Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#117606
  1   2   3   4
buyuk-ipak-yo-li-barcha-xalqlar-birligi



ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 2
109 
BUYUK IPAK YO’LI BARCHA XALQLAR BIRLIGI 
Yursinboyev Jahongir Mehrojidin o’g’li
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika insituti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6632516 
Annotatsiya. Mil.avv. II asrda qadimgi Xitoydan boshlanuvchi O’rtayer dengiziga qadar 
davom etgan savdo yo’li paydo bo’ladi va bu barcha xalqlar tarixini bir biriga vog’laydi. 
Kalit so’zlar: sariq dengiz, Sian, Shimoliy va Janubiy tarmoq, Samarqand, ipak, shoyi, 
Dovon, Chjan Syan, O’rtayer. 
ВЕЛИКИЙ ШЕЛКОВЫЙ ПУТЬ – ЭТО ЕДИНЕНИЕ ВСЕХ НАРОДОВ 
Аннотация. Мил.ср. Во II веке возник торговый путь из Древнего Китая в 
Средиземное море, объединивший историю всех народов. 
Ключевые слова: жёлтое море, Сиань, Северная и Южная сеть, Самарканд, шёлк, 
шёлк, Дован, Чжан Сян, Ср. 
THE GREAT SILK ROAD IS THE UNITY OF ALL PEOPLES 
Abstract. Mil.avv. In the 2nd century, a trade route from ancient China to the 
Mediterranean Sea emerged, uniting the history of all peoples. 
Keywords: yellow Sea, Xi'an, North and South network, Samarkand, silk, silk, Dovan, 
Zhang Xiang, Mediterranean. 
KIRISH 
Ilk bor Xitoy hududidan boshlanib g`arbga tomon minglarcha kilometr masofaga 
cho`zilgan ( 12 ming km.), Sharq bilan g`arbni tutashtirgan. Bu noyob savdo yo`li ulug` 
ajdodlarimiz sa`y-harakatlari samarasi o`laroq umumbashariyat tarixiy taraqqiyotida yorqin iz 
qoldirgan. Ayniqsa, bu yo`lning Vatanimiz sarhadlaridan o`tganligi uning tarixiy taqdirida, 
iqtisodiy-madaniy yuksalishida hamda boshqa xorijiy ellar bilan izchil hamkorlik va 
xamjihatlikda katta ijobiy rol o`ynagan. Fanda ipakning vatani Xitoy deb tan olinganli sir emas. 
Ammo hind olimi Mukerji Hindistinda ipakning qachon paydo bo’lganligi haqida aniq va 
ishonarli ma’lumot bera olmasada, u ipakning Xitoyda paydo bo’lib u yerdan boshqa yerlarga 
tarqalganligi haqidagi fikrga qo’shilmaydi. U Hindistonda ham tog’li tumanlarda yovvoyi ipak 
qurti tut daraxtlari ustuda pilla o’rashlarini ta’kidlaydi. Xitoyda ipakning paydo bo’lishi haqida 
juda ko’p rivoyatlar bor. Xitoy hukmdori Chin Chong ipak va ipak qurti, tut daraxti 
maydonlarining kengaytirish haqida katta g’amxo’rlik qilgan. Rivoyatlarning birida miloddan 
avvalgi 2698 yilda, yana bir rivoyatda esa miloddan avalgi 2600 yilda Xitoy malikasi Si Ling 
Chi bog’da, tut daraxtlari soyasida choy ichib o’tirgan paytida, uning piyoyalasiga yuqoridan 
pilla tushib, issiq choyda yumshab, uning tolalari yoyilib kеtadi. Malika Si pilla iplarini 
piyoladan olib tashlashga qancha urinmasin, uning uzundan-uzun tolalari chuvalib bo`lmaguncha 
choyni ipak ipdan tozalay olmaydi. Rivoyatda aytiliyshcha, pilla tolasini olish usuli ana shu 
voqеadan so`ng ma'lum bo`lgan. Xitoy xalqi pilla kalavasini topib olishni Osmon xudosi - Si 
Ling Chiga bog’laydi. Si - bu Osmon xudosining nazari tushgan malika, dеb u ilohiylashtirilgan 
va unga atab ibodatxonayalar qurilgan. Hozirgacha Xitoyda malika Siga atab har yili ipak 
bayrami, o’tkazilar ekan. Xitoy yilnomalari Fu Gi ismli hunarmandning miloddan avvalgi 3400 
yilda musiqa asbobi yasab, uning torlarini ipakdan qilganligini xabar beradi. Xullas, ipakning 
vatami Xitoy bo`lganligiga shubha yo’q. “Ipak yo`li” Xitoydagi ana shu ipak savdosi bilan 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə