O‘rta Osiyo xududidagi temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy qarashlar Reja


Tashqi savdo va pul munosabatlari



Yüklə 28,9 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü28,9 Kb.
#133911
1   2
O‘rta Osiyo xududidagi temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy qarashlar

Tashqi savdo va pul munosabatlari


Xitoydan Oʻrta dengiz boʻylari tomon yoʻnalgan qad. karvon yoʻli kesib oʻtgan yuyat ulkan hududda yagona saltanatning barpo etilishi bilan bu xalqaro muloqot yoʻlida T. shubhasiz sarbonlik qilish imkoniga ega boʻlishgan. Ular savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashga, Sharq va Gʻarb mamlakatlariaro savdo va elchilik aloqalarini har tomonlama kengaytirishga jiddiy eʼtibor berishgan. T.davrida Xitoy, Hindiston, Tibet, Oltin Oʻrdaga tobe Rusiya, Volga boʻyi, shuningdek, jan. Sibir bilan muntazam savdosotiq qilingan. Xitoydan, asosan, shoyi, chinni, gavhar va mushk; Hindistondan ip mato, nil(boʻyoq), muskat yongʻogʻi, qalampirmunchoq, dolchin va anbar; Rusiya va Sibirdan qimmatbaho moʻyna, teri va mum olib kelinardi; Yevropadan gazmollar, movut va koʻpgina boshqa tovarlar keltirilgan.
Samarqanddan chet mamlakatlarga: boʻz, duxoba, shoyi gazlama, qogʻoz, quruq meva, guruch, paxta va kalava (yigirilgan ip) va boshqa chiqarilgan.
Tashqi savdoni kengaytirishda T.ning turli mamlakatlar bilan olib borgan elchilik aloqalari muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 15-asrning 20— 40y.larida Shohrux va Ulugʻbek idora etgan davlatlar bilan Xitoy, Tibet va Hindiston oʻrtasida muntazam elchilar almashib turilgan. 1418-yilda Ardasher boshliq Shoxrux elchilari katta karvon bilan Xitoyda boʻlgan. 1419-yilda esa, bunga javoban Li Di va Jong Ku Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi boʻlib kelganlar. 1420-yil Shohrux va Ulugʻbek 530 nafarli elchilik karvonini Xitoyga joʻnatishgan. Shohrux elchilariga Shodixoja bilan amir Koʻkcha, Ulugʻbek elchilariga esa Sultonshoh bilan Muhammad baxshi boshchilik qilgan.
Bu davrda T. Tibet va Hindiston bilan ham elchilik munosabatlarini oʻrnatishgan. 1421-yil Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar kelgan. 1441—42 ylarda Shohrux Hindistonga Bijayanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshliq elchilarni yuboradi. U Kermon, Hurmuz va Fors qoʻltigʻi orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldirgan.
14-asrning oxiri va 15-asrning 1yarmida T. davridagi iqtisodiy taraqqiyotga (hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo) mamlakatda oʻtkazilgan pul islohotlari turtki boʻlgan. Dastlab, Amir Temur, soʻngra ayrim T. mamlakatda yagona pul birligini joriy etishgan. Amir Temur vazni 6 g li „tanga“ va 1,5 g li „miri“ deb yuritiladigan 2 xildagi kumush tangalarni zarb etgan. Bu kumush tangalar Suyurgʻatmishxon va Sulton Mahmudxon nomlari bilan Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon va Iroqning 40 dan ortiq yirik shaharlarida chiqarilgan. Shohrux Astrobod, Buxoro, Dom/on, Isfahon, Kushoniya, Kermon, Qum, Nishopur, Marv, Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Hirot, Sheroz va boshqa shaharlarda oʻz nomi bilan kumush tangalar zarb etib, pulning ichki savdodagi muomalasini tartibga solgan. Bu borada 1428-yilda Ulugʻbek oʻtkazgan fulusiy (mis) pullar islohoti ayniqsa katta ahamiyat kasb etgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Ad.:Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va majmai baxrayn, T., 1999;
2.Ibn Arabshoh, Ajoib ulmakdur fi axbori Temur, T., 1992;
3.Mirza Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi. T., 1996;
4.Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; 5.Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1996; 6.Ahmedov B., Ulugʻbek, T., 1989;
7.Fayziyev T., Mirzo Ulugʻbek avlodlari, T., 1994; Fayziyev T.,
8.Temuriylar shajarasi, T., 1995;
9.Muhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T.2003.
Yüklə 28,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə