9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 187,49 Kb.
səhifə3/14
tarix30.12.2023
ölçüsü187,49 Kb.
#167933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9-mavzu Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlani-fayllar.org

3- masala. Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va Abu Ali Ibn Sinoning (980-
1027) pedagogik qarashlari 
Beruniy yashagan davrda O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma’naviy
hayotida yirik voqealar sodir bo’layotgan bir davrda yashadi.
U Xorazmning qadimgi Kot (keyin Shobboz hozirgi Beruniy) shahrida tutiladi.
Otadan yosh qoladi, uni astronom va matematik Abu Nasr ibn Iroq yoshligidan o’z
tarbiyasiga oladi. Tezda o’zidan oldin o’tgan buyuk olimlarning merosini o’rganadi.
Taxt uchun kurashlar chog’ida Beruniy sargardonchilikda kun kechiradi.
Ustozi ibn Iroqning yozishicha, Beruniy 21 yoshida astronomik asboblar
yasagan, quyosh va oy tutilishi ustida kuzatishlar olib borgan. U 22 yoshida fan
tarixida birinchi bo’lib er globusini yasagan. Bu haqida o’zi shunday deydi: «Men
joy va shaharlar nomini ular orasidagi masofalarni shu joylarni kezgan va ko’rgan
kishilar og’zidan eshitganlarimga asoslangan holda aniqlay boshladim. Dastlab turli
kishilar ma’lumotini bir-biriga taqqoslab, qaysi biri ishonchli ekanini aniqladim,
uzoqlik va kenglikni aniqlash uchun diametri 10 gazli (5 m) yarim kurra mujassami
«globus» yasadim.
995 yilda Urganch hokimi Ma’mun I Xorazmni ikkala qismini birlashtiradi».
980 yilda 1004 yillar Jurjon shoxi Qobus ibn Vashmagur saroyida yashaydi. Bu erda:
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli mashhur asarini yozadi. Akademik
I.Yu. Krachkovskiy bu asarni «XI asr O’rta Osiyo fani uchun porloq bir davr
boshlandi. Xuddi 1000 yilda juda yosh bo’lgan Beruniy o’zining «Yodgorliklar»



kitobini yozib tamomladiki, hozirgi Yaqin Sharq adabiyotida bunga teng keladigan


asar topilmaydi»-deb baho beradi.
1005 yili Beruniy Xorazmshoh Abul-Abbos Ma’mun II tomonidan Urganchga
keltiriladi va unga ilmiy ishlarga keng imkoniyat yaratiladi. Beruniy mashhur
olimlarni to’plab fanning ko’p sohalari bo’yicha ilmiy ishlarni olib boradi. U 152
kitob va ilmiy risolalardan iborat ilmiy meros qoldirgan. Beruniyning «Qadimgi
xalqlardan
qolgan
yodgorliklar»,
«Hindiston»,
«Geodeziya»,
«Ma’danshunosnoma», «Munaj-jimlik» kabi asarlari bir necha tillarga tarjima
qilingan. U ham adabiyotchi, tilshunos sifatida ham mashhurdir. Beruniy ta’lim-
tarbiya haqida qimmatli fikrlarni ilgari suradi. U avvalo ilmni kishi hayotidagi tutgan
o’rnini alohida baholaydi. «Men g’avvosu, ilm bo’ldi ummonim» deb o’zi haqida
gapiradi. «Donolarga ma’lumki, oltin kumush ketadi, lekin ilm abadiydir»-deb
yozadi.
U bilim olish haqida: «Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir»... «Ilmlar
ko’pdir, ular zamon o’tishi, iqboli rivoj tufayli turli fikr va xotiralar qo’shilishi ila
ko’payadi»-degan mulohazalar bayon etgan. Beruniy mamlakatning obodonchiligi
ilm-fanning gullashiga bog’liq, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb
ta’kidlaydi. «Inson hayotida zarurat, ehtiyojlar, ularni ilmlarga bo’lgan talablarni
keltirib chiqaradi. Bu ehtiyojlarga ko’ra ilmlarni har xil tarmoqlarga bo’linadi».
«Asosi bo’lmagan fandan voz kechsa ham bo’ladi» deb ilmiy tadqiqotning
mohiyatini tahlil qiladi.
Beruniy insoniy fazilatlarida axloq, odobning o’rnini atroflicha tahlil qiladi.
«Hakim va olimlar axloqidan ta’lim olish yaxshi xulqni turg’izadi, yomon xulqni
o’ldiradi». «Rostgo’ylik shirinligini totmagan yoki shirinligini totishni istamaydigan
kishi uni sevmaydi»-deb yozadi. Ilmiy ishning, bilim olishning oliyjanoblik asosida
bo’lish, xudbinlikdan uzoq bo’lishni quyidagicha izohlaydi: «Ilmlarning foydasi
ochko’zlik bilan oltin kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun
zarur bo’lgan narsalarga ega bo’lishdir».
To’g’ri so’zlikni ulug’lab: «Agar so’z to’g’ri va ta’sirlik bo’lsa, qamchi va qilich
darkor emas»-deb yozadi.
Uning 1000 yillik yubileyini o’tkazish munosabati bilan tashkil etilgan
simpozium Beruniy ilmini jahon tarixida tutgan o’rnini ko’rsatdi. Akademik I.Yu.
Krachkovskiy ta’kidlaganidek, Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra
qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroq. S.P. Tolstov Beruniy ilmiy
merosining ahamiyati haqida «Xorazmiy asarlarining Sharq va keyinroq esa Evropa
riyoziy (matematika) ilmiga asos solganligi haqiqatga muholif bo’lmaganidek.
Beruniyning qudratli ta’siri keyingi asrlarda ko’pdan-ko’p Sharq mamlakatlarida
ilmning rivojlanishiga o’z ta’sirini qoldiradi».
Abu Ali ibn Sino (980, 8-1037-18,6) jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan
mashhur entsiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik,
muzikashunos, huquqshunos, axloqshunos, fiolog, yozuvchi va shoir, O’rta Osiyo
xalqlari madaniyatini, O’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga
olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Evropa Avetsena nomi bilan mashhur.
U 980 yil avgustda Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilib, asosiy bilimni
Buxoroda oladi. Juda ziyrak, o’tkir qobiliyati bilan ajralib turadi. U yosh bo’lishiga



qaramay, falsafa, tabiat ilmini tezda o’rganadi. U yoshligidan tabib, hakim bo’lib


tanildi. 999 yil qaroxoniylar Buxoroni egallaganidan keyin 1000 yilda Buxorodan
chiqib ketdi. Xorazmda ko’p olimlarni birlashtirgan «akademiya» ga bordi. Beruniy
bilan hamkorlikda ishladi. Bu davr uning ilmiy kamolotiga yanada ta’sir ko’rsatdi.
1019-21 yillarda Hamodonda vazir lavozimida ishlaydi. 280 dan ortiq ilmiy asar
yozgan, bizgacha faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan. Ayniqsa, «Kitob ul-insof»,
«Donishnoma» asarlari dunyoga mashhurdir. XVII asrga qadar Evropa
mamlakatlarida meditsinaning asosiy qo’llanmasi bo’lib xizmat qilgan 5 kitobdan
iborat «Qonun» asarini alohida ko’rsatish mumkin. Ibn Sino meditsinani turli
sohalarini boyitdi, turli kasalliklarning sababini aniqladi, yangi dori-darmonlar
topdi.
Ibn Sino tilshunoslik, poeziya nazariyasi, muzikashunoslik va boshqalar bilan
ham shu-ullanadi. «Arab tili», «SHe’r to’g’risida kitob», «Muzika haqida risola»
kabi asarlar yaratdi.
Ibn Sinoga qarshi xuruj va ig’volar uning hayot ekanligidayoq boshlangan edi.
U hasrat qilib shunday yozadi:

Yüklə 187,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə