9-mavzu. Sanoat korxonalarida diagnostika asoslari to‘G‘risida umumiy ma‘lumot


Nuqson - ob‘yektning berilgan, talab etilgan yoki undan kutilgan xususiyatlarda mos kelmasligini bildiradi. Nuqsonni topish



Yüklə 177,09 Kb.
səhifə2/5
tarix06.03.2023
ölçüsü177,09 Kb.
#102004
1   2   3   4   5
9-Маъруза АСДИ

Nuqson - ob‘yektning berilgan, talab etilgan yoki undan kutilgan xususiyatlarda mos kelmasligini bildiradi.
Nuqsonni topish - ob‘yektda nuqson bor yoki yo‘qligini aniqlash.
Nuqsonni qidirish - ob‘yektdagi nuqson bor joyini berilgan aniqlik bilan ko‘rsatishdan iborat.
Nazorat - ob‘yektning texnik holatini aniqlash maqsadida axborot yig‘ish va unga ishlov berish jarayonini o‘z ichiga oladi.
Texnik diagnostika texnik moslama va uskunalardagi buzilishlar va buzilishlarning namoyon bo‘lishini aniqlaydigan, ularni topish usullari va diagnostika tizimlarini loyihalash prinsiplarini ishlab chiqadigan ilmiy fandir.
Diagnostikalash tizimi diagnostik ob‘yekt, diagnostik vosita va algoritm majmuini o‘z ichiga oladi.
2. Diagnostikaning maqsadi va vazifalari
Diagnostikalash jarayoni mexanizmning texnik holati tо‘g‘risida axborot beruvchi tashki belgilar bо‘yicha olib boriladi. Bunda mexanizmning namoyon bо‘lmagan buzilish va buzilishlari, ularni bartaraf etish uchun kerakli ta‘mirlash ishlarining hajmi, mexanizmning istiqboldagi soz ishlash resursi va bajarilishi kerak bо‘lgan profilaktik ishlar rо‘yxati aniqlanadi.
Avtomatlashtirish vositasi diagnostikasi korxonada texnik xizmat kо‘rsatish va joriy ta‘mirlash jarayonlarining bir qismi hisoblanadi. Buzilishlarni aniqlash va ularni bartaraf qilish hamda о‘z vaqtida profilaktika ishlarini о‘tkazish yeyilish sur‘atini pasaytiradi, buzilmasdan ishlash extimolligini oshiradi va ta‘mirlash ishlari hajmini kamaytiradi.
Shunday qilib, diagnostika avtomatlashtirish vositasining buzilmasdan ishlashlik va samaradorlik xususiyatlarini miqdor jihatidan baholash va bu xususiyatlarni qoldiq resurs yoki berilgan masofa chegaralarida prognoz qilish imkonini yaratadi.
Diagnostikaning keyingi rivojlanishi avtomatlashtirish vositalari konstruk-siyalarining takomillashishiga, diagnostikalash tizimlarini avtomatlashtirish daraja-siga va ularning ixtisoslashuviga bog‘liq.
Diagnostikalash sarflari avtomatlashtirish vositasining samaradorligi va sozligini boshqaruv bilan bog‘langan bо‘lib, uning yuqori ishonchlilik darajasini ta‘minlashga xizmat qiladi.

Yüklə 177,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə