Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.06.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#117606
1   2   3   4
buyuk-ipak-yo-li-barcha-xalqlar-birligi

2022 
№ 2
110 
bog’langan yo`ldir. Xitoyda ipakchilikning dastlab kеng tarqalgan joyi Xuanxe daryosinint quyi 
havzasida joylashgan Shandun viloyatidir. Xitoyning Sian shahrida boshlangan Ipak yo`li Lanjou 
orqali Dunxuanga (Sharqiy Turkiston) kelib, bu yerdan u ikkiga ajraladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Ipak yo`lining janubiy tarmog`i Taklamakon sahrosi (Mo`g`iliston) orqali Xo`tanga, 
undan Yerkentga kelib, undan Balxga tomon o`tadi. Balxda yo`l yana uch tarmoqqa ajraladi. 
G`arbiy tarmog`i Marvga, janubiy tarmog`i Hindistonga, shimoli tarmog`i Termiz orqali 
Darbent, Nautak va Samarqandga tomon yo`naladi. Ipak yo`lining shimoliy-g`arbiy tarmog`i esa 
Dunxuandan Bami, Turfon orqali Tarim vohasi-Qashg`arga boradi. U yerdan Toshqo`rgon orqali 
O`zgan, O`sh, Quva, Axsikent, Pop, Asht orqali Xo`jand, Zomin, Jizzaxga, so`ngra 
Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo`l yana davom etib Dabusiya, Malik 
cho`li orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Farobga borib, Amul shahriga o`tadi. 
Shimolda esa bu yo`l Marvdan Urganch sari yo`nalgan yo`lga qo`shiladi. Marv shahri O`rta 
asrlar davomida Buyuk ipak yo`li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo`lgan. Eng 
muhimi shundaki, Buyuk ipak yo`lining G`arbdan keladigan savdo karvonlari aytaylik, Italiya, 
Ispaniya va boshqa O`rta yer dengizi mamlakatlarining savdogarlari ham o`z mollarini Tir
Damashq, Anatoliya, Bog`dod orqali Parfiya davlati hududlari bo`ylab yana O`rta Osiyoning 
yirik savdo markazi Marvga olib kelar, shu yerdan sharq tomon yo`llarini davom ettirardilar. 
Shu ma`noda Marvning turli dinlar ildiz otgan, turli madaniyatlar tutashgan joy bo`lganligi 
alohida ahamiyatga molikdir. Miloddan avvalgi II asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida 
Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli 
Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va 
Oʻrta 
Osiyodan 
topilgan 
yunon 
buyumlari 
misol 
boʻlishi 
mumkin. Iskandar 
Zulqarnayn (Maqduniy) (qarang Buyuk Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri 
yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻlining sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol 
oʻynaganlar. Iskandar Zulqarnayn tomonidan Sugʻdiyona mamlakati istilo etilishi bilan koʻplab 
sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻlining markaziy qismini - Oʻrta 
Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari 
(manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik 
oxirida oʻz hududini sharqga kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini 
qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi 
Chjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol 
shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik 
makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu 
maʼlumotlar Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqlangan. Ptolemey esa oʻz 
navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107-114 yillar oraligʻida yozilgan va 
bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, Buyuk ipak yoʻli 2 katta 
qismga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan 
Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning janubi va 
Afgʻonistonning shimoli-gʻarbida joylashgan qadimiy viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yoʻl 
shimolga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri 
harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shimoliy Afgʻonistondagi Balx shahri)ga 
borgan. Bu yerdan yoʻl shimol tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə