‘zgartirib, natijalarni o‘zgarishini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu paketdan Matlabning barcha analiz qiluvchi instrumental vositalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyati bo‘lgani uchun, natijalarni analiz qilish va kerakli grafiklarni qurish va o‘rganish mumkin bo‘ladi.
  • Simulink yordamida real chiziqsiz bo‘lgan modellarni o‘rganish va qurish mumkin. bunday modellar, bizga ma’lumki, qarshilik, ishqalanish, havo qarshiligi mexanizmlarni sirpanishi va boshqalarni hisobga olish imkoniyatini beradi.
  • Simulink – bu dinamik sistemalarni modellashtirish, simulyasiya va analiz qilishga mo‘ljallangan dasturlar paketidir. Bu paket uzluksiz vaqt mobaynida modellashtirilgan chiziqli va chiziqsiz bo‘lgan, ma’lum vaqt oralig‘ida berilgan tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sistemalar har xil tezlikda bo‘lishi, ya’ni sistemani har xil bo‘limi har xil tezliklarda bajarilishi mumkin.

2. Modellashtirish uchun Simulink paketi

  • modelni blok-sxema sifatida shakllantirish uchun foydalanuvchining grafik interfeysi bilan ta’minlaydi. Bunda “sichqoncha” vositasida “click-and-drag” operasiyasidan foydalaniladi. Bu interfeys yordamida modellarni qalam va qog‘oz ishlatib “chizish” mumkin. Simulink har xil bloklardan (qabul qiluvchi, manba’lar, chiziqli va chiziqsiz komponentalar, ulagich (soyediniteli) lar) dan iborat bo‘lgan bibliotekani ulab beradi. undan tashqari, foydalanuvchi o‘z bloklarini yaratish va sozlash mumkin.
  • Barcha modellar iyerarxik tuzilishga ega. Shuning uchun, modellarni o‘suvchi yoki kamayuvchi nuqtai-nazaridan kelib chiqib shakllantirish mumkin. Sistemani yuqori darajada (uroven) qarash mumkin va bloklarda ikkita (“shelchok”) “bosish” natijasida darajalar (urovni) bo‘yicha pasayib, model detallarining o‘suvchi darajalariga kirishni ta’minlash mumkin bo‘ladi. Bu nuqtai nazar (podxod) yordamida modelning tuzilishini va uning qismlarini qanday birgalikda ishlashini tushunishni ta’minlab beradi.

Yüklə 13,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə