Mavzu: Siyosiy iqtisodiyot



Yüklə 1 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#133736
1   2   3   4
Mikro iq0202

Yana bir misol, Borda muvafaqqiyatsizliklarni, erkin bog‘liq bo‘lmagan alternativlarni qondirish uchun deb biladi. Bordaning usuli qo‘llanganida, B ni 1 jadvalda yutib chiqishini ko‘ramiz. Lekin, faraz qiling, C alternativ sifatida birdan yo‘q bo‘lib qoladi. Shunda Borda usulida sanalsa yana bir alternativi mavjud bo‘lmagan A va B ni solishtiradi, va bu holda A yutib chiqadi. Shuning uchun ham C ning olib tashlanishi baholashga tasir ko‘rsatadi. Buning sababi, baholash usulida qanchalik ko‘p alternativlar bo‘lsa, ular yig‘gan ballar ham shuncha katta bo‘ladi. Arrovning imkonsizlik teoremasi juda chuqur va chigal natijadir. Unda demokratiyaning, hukumat tuzulishi sifatida yomonligi yozilmagan. Ammo teoremada individuallarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda qilinadigan barcha ovoz berish sistemalari, noto‘g‘ri jamiyat mehanizmi deb ta’kidlanadi

O‘rtacha ovoz beruvchi qirol Arrovning teoremasiga qaramasdan, ovoz berish ko‘pchilik jamiyatlarda o‘z yurtboshini tanlashda, muhim qonunlarni qabul qilishda ishlatiladi. Hukumatning o‘rganib chiqishdagi keyingi qadam, bu hukumatni ko‘pchilik boshqaruvining ko‘rib chiqishdir. Demokratik jamiyatda qonunlarni kim qabul qiladi? Ba’zi hollarda demokratik boshqaruv bu savolga juda oddiy javob beradi. Faraz qiling, jamiyat armiyaga yoki parklarga o‘xshash ijtimoiy ishga pul ajratishga qaror qildi. Har bir ovoz beruvchining o‘ziga yarasha mablag‘i mavjud va u natijalar orasidan o‘ziga eng ma’qul bo‘lgan natijani tanlaydi. Va shu tariqa biz ovoz beruvchilarni katta va kam mablag‘ ajratuvchilarga bo‘lsak bo‘ladi. Pastdagi kalonnalarga nazar tashlang. Unda 100 ovoz beruvchilar, 0 dan 20 milliard orasida mablag‘ ajrata olishi tasvirlangan. Berilgan afzalliklar bo‘yicha demokratiya qanday natijani ko‘rsatadi? Mashxur tadqiqot natijasi o‘rta ovoz beruvchi teoremasiga asosan, chiqariladigan qonunlarni asosiy qismi aynan shu mablag‘ ajratuvchilarning o‘rta mablag‘ ajratadigan ovoz beruchilariga tegishli bo‘ladi. Ular o‘rta ovoz beruchi taqsimotning qoq o‘rtasida joylashgan bo‘lishadi. Olgan misolimizda taqsimot oxiri yoki boshidan 50 ta ovoz beruvchini sanab ko‘ring. Siz ularning 10 milliard dollar ajratishayotganini ko‘rasiz. Aksincha, taqsimotni hisoblab chiqsak o‘rta arifmetik qiymati 9 milliard dollarga tengligini va taqsimotda eng ko‘p uchraydigan ovoz beruvchilar turi 15 milliard dollarlik ovoz beruvchilardir


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə