9-mavzu. G’aznachilikda moliyaviy majburiyatlar reja: Moliyaviy majburiyatlar, ularni qabul qilishning umumiy qoidalari


Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirish orqali byudjet ijrosini nazorat qilish



Yüklə 28,06 Kb.
səhifə3/4
tarix12.04.2023
ölçüsü28,06 Kb.
#105078
1   2   3   4
9-mavzu. G�aznachilikda moliyaviy majburiyatlar reja Moliyaviy

3. Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirish orqali byudjet ijrosini nazorat qilish
G’aznachilik organlarida pul mablag’larini samarali boshqarish, moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash maqsadida xarajatlarni amalga oshirish ruxsati (XAOR) joriy etilgan. Bunda har haftada pul mablag’larini boshqarish bo’linmasi kassa rejasini yangilaydi va XAOR hajmini belgilaydi. So’ngra byudjet tasnifiga muvofiq byudjet tashkilotlariga XAOR beriladi. XAORlar muayyan muddatga yoziladi va shu muddat o’tgandan so’ng ular o’z kuchini yo’qotadi.
Yil davomida muayyan byudjet (masalan, tuman byudjeti)ning byudjet tashkilotlari uchun smetalar asosida xarajatlarni amalga oshirish ruxsat(XAOR)lari yozib beriladi. Biroq byudjet, prognozlashtirilganga nisbatan kamroq daromad to’plasa, xarajatlarni to’liq hajmda amalga oshirishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun yillik ajratmalar va smetalar aniqlashtirilmaguncha, xarajatlarni amalga oshirish ruxsatlarini olish uchun rejadan tashqari byudjetlararo ssudalar taqdim etilishi mumkin.
G’aznachilik organlari XAORlar chiqarilishi va to’lanishi, yuridik majburiyatlarning ro’yxatga olinishi, hisobvaraq-fakturalarning va to’lovga arizalarning yozilishi, arizalarning tasdiqlanishi va to’lov amalga oshirilishi uchun mas’ul bo’lib hisoblanadi.
G’aznachilik bo’linmalari g’azna hisobvaraqlaridan to’lov topshiriq­nomalar asosida tashkilot va muassasalarni saqlash, markazlashtirilgan tadbirlarni o’tkazish, kapital qo’yilmalar va boshqa maqsadlar uchun to’lovlarni tasdiqlangan xarajatlar smetasi, shuningdek, kapital qo’yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari uchun to’lovlar, Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalarida (2007-sonli) ko’zda tutilgan tartib asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

    • to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri ko’rsatilganda;

    • qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’yxatlari asosida va tegishli ob’ektlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi mavjud ajratilgan byudjet mablag’lari summalari doirasida bo’lganda;

    • agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’laridan oshmaganda;

    • buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga avans to’lovlarini o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda;

    • to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari shartnomada ko’rsatilgan pudratchining nomi hamda rekvizitlariga muvofiq bo’lganda.

Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan, avans to’lovlarining to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda to’lov topshiriqnomasining “To’lovchining nomi” ustunida g’aznachilik bo’linmasining nomi, “To’lovchining hisobraqami” ustunida - g’azna hisobvarag’i, “To’lov maqsadi” ustunida - byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami, byudjet tasnifining tegishli kodi, to’lovni o’tkazishga asos bo’ladigan hujjatlar, shuningdek, to’lov maqsadi ko’rsatiladi.
G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning maqsadi byudjet tashkilotlarining kundalik faoliyatiga aralashish, ularning mablag’laridan foydalanish jarayonlarini murakkablashtirish emas, balki davlat pul mablag’larining samarali boshqarilishini ta’minlash, byudjet mablag’larining harakatida operativlikni oshirish, mablag’larning maqsadli va aniq yo’nalishlarda ishlatilishiga erishish va shu asosda byudjetning samarali ijrosini ta’minlashdan iboratdir.

Yüklə 28,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə