9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 187,49 Kb.
səhifə10/14
tarix30.12.2023
ölçüsü187,49 Kb.
#167933
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9-mavzu Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlani-fayllar.org

Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, 
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak. 
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’q, 
Men bormen bormen ilm tolibi, ilm kerak. 
Yozuv ham yarim ilm, deb hisoblagan Bobur chiroyli va to’g’ri yozishga,
fikrlarni aniq ifodalashga alohida ahamiyat bergan. Buni uning o’g’li Humoyunga
yo’llagan ushbu maktubi misolida ham yaqqol ko’rish mumkin.
«Bu xatlarning bitibsen va o’qimaysan ne uchunkim, agar o’quv xayol qilsang
edi, o’qiyolmas eding. O’qiyolmagandan so’ng albatta tag’ir berur eding. Xatingni
xud tashvish bila o’quvsa bo’ladur, vale asro’ mutlaqtur. Nasri muammo hech kishi
ko’rgan emas. Imong yomon emas. Agarchi xili rost emas, iltifotni «ot» bila bitibsen.
Xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu mutlaq alfozingdin maqsud
tamom mavhum bo’lmaydur. G’olibi xat bitirda qohilliging ham ushbu jihattindur.
Takalluf qilay deysan, ul jihattin mug’laq bo’lakdur. Bundin nari betakalluf va
ravshan va pok alfoz bilan bit ham senga tashvish ozroq bo’lur va ham
o’qug’uchiga».
Bobur ana shu maktubida o’z o’g’lini adolatli, haqgo’y, insofli bo’lishga,
kamtarinlik va kamsuqumlikka undaydi. Bir she’rida:
Davlatqa etib mehnat elin unutma, 
Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma. 
deb yozgan Boburning o’zi ham doimo ana shu qoidaga amal qiladi.
Ulkan so’z boyligiga ega bo’lgan va o’zbek adabiy tilining rivojida salmoqli
o’rin tutgan «Boburnoma» da keltirilgan va asarning filologik qimmatini oshirgan
ajoyib rivoyatlar, ta’sirchan she’riy parchalar, jozibador iboralar, ayniqsa, «Har
kimdin yaxshi qoida qolg’on bo’lsa, aning birla amal qilmoq kerak», «Yomon ot
bila tirilgandin yaxshi ot bila o’lgan yaxshiroq» kabi juda ko’p uchraydigan va
hikmatli so’z darajasiga ko’tarilgan jumlalarning hammasi kishini bilimdonlik va
ezgulikka, xushfe’llik va shirinsuxanlikka chaqiruvchi xitobdek eshitiladi.
Bobur kishining hayotidagi eng asosiy burchi hamma joyda ham o’zini tuta



bilishdan va yaxshi xulq-atvorli bo’lishdan iborat ekanini ta’kidlab:


Xulqingni rost etgil, har sorigaki borsang, 
«Ahsanta» der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang. 
-desa, boshqalariga doimo yaxshilik qilish eng olijanob fazilat ekanini ta’kidlab:
Bori elga yaxshilik qilg’ilki,
Mundin yaxshi yo’q, 
Kim degaylar dahr aro qoldi, 
Falondin yaxshiliq. 
-kabi misralar orqali ifodalaydi. Shuning uchun ham u ilm fanining ahamiyatini
chuqur his etib, yuqorida aytganimizdek o’zi juda qadrlagan ilm-fan kishilarni eng
avvalo ularning yurish-turishiga ko’pchilik manfaati uchun qilgan xizmatlariga
qarab baholaydi.
O’z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir o’zidan avvalgi
kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni, zulmni, qabihlikni qoralaydi. Xalqimizning
«Ekkaningni o’rasan» degan naqliga amal qilib:
Har kimki vafo qilsa, vafo topg’usidir, 
Har kimki jafo qilsa, jafo topg’usidir. 
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz, 
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topg’usidir. 
-deb yozadiki, Bobur she’rlarida bunday hayotiy jozibali misralar ko’plab
topiladi.
Bulardan tashqari, Bobur do’stlikni, hayotni, uning har bir fursatini qadrlashga,
qayg’u-hasrat bilan emas, oqilona, xushchaqchaqlik yashashga chorlovchi,
yoshlarga ibrat bo’ladigan talaydigan baytlar bitgan. Shulardan biri:
Ahbob yig’ilmoqni farog’at tutingiz, 
Jam’iyatingiz borini davlat tutingiz. 
Chun gardishi charx budurur, tengri uchun, 
Bir-birini necha kun g’animat tutingiz. 
Boburning fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o’zi shakllantiradi, lekin bunda
mehnat va mehnatda toblanish muhim rol o’ynaydi. Mehnat qilgan va mashaqqat
chekkan kishilardagina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi.
Umuman Bobur merosini o’rganishda uning davlat arbobi sifatidagi faoliyatida
ham adiblik ijodiyotida ham chuqur ziddiyatlar mavjudligini unutmaslik kerak.
Chunki akademik V. Y. Zohidov ta’biri bilan aytganda: «Bobur o’ziga xos sifatlarga
ega bo’lgan siymodir. U avvalo o’z davrining, o’z sinfining farzandi, murakkab
ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlarning va g’oyaviy-siyosiy qarashlardagi yo’nalishlardagi
ziddiyatlarning mahsulidir». U o’sha davrning hukmron mafkurasiga mos
kelmaydigan fikrlarni ham feodal hokimligi yaqqol ko’rinib turadigan qarashlarni
ham aytar edi. O’z vatanini tashlab ketgan va begona yurtlarda yurganini doimo
vatanini qo’msagan:

Yüklə 187,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə