Mavzu: Siyosiy iqtisodiyot



Yüklə 1 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#133736
  1   2   3   4
Mikro iq0202

Mavzu:Siyosiy iqtisodiyot

Reja:

Kondorset ovoz berish paradoksi Ko‘pgina yetakchi jamiyatlar demokratik asoslarga tayanib siyosatni olib borishadi. Masalan, shahar ikki joydan qaysi biriga park qurishni tanlaydigan bo‘lsa, park eng ko‘p ovoz olgan joyda shu quriladi. Shunga qaramay, ko‘pgina siyosiy muammolarning yechimi 2 tadan ko‘p bo‘ladi va park qurish muammosiga to‘grilaydigan bo‘lsak, qurish mumkin bo‘lgan joylar juda ko‘p bo‘ladi. Bu holatda, 18-asrning mashxur siyosat nazariyachisi Markis de Kondorset aytib o‘tganiday, demokratiya ba’zida eng ma’qul natijaga erishaman, deb muammolarga yuz tutishi mumkin. Masalan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 3 xil natija bor: A, B va C, yana jadvalda ko‘rsatilganiday, o‘z afzalliklariga ega bo‘lgan 3 xil ovoz beruvchilar bor. Bizning shahar hokimi shu uch kishining afzalliklarini butun jamiyat afzalligi sifatida ko‘rib chiqmoqchi. U nima qilishi kerak?

Birinchi bo‘lib u juft natijalarni ovozga qo‘yishi mumkin. Agar u B va C ni ovozga qo‘ysa va 1 va 2 , B ni tanlashsa, B natija ustunlikka ega. Agar u A va C ni ovozga qo‘ysa va 1 va 3, A ga ovoz bersa, A ustunlikka ega. Natijalarga nazar tashlansa, A Bdan ustun, B esa C dan ustun, demak, A aniq ovoz beruvchilarning ustunlikga ega bo‘lgan hohishi. Lekin, tasavur qilingki keyinchalik hokim ovoz beruchilardan A yoki C ni tanlashni so‘rasa, va bu holda 2 va 3 C ga ovoz berishsa, C bu holatda ustunlikka ega. Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B dan ustun, B esa C dan ustun, C esa A dan ustun. Odatda biz afzalliklarning ketma-ket (transitivity) turishini kutamiz, masalan: A B dan ustun, B esa C dan ustun, va ikkisi A ning C dan ustunligini ko‘rsatadi. Kondorset paradoksi esa aynan shu hususiyatlarni demokratik yo‘l bilan qabul qilingan naijalarda har doim ham kuzatilmaydi deb takidlaydi. Juftlik bilan berilgan ovozlar ba’zi hollarda jamiyat uchun ketma- ketlikda tuzulgan afzalliklarni kelib chiqaradi, ammo bizning holatimizda bu noto‘g‘ri yo‘ldir. Kondorset paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikning tuzilishi, berilgan ovozlar natijasiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Agar hokim birinchi bo‘lib ovozga A va B ni qo‘ysa va keyin yutganini C bilan ovozga qo‘ysa, C g‘olib chiqadi. Ammo birinchi bo‘lib B va C ovozga qo‘yilsa, va keyinchalik yutganini A bilan birga ovoz berishga qo‘ysa, A yutadi. Va shunga o‘xshash hollar, birinchi A va C, keyin esa B bo‘lsa, shahar B ni tanlaydi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə