Mavzu: Siyosiy iqtisodiyot



Yüklə 1 Mb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#133736
1   2   3   4
Mikro iq0202

O‘rta ovoz beruvchi ustunlikka ega, chunki ular ustunlikka egalik qilishni ikki tomonli poygasini yutishadi. Misolimizda, ikki xil odamlar mavjud: 1) 10 mlrd dan ortiq mablag‘lilar va 10 mlrd. dan kamini xohlovchilar. Agar kimdir 10 mlrd. o‘rniga 8mlrdni tanlasa, qolgan 10 mlrd. dan ortiq bermoqchi bo‘lganlar 10 mlrd. ga tushishadi va o‘rta ovoz beruvchi bo‘ladi. 2) Aksincha kimdir 12 mlrdni taklif qilsa, qolgan 10 mlrd.dan kam bermoqchi bo‘lganlar 10 mlrd.ga ko‘tarilishadi. Bularning ikkisida ham ko‘rib chiqqanimizday o‘rta ovoz beruvchilar ko‘pchilikni tashkil qilishadi.

Kondorset ovoz berish paradoksi haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, yuqoridagi holatda har bir odam bir paytda qatorda o‘zining ajrata oladigan mablag‘iga ega va bu paradoksni keltirib chiqarmaydi. O‘rta ovoz beruvchining eng yoqtirgan natijasi qolganlarnikidan ustun. Bu teoremaning bir tomoni mavjuddir. Masalan, hukumatda ikkita siyosiy partiya o‘rta ovoz beruvchilarni ular tomondagi sonini ko‘paytirishga intilganida sodir bo‘ladi. Demokratik partiya va Respublikachilar partiyasi misolida oladigan bo‘lsak, Demokratlar 15 mlrd.liklar tarafdori bo‘lib chiqdi, Respublikachilar 10 mlrd.liklarni tarafdori bo‘lib chiqdi. Yuqorida ko‘rganimizday, o‘rta ovozberuvchilar (10mlrd) ko‘pchilikni tashkil qilishdi va Demokratlar o‘zining 15 mlrd.ni 10 mlrd.ga tushiradi. Hayotda ham huddi shunday, siyosiy partiyalar o‘rtahol aholini tarafini olishga harakat qilishadi. Yana bir holat mavjuddir. Unda, ovoz beruvchilarning ikki xili mavjud. Masalan, pulni park qurishga sarflashni hohlovchilar 40%, va pulni umuman sarflanishini hohlamaganlar 60%. Bu holatda, o‘rta ovoz beruvchilar mavjud emas. Demokratiyada ham shunday, kompaniyasiga kelish o‘rniga, ko‘pchilik qoidasi qollaniladi va o‘rta ovoz beruvchilar har doimgiday o‘zi istaganiga erishishadi.

Siyosatchilar ham odamlar Iqtisodisodchilar iste’molchilar xulqini o‘rganganida, ular haridor o‘ziga eng katta naflilik darajasini beradigan tovar yoki hizmat turini tanlaydi, deb faraz qilishadi. Agar iqtisodisodchilar firmalar xulqini o‘rganadigan bo‘lsa, u firmalarni eng katta daromad olib keladigan xizmat va tovarlarni ishlab chiqaradi, deb faraz qiladi. Nima deb o‘ylaysiz, iqtisodisodchilar siyosat bilan ishlaydigan odamlarni qanday qilib o‘rganishadi? Siyosatchilar ham o‘z maqsadlariga ega. Siyosatchilar xalqning faravonligi va tinchligini o‘ylab yashashadi va tenglikka harakat qilishadi, deb faraz qisak yaxshi bo‘lardi. Yaxshi bo‘lardi-yu, ammo haqiqatga yaqin emas. Haridorlar va firmalar kabi siyosatchilar uchun o‘zining manfaati yuqori turadi. Ba’zi siyosatchilar yana bir bor saylanish umidida xalqqa jon kuydirib harakat qiladi. Ba’zi bir siyosatchilarning jon kuydirishiga sabab nafsdir. Agarda bunga qarshi bo‘lsangiz, dunyoning qashshoq davlatlariga nazar tashlang va u yerda korrupsiyaning oddiy holga aylanib qolganini ko‘rasiz. Bu kitob siyosiy nazariyalarni o‘rganib chiqmaydi, ammo shuni aytib o‘tish kerakki, barcha qonunlar odamlar tomonidan qabul qilinadi va ularning barchasi ham jamiyatni o‘ylab qabul qilinmagan bo‘lishi mumkin.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə