9-ma’ruza. Sаnоаtda polimerlarni olish usullаri reja


Polikondensatlanishning amaliy usullari



Yüklə 40,22 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü40,22 Kb.
#147723
1   2   3
9-mavzu-1-qism

Polikondensatlanishning amaliy usullari
Polikondensatlanish reaktsiyasini monomerlarning suyuqlantirilgan holatida, eritmasida, fazalarga ajralish chegarasida (fazalararo polikondensatsiya) xamda qattiq holatida olib borish mumkin.
Monomerlarning suyuqlantirilgan holatida polikondensatlanish reaktsiyasi 200-220°S da, xatto undan Yuqori xaroratlarda olib boriladi. Bunda destruktsiya jarayonini minimal darajaga keltirish uchun ko’pincha reaktsiya inert gaz atmosferasida yoki Yuqori vakuumda olib boriladi. Yuqori vakuumdan foydalanilganda reaktsiyada ajralib chiqadigan quyi molekulyar moddalarni osonlik bilan yo’qotish va muvozanatni polimer hosil bo’lish tomoniga siljitish imkoniyati vujudga keladi. Bu usulning afzalligi Shundaki, erituvchi qatnashmaydi va polimer tez hosil bo’ladi. Biroq kimyoviy jixatdan suyuqlangan polimerlarni Yuqori haroratda parchalanishi mumkinligi tufayli bu usuldan foydalanish ancha chegaralangandir. Lekin poliefir va poliamidlarni olishda suyuqlantirilgan xolatdagi polikondensatlanish usuli keng qo’llaniladi.
Eritmada polikondensatlanishni olib borish usulida reaktsiya nisbatan yumshoqroq sharoitda boradi. Buni esa afzalligi bor, chunki Yuqori xaroratda polimerlarni olishda polimer va monomerlar destruktsiyalanishi mumkin. Bundan tashqari, polikondensatlanish eritmada olib borilganda past molekulyar mahsulotlarni reaktsiya muxitidan chiqarish osonlashadi va issiqlik uzatish yaxshilanadi. eritmada olingan polikondensatsion mahsulotdan bevosita parda va tola tayyorlash mumkin.
Fazalararo polikondensatlanish ikkita bir-biriga aralashmaydigan suyuqliklar yoki gaz va suyuqlik chegarasida sodir bo’ladi.
Fazalararo polikondensatlanish geterogen qaytmas jarayon bo’lib, uning tezligi reagentning fazalar oralig’idagi sirtga diffuziyalanishi bilan xarakterlanadi.
Ikkita bir-birida aralashmaydigan suyuqliklar chegarasidagi polikondensatlanish to’laroq o’rganilgan, boshlang’ich reagentlar polikondensatlanishni olib borish uchun bir-birida aralashmaydigan alohida ikkita suyuqlikda eritiladi. Ular qo’shilganda fazalarga ajralish chegarasida eritmadagi monomer molekulalarining o’zaro uchrashishi natijasida polimer hosil bo’ladi. Reaktsiyaga kiriShuvchi moddalar molekulalari to’laroq uchrashishi uchun, odatda fazalar aralashtiriladi. Fazalar ajralish chegarasida (masalan, poliamid yoki poliuretanlarni) yupqa polimer pardasi hosil bo’ladi, agar bu pardani olib tashlansa, yana yangi parda hosil bo’ladi. Shunday qilib, hosil bo’lgan polimerni to’xtovsiz olib turish monomerlarning hammasini polimerga to’la aylantirish mumkin. Reaktsion qobiliyati eng kuchli bo’lgan monomerlar (dikarbon kislotalarning dixlorangidridlari, bisfenollar, diaminlar)dan fazalararo polikondensatlanishda foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki bunda reagentlarni kontaktlash vaqti ancha qisqaradi. Bundan tashqari, reaktsion qobiliyati kuchli monomerlar past haroratda fazalararo polikondensatlanishni amalga oshirishga imkon yaratadi va amaliy jixatdan qo’shimcha reaktsiyalar ketmaydi. Odatda fazalararo polikondepsatlanish uy xaroratida olib boriladi. Fazararo polikondensatlanish mexanizmi yaxshi o’rganilmagan, Shuning uchun polikondensatlanishni olib borish sharoiti emperik yo’l bilan aniqlanadi. Fazalararo polikondensatlanishning afzalligi rsaktsiya tezligining katgaligi va haroratining pastligidadir. Bundan tashqari, bu usul reagentlarni Yuqori darajada tozalashni talab qilmaydi. Boshqa usullar bilan polimerlarni sintezlash qiyin bo’lgan hollarda fazalararo polikondensatlanish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Monomerlarning suyuqlanish haroratlariga yaqin haroratlarda qattiq fazada polikondensatlanish reaktsiyalari Yuqori tezlik bilan ketadi, ayniqsa harorat monomerlarning suyuqlanish haroratlariga yaqinlashgan sari reaktsiya tezligi keskin ortib ketadi. Odatda qattiq fazada polikondensatlanish kukun holidagi Chiziqli monomerlarni yoki undan tayyorlangan pardani qizdirish orqali olib boriladi.
Suyuqlanish haroratida parchalanib ketadigan monomerlardan polimerlar olishda qattiq fazada polikondensatlanishdan foydalanish katta axamiyatga ega.


Yüklə 40,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə