9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 187,49 Kb.
səhifə9/14
tarix30.12.2023
ölçüsü187,49 Kb.
#167933
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9-mavzu Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlani-fayllar.org

5-masala. Z.M. Boburning ma‘rifatparvarlik g’oyalari
O’zbek mumtoz adabiyotida alohida o’rin tutgan, Temuriylar avlodining
so’nggi vakillaridan Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta Osiyoda fan va



madaniyatning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan, o’zining g’oyat samarali


faoliyati bilan tarixda o’chmas iz qoldirgan shaxsdir.
Otasi Umarshayx Temurning chevarasi, Farg’ona viloyatida hokim, onasi
Qutluq Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo’lgan. Bobur saroy
muhitida tarbiyalandi va o’qidi, yoshligidan ilmga, she’riyatga berildi.
Dovyurakligi, jasurligi va epchilligi tufayli uni «Bobur» (ya’ni yo’lbars) deb
atadilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur ilm va fanning, san’atning, umuman hayotning
hamma sohalari bilan yaqindan qiziqqan. G’ayrat va tashabbus, sinchkovlik va
iste’dod Zahiriddin Muhammad Boburni rivojlangan feodal davrining ulug’
namoyondalaridan biriga aylantirdi. U har bir sohani aniq bilishga intilgan, undagi
nuqsonlarni ko’ra bilgan va masalaning mohiyatini tezda tushunib etgan.
Jahon sharqshunoslari tomonidan olim sifatida e’tirof etilgan. Zahiriddin
Muhammad Bobur fanning ko’pgina sohalari bo’yicha qimmatli ishlarni amalga
oshirgan. Yaqin va O’rta Sharq xalqlari madaniyati tarixi uchun katta xizmat qilgan.
Masalan, o’zbek olimi, geografiya fanlari doktori, professor H. Hasanov uni
faqat davlat arbobi emas, balki mashhur lashkarboshi tarixchi, geograf, biolog,
musiqa va me’mor ham bo’lganini ta’kidlaydi.
Bobur ijodiyoti asosan uning lirik she’rlari va adabiy-tarixiy asari «Boburnoma»
bilan yaqqol ko’zga tashlanadi. Boburning xotiralaridan tashkil topgan va temuriylar
davlatining tanazzulga ketish davrini o’zida ifodalagan, qomusiy xarakterdagi
«Boburnoma» kitobi ilmiy-tarixiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda
tarix, geografiya, botanika va fanning boshqa sohalariga taaluqli qimmatli
ma’lumotlar bor. Bundan tashqari, mazkur asar eski o’zbek tilidagi prozaning ilk
namunasi va nodir yodgorligi hamdir.
Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Hindistonning
tabiiy manzaralarini ham, mahalliy aholining kiyinishi va urf-odatlarini ham,
hayvonlari, qushlari hamda ularning qiliqlarini ham tasvirlaydi. O’zi tilga olgan
narsalarni teran fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi.
Bobur o’rta asrlardagi Hindiston xalqlari tarixini o’zidan besh asr ilgari yashab
ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi mahorat bilan yorita olgan. Filologiya fanlari
doktori S. Azimjonova shu masalani tahlil qilib, chiqargan xulosasida aytganidek,
hind xalqi hayotning turli tomonlariga taaluqli materiallarning izchil bayon etilishi,
originalligi va ishonarliligi jihatidan Beruniyning ma’lumotlariga faqat
«Boburnoma» dagi ma’lumotlarni tenglashtirish mumkin. Beruniy va Bobur
qadimiy hamda o’rta asrlardagi Hindiston tarixiga qiziquvchilar uchun asosiy manba
sifatida xizmat qila oldi.
Iste’dod sohibi bo’lgan Bobur 12 yoshida podsho bo’lganidan boshlab, to
umrining oxirigacha o’zi ko’rgach voqealarni, o’zi qatnashgan hodisalarni, ana shu
voqea va hodisalarga dahldor bo’lgan yuzlab tarixiy shaxslar hayotini, fan uchun
muhim ahamiyatga molik ko’plab dalillarni adabiy shaklda yoritgan «Boburnoma»
va she’rlar devonidan tashqari, musulmonlik qoidalari va qonunshunoslikka
bag’ishlangan «Mubayyin» arab alfavitini o’zgartirish to’g’risidagi «Hatti Boburiy»
aruz vazni va qofiya masalalariga doir «Mufassal», shuningdek, musiqa va harbiy
san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-



fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi.


Buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir ham
o’zining ma’lum tarixiy-ma’rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab qolmoqda.
Uning ko’p qirrali merosida pedagogikaga oid biror maxsus kitob yoki risola mavjud
bo’lmasa-da deyarli hamma asarlarida hayotga va vatanga muhabbat hislarining
yaqqol ifodasini insonning yuksak burchi va kishilarning ma’naviy qiyofasi haqidagi
teran fikr-mulohazalarni, fan va dinga munosabat masalalarini yaxshi xulqli va
odobli bo’lishga da’vatni, ilm-fan va ma’rifatni egallashga chaqiriqni, axloqiy va
estetik g’oyalarni, jo’shqin va mazmundor hayot kechirishga targ’ib qilishni va
hokazolarni ko’rish mumkin.
Fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlagan Bobur adabiyot, san’at va ilm ahli
bilan doimo yaqin aloqada, ijodiy munosabatda bo’ldi, ularga homiylik qildi: ilmiy-
adabiy suhbatlar, mushoiralar uyushtirdi. U o’z davrida ilmga berilgan odamlar juda
kamligidan tashvishlanib, astoydil qiziqish, intilish hamda mashaqqatli mehnat
bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini quyidagicha
ta’kidlaydi:

Yüklə 187,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə