O‘rta Osiyo xududidagi temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy qarashlar Reja



Yüklə 28,9 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü28,9 Kb.
#133911
  1   2
O‘rta Osiyo xududidagi temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy qarashlar


O‘rta Osiyo xududidagi temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy qarashlar
Reja:

  1. Temuriylar sulolasining kelib chiqishi

  2. Tashqi savdo va pul munosabatlari

  3. Temuriylar saltanatining Xuroson qismi

Temuriylar sulolasi, oʻzini Koʻragoniy deb ham atagan, diniy jihatdan sunniy musulmon sulola millat jihatidan esa turk urugʻi, fotix Temur avlodidan boʻlgan. „Koʻragoniy“ soʻzi moʻgʻulcha „Kuragan“ soʻzining mahalliy turkiy xalq tilida oʻzgartirilgan shakli boʻlib, „kuyov“ maʼnosini bildiradi. Bu sulola tomonidan qoʻllanilgan sharafli unvon edi, chunki Temur Chingizxonning bevosita avlodi Saroy Mulkxonimga uylangan edi. Temuriylar sulolasi tarixda ikkita muhim imperiya –Eron, Iroq, Suriya va Oʻrta Osiyoda joylashgan Temuriylar imperiyasi(1370-1507) va Hindiston yarimorolida joylashgan Temuriy-Boburiylar imperiyasini tuzdilar(1526-1857).
Temuriylar sulolasining kelib chiqishi Moʻgʻullar imperiyasining asoschisi Chingizxonning qoʻshinining qoldiqlari boʻlgan Barlas nomi bilan mashhur turk-moʻgʻul qabilasiga borib taqaladi.  Oʻrta Osiyoni moʻgʻullar bosib olgandan soʻng, barlaslar hozirgi  Qozogʻistonning  janubiy qismidagi  Chimkentdan Taraz va Olmaotagacha boʻlgan hududlarga joylashdilar, keyinchalik bu yerlar bir muddat Moʻgʻuliston – fors tilida „Moʻgʻullar oʻlkasi“ nomi bilan mashhur boʻldi va ular bilan aralashib ketdi. Darajasi mahalliy turk va turkiy tilli aholi bilan boʻlgan, shuning uchun Temur hukmronligidan ancha oldingi davridayoq barloslar til va odatlar jihatidan butunlay turk edilar.
Temuriylar, Temuriylar davri – oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. Temuriylar davlati hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan janubida Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan Temuriylar davlati musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.
Markazlashgan davlat tepasida: Temur ibn Taragʻoy Bahodir (1370—1405); Shohrux ibn Temur (1409—47); Ulugʻbek ibn Shoxrux (1447—49); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1458—69);Movarounnahrda (poytaxti Samarqand): Xalil Sulton (1405—09); Mirzo Ulugʻbek (1409-49); Mirzo Abdullatif (1449-50); Abdullo Mirzo (1450—51); Abu Sayd ibn Sulton Muhammad (1451—69); Sulton Ahmad Mirzo (1469—94); Sulton Mahmud Mirzo (1494—98); Sulton Ali Mirzo (1498-1500).
Xurosonda (poytaxti Hirot): Shohrux (1396-1447); Ulugʻbek (144749); Abulqosim Bobur (1449—57); Shoh Mahmud Mirzo (1457); Abu Savd ibn Sulton Muhammad (1458—69); Yodgor Mirzo (1470), Husayn Boyqaro (1470— 1506); Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1506—07); Muzaffar Mirzo (150607).
Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 16-mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning hukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 – 08 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407-yil 22-fevral). 1408-yil 22-aprel kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi.
15-asrning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubida joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shimolida – Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarqand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi.
Ulugʻbek otasi Shohruxning koʻmagi bilan avval (1413) Xorazmni, soʻngra (1415) Fargʻona va Qashgʻarni oʻz tasarrufiga olib, davlatining gʻarbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini taʼminlagan bulsada, ammo uning shim. va shim.sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan 15-asrning 30—40y.lari otasi Shoxrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga toʻgʻri keladi. Chunki koʻchmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va oʻtroq aholini gʻorat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashki siyosatda Ulugʻbek T. ning bosh hukmdori Shogʻruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozirizoligi bilan hal etgan.
Shohrux 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan oʻtadi. Shohrux vafotidan soʻng, Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar oʻrtasidagi nizolar yana avj oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449-yil 27-oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda halok boʻladi. Ulugʻbek Movarounnahrni 40 yil (1409—49) idora etdi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davom etganligiga qaramay, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirishga intilmadi. Aksincha, u oʻz davlatini mustahkamlashga, mamlakat birligini saqlab qolishga va madaniy hayotni koʻtarishga harakat qildi. Ulugʻbek fojiasidan soʻng, hokimiyatga bir vaqtning oʻzida Samarqandda Ulugʻbekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Saidlar podshoh qilib koʻtariladi. Abdullo Mirzo mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun barcha choralarni koʻradi, ammo T. taxtida uzoq vaqt oʻtira olmaydi. Avval u. amakivachchasi Abu Sayd bilan, soʻngra qarindoshi Alouddavla bilan kurashadi. Muhorabada ittifoqchilar gʻalaba qozonadi. Abdullo Mirzo jangda halok boʻladi. Abu Sayd Abulxayrxon yordamida Samarqandni egallab, Movarounnahrga hokim boʻlib qoladi.
Temuriylar saltanatining Xuroson qismi bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi. 1457-yilgacha u Xurosonni oʻz qoʻlida tutib turadi. Har ikkala davlat oʻrtasida nizo kuchayib bordi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Xurosonda boshboshdoqlik avj olib, u boʻlaklarga boʻlinib keta boshladi.
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Abu Sayd Hirot shahrini egallab, saltanatning har 2 qismini birlashtiradi. Bu davrda Sulton Husayn (Umarshayxning nabirasi) Xorazmni egallab oladi.
1469-yil bahorida Abu Sayd (Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron va Iroqqacha boʻlgan viloyatlarni egallab turgan) oqqoʻyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mugʻon (Ozarbayjon) choʻlida Uzun Hasan bilan boʻlgan jangda Abu Said halok boʻladi. Otasining oʻlimidan soʻng, Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan toʻqnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469-yilning 24 martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada Temuriylar saltanati yana 2 mustaqil qismga boʻlinib ketadi.
Movarounnahrda Abu Saidning oʻgʻillari Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo va Sulton Ali Mirzo hokimlik qiladi. Bu davrda Movarounnahr ham oʻzaro ixtilofdagi shahzodalar va mulkdor zodagonlarning viloyat hokimliklariga boʻlinib ketadi. Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sufiylik taʼlimotining yirik namoyandalari, xususan Xoja Ahrornmng taʼsiri kuchayadi, hatto u siyosiy hayotda ham muhim rol oʻynay boshlaydi. Mas., mamlakat urush xavfi ostida qolib, elyurt boshiga ogʻir tashvishlar tushgan paytda Xoja Ubaydulpogʻ Ahror bir necha bor uni bartaraf qilishga jonbozlik koʻrsatadi.
Sulton Husayn Boyqaro idora qilgan davlat Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlari va Xorazmni birlashtirgan edi. U Temuriylar sulolasining qariyb 40 yil hukm surgan soʻnggi yirik saltanati boʻlib, unda siyosiy vaziyat osoyishta emas edi. Xurosonda betoʻxtov davom etgan oʻzaro urushlarga, shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga qaramay mamlakat aholisining turmush tarzi va madaniy hayoti Movarounnahrdagiga nisbatan yuksakroq edi.
Ammo mamlakatning siyosiy hayotida kuchayib borayotgan keskinlik ichki munosabatlarda tobora taʼsiri ortib borayotgan Dashtiqipchoklik oʻzbeklarning Movarounnahrda hokimiyatni qoʻlga olishini hamda Temuriylar sulolasining zaiflashuvini yanada tezlashtirdi.

Davlat boshqaruvi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Temuriylar saltanatida avval hokimi mutlaq – Amir Temur, soʻngra esa uning vorislari bevosita hukmronlik qilishgan. Saltanatni devonbegi – bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkony(?) davlat – Vazirlik mahkamasi boshqargan.

  • Ulardan 1-si – mamlakat varaiyat vaziri. U viloyat va tumanlardan toʻplanadigan hosil, soliqoʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan shugʻullangan.

  • 2si – vaziri sipoh, yaʼni harbiy ishlar vaziri. U navkarlarning taʼminoti (maoshi, oziq-ovqat va qurolyarogʻlari) bilan shugʻullangan.

  • 3si – tijorat (savdo) vaziri edi. U tashqi savdo boji tam/a, chorvachilikdan toʻplanadigan za kot, egasiz qolgan molmulklarning tasarrufi, meros va merosxoʻrlar kabi masalalar bilan shugʻullangan.

  • 4si – saltanatning moliya ishlari vaziri boʻlib, davlat xazinasining kirimchiqimlarini boshqargan.

  • Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Ular mazkur viloyat va mamlakatlardan davlat xazinasiga tushadigan daromadlarni nazorat qilgan. Oʻz navbatida bu 3 vazir saltanatning „xolisa“ deb yuritilgan bosh nazorat hayʼatini tashkil etgan.

Bu 7 vazir devonbegiga boʻysungan va u bilan bamaslahat davlatning moliyaviy ishlarini amalga oshirganlar. Yozma manbalardan maʼlum boʻlishicha, Amir Temur va T. hukmronligi davrida saltanat devonxonasida Amir Dovud, Jaloluddin Firuzshoh, Gʻiyosuddin Shohmalik, Alouddin Alika Koʻkaldosh va Alisher Navoiydek dono devonbegilar bu oliy mansabda faoliyat koʻrsatganlar, mamlakatni obodonligi yoʻlida beqiyos xayrli ishlarni amalga oshirganlar.
Devonxona qoshida arzbegi, sadri aʼzam, shayxulislom va ahdos qozisi kabi lavozimlar mavjud boʻlgan. Arzbegi fuqaro va sipohiylardan tushadigan arzu shikoyatlar hamda mamlakatdagi ahvol toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash va bu borada oliy dargohga axborot berib turish kabi vazifalarni bajargan. Sadri aʼzam – bosh sadr mamlakatdagi barcha vaqf xoʻjaliklarini nazorat qilgan; davlat hamda yer egalari tomonidan vaqf qilingan yerlar va mulklarni kayd etgan va vaqfnomalar tuzib ularni qonunlashtirgan. Shayxulislom aholining turli ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida shariat ahkomlari va islom aqidalarining bajarilishini nazorat qilgan.
Davlatning bosh qozisi – qozi ulquzzot „ahdos qozisi“ nomi bilan yuritilib u fuqaro ishlari bilan shugʻullangan. Saltanat mahkamasida kirimchiqimlarni qayd etuvchi maxsus munshi – kotib faoliyat koʻrsatgan.
Mamlakat maʼmuriy jihatdan ulus, viloyat va tumanlarga boʻlinib, ular hokim, noib va tuman boshilar tomonidan boshqarilgan. Ularning aksariyati harbiy – amirlardan iborat edi. Har bir shahar va viloyatning moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi boʻlgan. Lashkarlar uchun hatto maxsus qoziyi lashkar tayin etilgan. Har bir shahar va qalʼalarda qutvol (komendant) tayinlanib, unga shahar va qalʼa istehkomlarini taʼmirlash va ularning mudofaasi yuklangan. Fath etilgan viloyat va hududlar temurzodalar va xizmat koʻrsatgan amirlarga suyurgʻol tarzida inʼom qilinib, ular orqali boshqarilgan. Masalan, Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli Jaxrngirga Balx viloyati; Umarshayxga Fors viloyati; Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston; Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston berilgan. Garchi uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular maʼlum darajada mustaqil edilar. Ularda alohida devonxona, qoʻshin boʻlib markaziy hukumatga tobelik xirojining bir qismini Samarqandga yuborish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida oʻz qoʻshini bilan qatnashish yoki talab etilgan sonda askar yuborishdan iborat edi.
Suyurgʻolga ega boʻlgan viloyat hokimlari – shahzodalar oʻz uluslarida iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilgan. Markaziy hokimiyat esa, vaziyat jiddiylashgandagina ularning ichki ishlariga aralashgan. Shubhasiz suyurgʻol asosida shakllangan mulkchilik boshqaruv tartibining kuchayishi viloyatlar mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chikargan. T.davrida oʻrta asr yirik mulkdorlari davlat tayanchi boʻlib, maʼmuriy jihatdan uning takomillashuviga suyurgʻolning keng tarqalishi jiddiy toʻsqinlik qilgan.
Elyurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyati katta boʻlgani tufayli uning takomiliga aloxida eʼtibor berilgan. Amir Temur amir va amir ulumaro – bosh amir kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy etgan, qoʻshin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda ularning intizomi masalalariga nihoyatda ahamiyat bergan (qarang Temuriylar harbiy sanʼati).
Davlatni boshqarishda qurultoy va kengashlar oʻtkazish alohida oʻrin tutgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur tomonidan Qarshi, Samarqand, Qorabogʻ va boshqa joylarda oʻtkazilgan qurultoy va kengashlarda shahzodalar, davlat maʼmurlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va mulkdor zodagonlarning vakillari qatnashgan. Ularda mamlakatning iqgisodiy va siyosiy axvoliga oid masalalar muhokama etilib, qarorlar qabul etilgan va tadbirlar belgilangan. Mas., 1403-yilda Kavkazning Baylaqon shahrida chakirilgan kengashga olimu fuzalolar taklif etilgan. Ulardan mamlakatni boshqarishda, xususan, uning obodonligi yoʻlida amalga oshiriladigan xayrli ishlar – jamoat binolari va inshootlar qurilishlarida oʻz maslahatlari bilan koʻmak berishlari soʻralgan.
T.davrida oʻtkazilgan qurultoy, kengash, shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlariga oʻrta asrlar davlatchiligining oʻziga xos anʼanalari mujassam etilgan. Tantanali izdahom tartibiyu qoidalaridan tortib, aʼyonlarning toʻyona libosu oʻrinlarigacha eʼtibor berilgan. Masalan, pacmiy marosimlarda amir ulumaro, beklar begilar, amirlar, noʻyonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qoʻshunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar mansab va martabalariga qarab hukmdorning soʻl tomonidan; sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo mashoyix, ulugʻ va oliy tabaqadagi kishilar oʻng tarafidan oʻrin olganlar. Devonbegi va vazirlar – taxt roʻparasidan, kalontarlar (shahar hokimlari), kadxudolar (qishloq oqsoqollari) vazirlarning orqasidan joy olgan. Bahodurlar, qilichboz yigitlar – taxt orqasida, uning oʻng tarafidan, qorovullar esa, taxt orqasining chap tarafidan oʻrin olishgan.
Amir Temur hayotlik davridayoq davlatni boshqarish uslubiga bagʻishlangan maxsus asar yaratilib, u „Temur tuzuklari“ nomi bilan shuhrat topgan. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yoʻnalishi) va vazifalari, vazir va qoʻshin boshlikdarini saylash, sipoxlarning maoshi, mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqa bayon etiladi. Shunday qilib, T.da davlat tuzilishi, qonunqoidalarni tartibga solish bilan bir katorda, oliy dargoh hayoti bilan bogʻliq anʼanalar ham qaror topgan.

Mamlakat obodonligi.[tahrir | manbasini tahrirlash]


Amir Temur va T. mamlakat mustaqilligi, elyurt osoyishtaligi va uni obod etishga katta ahamiyat berdilar. Bu davrda Chingizxon hujumi va moʻgʻullarning betoʻxtov bosqinlari oqibatida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Banokat (Shohruxiya) kabi qad. shaharlar, kdlʼa va istehkomlar qayta tiklandi, yaʼni shaharlar va qishloqlar qad koʻtardi. Markaziy shaharlar va ularning tevarak atrofida kurkam maʼmuriy, maʼrifiy va jamoat binolari, suv inshootlari qurilib, bogʻu boʻstonlar barpo etildi (qarang Amir Temur bogʻlari). Daryo va soylardan yirik sugʻorish tarmoqlari qazib chiqarilib, minglab gektar qoʻriq va boʻz yerlar oʻzlashtirildi, sugʻorma dehqonchilik maydoni kengaytirildi. Soliq tizimining tartibga solinishi bilan mamlakat iktisodiyotining asosi boʻlgan dehqonchilik, hunarmandchilik hamda ichki va tashqi savdo rivojlandi.
Sohibqiron Kesh shahriga alohida eʼtibor berib, uni Turkiston diyorining maʼnaviy markaziga aylantirishga harakat qiddi. Bu shahar „Qubbat ulilm valadab“ („Ilm va adabning gumbazi“) deb yuritildi. Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgach, unda Isfahon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, Nasaf va Keshning meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar (Boʻstonsaroy, Koʻksaroy), masjidlar, maqbara va xonaqohlar qurildi. 1403—04 yillarda Samarqandda boʻlgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan.
14-asrning oxiri – 15-asrlarda Samarqandda kurkam va muhtasham binolardan tashqari, turlituman hunarmandlar mahallalari yuzaga keldi. Klavixoning yozishicha, hunarli birorta kishining Movarounnahrni tark etishiga yoʻl qoʻyilmagan. Aksincha, Amir Temurning amri bilan Damashqning eng mohir toʻquvchilari, Xalabilaning mashhur paxta yigiruvchi va Anqaraning movut toʻquvchilari, Turkiya va Gurjistonning zargarlari, xullas, kasbhunar sohasida qaysi shaharda nom chiqargan hunarmand boʻlsa, SamarqaNdga koʻchirilib kelingan. Shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar yashagan.
Amir Temurning obodonchilik faoliyati anʼanaga aylanib, uning vorislari tomonidan davom ettirilgan. Temuriy shahzodalar, nufuzli amiru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari, hatto ayrim malikalar oʻz shaxsiy mablagʻlarining kattagina qismini masjidu madrasalar, xonaqohu shifoxonalar, hammomu bozorrasta (chorsu)lar, rabotu karvonsaroilar, suv inshootlariyu bogʻrogʻlar barpo etishga sarf qilganlar. Masjid va madrasalar, shifoxona va xonaqoxlarning sarfu xarajati uchun ekin maydonlari, tegirmon, objuvoz, moyjuvoz va doʻkonlar vaqf etilib, mudarrisu talabalarga dahʼyak (maosh) belgilangan.
Hirot, Mashhad, Balx va Marv sh.lari va qasabalarining obod etilishida Shohrux Mirzo hamda Ulugʻbekning onasi Gavharshod begimshsht hissalari katta boʻlgan. Masalan, 1410-yil Hirotda 2 Madrasa, xonaqoh va hashamatli saroy bino qilingan. Hirotning Saripuli Injil mavzeida 1432-yilda qad koʻtargan Madrasa, Mashhadning Jome masjidi Gavharshod begimning nomi bilan bogʻliq. Ushbu madrasalar qurilishiga Qavomuddin meʼmor Sheroziy boshchilik qilgan. Shayx Shahobuddin ibn Shayx Ruknuddin madrasaga bosh mudarris qilib tayinlangan.
15-asrda Movarounnahrda, xususan, Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Toshkent va boshqa shaharlarda binokorlik ishlariga, ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek katta ahamiyat bergan. Uning davrida Madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroilar qad koʻtargan. Qabriston va ziyoratgoxlar obod etilgan. Bu davrda shahar obodonchiligi, xususan, meʼmorligi rivoj topgan. Samarqand Registoni qayta rejalashtirilib, unda Madrasa, 210 gumbazli Koʻkaldosh jome masjidi, karvonsaroy, Muqatta masjidi, Mirzoiy hammomi qad koʻtargan.
Bu ulkan va noyob qurilishlar orasida 15-asrning 20 yillarida Samarqandda bino qilingan Ulugʻbek rasadxonasi alohida oʻrin tutadi.
15-asrda Xuroson shagʻarlari, ayniqsa, uning poytaxti Hirotning obod etilishi sulton [[Husayn Boyqaro va uning vaziri Alisher Navoiy nomlari bilan bogʻliq. Xurosonda, xususan, Hirot va uning tevarak atrofida Navoiy va uning safdoshlari tashabbusi bilan 300 dan ortiq jamoat binolari (masjid, Madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, koʻshk, istirohat bogʻlari, rabotlar) hamda sugʻorish inshootlari (hovuz, koʻprik, band – suv omborlari) barpo etilgan. Qurilishlarning aksariyati Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablagʻiga amalga oshirilgan. Xondamirning yozishicha, Navoiy 52 rabot, 19 hovuz, 16 koʻprik, 9 hammom va bir nechta Madrasa, masjid, shifoxona va xonaqohlar qurdirgan.
Movarounnahr va Xurosonning T. davri binokorligida shifoxonalar, hammomlar va istirohat bogʻlari alohida oʻrin tutadi. Bunday inshootu istirohat maskanlari Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharqsa 8—9-asrlardayoq qad koʻtarib, 15-asrda esa Samarqand, Buxoro, Gurganj, Toshkent, Marv, Hirot, Gʻazna, Ray, Hamadon va Isfahon kabi Sharqning nufuzli shaharlarida barpo etilgan. Mana shunday shifoxonalardan biri temuriy malikalardan Mulkat ogʻo tomonidan qurilgan Dor ushshifoga mavlono Darvishali bosh hakim etib tayinlangan. Barcha muolaja ishlari unga topshirilgan. Shifoxonalarda maxsus dorixonalar boʻlib, doripazlar bemorlar uchun doridarmonlar tayyorlab berganlar. Bu davrda Hirot Dor ushshifosi, ayniqsa kahhollari (okulist) gʻoyat shuhrat topgan. Navoiyning inoyati bilan yetishib chiqqan Gʻiyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulhay, Darvishali, Muhammad Yusuf, Abdulhay Tuniy, Muhammad Muʼin kabi mashhur tabiblar uzoq vaqt faoliyat koʻrsatganlar. Umuman, Navoiyning homiyligida 12 ming tolibi ilm, olim, tabib, shoir, muzahhib, musavvir, zargar, duradgor va binokorlar kamol topgan.
Saltanatda hukm surgan nisbatan barqarorlik, yirik shahar va viloyatlarda amalga oshirilgan obodonchilik, sugʻorma dehqonchilikning kengayishi bilan mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tutgan hunarmandchilik va tovarpul munosabatlari rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda shakllangan 3 qism (ark, shahriston va rabod)li voha shaharlari kengayib, koʻp darvozali yagona mudofaa devori bilan oʻralgan yangi qiyofadagi yirik va gavjum shaharlar qad koʻtargan. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Toshkent, Kesh(Shahrisabz), Shohruxiya, Termiz, Nasaf va Axsikat kabi shaharlar oʻzining topografik qiyofasi, aholisining kasbikori, ichki va xalqaro tashqi tijorati bilan oʻrta asrlar Sharqining namunali hunarmandchilik va gavjum savdo markazlariga aylangan. Hunarmandchilikning turli tarmoklari rivoj topib, shaharlarning tarixiy topografiyasi tubdan oʻzgargan. Ularda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, guzar, koʻchakoʻy, bozor rastalari, toqu ravok, li, gumbazli timlar —chorsular qad koʻtargan. Koʻpgina yirik shaharlarda „zargaron“ („zargarlik“), „misgaron“, „suzangaron“(„ignasozlik“), „sovutsozon“, „sangtaroshon“ („toshtarovchi“), „shishapazon“, „charmgaron“(„koʻnchilik“) kabi maxsus hunarmandchilik mahallalari tashkil topgan. Hunarmandchilik sohasida toʻqimachilik, kulolchilik, chilangarlik va binokorlik yetakchi oʻrin tutgan. Samarqandda, ayniqsa, qogʻoz ishlab chiqarish. alohida ahamiyat kasb etgan. Shahar yaqinida Obirahmat anhori sohilida qogʻoz ishlab chiqariladigan maxsus objuvozlar va korxonalar joylashgan (qarang Noshirlik).

Yüklə 28,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə