2-ma’ruza. Mustaqil so‘zlar. Ot turkumining ta'rifi, leksik-grammatik xususiyatlari, ma'no turlari



Yüklə 38,08 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü38,08 Kb.
#153405
2-MA’RUZA. MUSTAQIL SO‘ZLAR. OT TURKUMINING


2-MA’RUZA. MUSTAQIL SO‘ZLAR. OT TURKUMINING TA'RIFI, LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, MA'NO TURLARI

Mavzu rejasi:


1. Ot turkumi haqida.
2. Otning ma’noviy guruhlari.
3. Otning grammatik kategoriyalari: son kategoriyasi.
Tayanch soʻz va iboralar: Ot, otning lug'aviy ma'no guruhlari, atoqli ot, turdosh ot, aniq ot, mavhum ot, shaxs otlari, hayvon nomlari, o'simlik nomlari, o'rin-oy nomlari, modda ma'dan nomlari
Mustaqil ta’lim mavzulari


t/r

Mavzu nomi

Bajarish shakli

1

Otlardagi son kategoriyasi

Ilmiy adabiyotdan omonimiyaga doir nazariy ma’lumotlarni konspek­lash­tiring.

2

Otlarning egalik kategoriyasi.

Ilmiy adabiyotdan omonimiyaga doir nazariy ma’lumotlarni konspek­lash­tiring.

Adabiyotlar:


Tavsiya etiladi:
1 . Шоабдураҳмонов Ш. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Тошкент. 1980.
2. Зикриллаев /.Н. Ўзбек тили морфологияси. Бухоро. 1994.
3. Abuzalova M.K. Hozirgi o‘zbek tili. Buxoro. 2004.
4. Ne’matov H. va b. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. Toshkent. 2001.

Ot — mustaqil so‘z turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi xususiyatlari bilan ajralib turadi.


Predmetlik ma'nosini anglatib, son, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga ega bo‘lgan so‘z turkumiga ot deyiladi: ish+chi+lar+ga, kitob+lar+i+dan. Grammatikada predmetlik nima? Grammatika inson anglashi mumkin bo‘lgan barcha narsa (belgi, xususiyat, harakat, holat)ni ham predmet deb qabul qiladi: daraxt, shamol, qo‘zg‘olon, yaxshilik kabi.
Ot morfologiyada katta o‘rin tutadi. Boshqa so‘z turkumlari otning belgi xususiyatlarini ko‘rsatadi. Jumladan, sifat otning belgisini son miqdorini va tartibini, fe'l harakatini bildiradi: katta bino, beshta student, ikkinchi kurs, kitob o‘qimoq.
Ot mustaqil so‘z turkumi sifatida quyidagi grammatik belgilarga ega:
1. Ot yasalish xususiyatiga ega: paxtachi, paxtakor, tomorqa, belbog‘.
2. Sonlanish xususiyatiga ega: kitob – kitoblar.
3. Egalik ko‘rsatkichiga ega: kitobim, kitobing, kitobi kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.
4. Kelishik formalari bilan o‘zgaradi: ruchka, ruchkaning, ruchkani, ruchkaga, ruchkada, ruchkadan.
5. Gapda barcha gap bo‘laklari vazifasini bajaradi.

Otning ma'noviy guruhlari


Otlarni ma'no jihatdan turlicha tasnif qilish mumkin. Bunda ot turkumiga kirgan so‘zlarning grammatik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi semantik belgilar asosga olinadi.
Otlar quyidagi semantik xususiyatlarga ko‘ra tasnif qilinadi:
1. Bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‘ra.
2. Kim yoki nima so‘zlariga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra.
3. Sanalish yoki sanalmasligiga ko‘ra.
Yuqorida qayd qilinganlarning birinchisiga ko‘ra otlar ikkiga: atoqli va turdosh otlarga bo‘linadi.

Atoqli ot


Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib ko‘rsatuvchi otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi: Alisher, Rustam, Oybek.
2. Geografik nomlar: Buxoro, Volga, Pomir.
3. Turli tashkilot, korxona nomlari: "Kamolot" jamg‘armasi, "Baqoyev" korxonasi.
4. Planeta va yulduzlarning nomlari: Yupiter, Mars, Hulkar.
5. Tarixiy hodisa, gazeta, jurnal nomlari: Vatan urushi, "O‘zbekiston ovozi" gazetasi, «Guliston» jurnali.
6. Hayvonlarga maxsus qo‘yilgan nomlar: Boychibor, Haybar, Juchka.

Turdosh ot


Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi otlar turdosh ot deyiladi: ishchi, gul, ruchka.
Atoqli va turdosh otlar faqat ma'no jihatdan farq qilib qolmay, o‘ziga xos ba'zi grammatik xususiyatlarga ham ega. Masalan, atoqli otlar faqat birlik shaklda qo‘llanadi. Agar ko‘plik qo‘shimchasini olsa grammatik ko‘plik emas, boshqa ma'no ottenkalariga ega bo‘ladi.
Ko‘pchilik atoqli otlar turdosh otlardan, ma'lum qismi esa boshqa turkumga oid so‘zlar asosida paydo bo‘ladi: Arslon, Anor, Lola (turdosh otdan), O‘tkir, Shirin (sifatdan), Tursun, To‘xta (fe'ldan) kabi. Oz bo‘lsa-da atoqli otning turdosh otga aylanishi uchraydi: rentgen (apparatning nomi), xosiyatxon (atlas nomi).
Turdosh otlar quyidagi belgilar asosida turlarga ajratiladi:
1. Ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko‘ra: aniq va mavhum otlarga bo‘linadi.
Bevosita predmet anglatadigan otlar aniq (konkret) otlar deyiladi. Ular anglatgan predmetlarni bevosita ko‘rish va sanash mumkin. Shuning uchun ham bunday otlar sanoq sonlar bilan sintaktik aloqaga kira oladi. Bundan tashqari sub'yektiv baho hamda ko‘plik qo‘shimchalarini olishi mumkin: daftar — beshta daftar, daftarcha, daftarlar.
Mavhum tushunchani ifoda qiluvchi otlar abstrakt otlar deyiladi. Bular mavhum belgi, xususiyat nomlari bo‘lib, odatda, ko‘plik qo‘shimchasini olmaydi: sevgi, oqim, tuyg‘u, yaxshilik. Ba'zan ko‘plik formada qo‘llanganda, ko‘plik ma'nosi emas, qo‘shimcha ma'no ottenkalari ifodalanadi: tuyg‘u-tuyg‘ular ma'no kuchaytirilgan.
Ko‘ngulda quvonchlar, egnimda sarpo.
Sharaflar tongidir har ish jobajo.
Ulug‘ kun bayrami — tinchlik bayrami. (G‘.G‘.)
Mavhum otlarni quyidagi leksik - semantik gruppalarga bo‘lish mumkin:
1. Turli his-tuyg‘u, sezgi, kayfiyatni bildiradi: sevgi, hayajon, qayg‘u,
2. Shaxs va predmetlarga xos bo‘lgan belgi xususiyatlarni bildiradi: mardlik, odamgarchilik.
3. Kasb-hunarni bildiradi: injenerlik, o‘qituvchilik, doktorlik.
4. Vazifa, mansab bildiradi: raislik, kotiblik, generallik.
5. Ish-harakat yoki hodisani bildiradi: tinchlik, o‘qish, yozuv, uyqu.
6. Xayoliy тarsalarni bildiradi: xudo, farishta, do‘zax va hokazolar.

2. Otlar birlik shaklda yakka predmetni yoki predmetlar to‘dasini ifodalashi mumkin. Shunga ko‘ra otlar yakka va jamlovchi (to‘da) otlarga bo‘linadi.


Birlik shaklda bir turdagi predmetlarning bittasini ifodalaydigan ot yakka ot deyiladi: kitob, bola, paxta, nok.
Birlik shaklda ham bir xil predmetlarning to‘dasini, jamini ko‘rsatadigan otlar jamlovchi otlar deyiladi: xalq, poda, armiya, ko‘pchilik.
Jamlik quyidagi usullar bilan ifodalanadi: 1) leksik-semantik usul (xalq, el, to‘da, poda); 2) affiksatsiya (temuriylar, sut emizuvchilar, insoniyat, hayvonot, tematika); 3) kopulyasiya, ya'ni juftlash (ota-ona, urf-odat, qozon-tovoq); 4) tasviriy sintaktik usul (mehnat ahli, olimlar armiyasi, hayvonot dunyosi, o‘qituvchilar safi); 5) kontekstual-situativ (dunyo tahsin o‘qimoqda, jahon qoyil qolmoqda, zal jim kabi). Bu gaplarda dunyo, jahon, zal kabilar metonimik ma'noda qo‘llanganda jamlik ma'nosini ifodalab kelmoqda. Ammo bular nutqiy hodisalardir.
A.A.Potebnya so‘zning semantikasida jamlik mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashda otni yakka predmetga nisbatan ishlatish imkoniyatining bor yoki yo‘qligini asos qilib olishini aytgan edi. Masalan, olomon, armiya so‘zlarini bir kishiga nisbatan ishlatib bo‘lmaydi.
Kim yoki nima so‘zlariga munosabatiga ko‘ra otlar: kishi va narsa otlariga bo‘linadi. Hafiza, Olim, odam, qariya — kim so‘rog‘iga javob bo‘lib, kishi otlarini ifodalaydi. Mashina, fontan, stadion, qo‘shchinor – nima so‘rog‘iga javob bo‘lib narsa otlarini ifodalaydi.
Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo‘linadi. Sanaladigan otlarning asosini konkret otlar tashkil qiladi: daftar, kitob, ruchka, olma.
Sanalmovchi predmet otlariga, asosan, modda otlari (abstrakt otlar) kiradi: qum, muz, tuz, un, tutun, havo kabi.
Miqdor tushunchasi o‘zbek tilida murakkab sathli makromaydon (Makrofeld, makropole) hosil qilib, o‘zaro uzviy bog‘langan uchta maydon (Feld, pole)dan iborat: 1) mavjudot son-miqdori maydoni, 2) o‘lchov-miqdor maydoni, 3) harakat miqdori maydoni. Binobarin, son-miqdor kichik maydon bo‘lib, miqdor makromaydonining uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Son-miqdor maydonining umumiy ma`nosi mavjudotning sonink ko‘rsatishdir. Maydonning lisoniy-nutkiy xususiyati deganda mazkur ma`noni ifodalovchi barcha lisoniy va nolisoniy vositaning tuzilishi (tarkibi, yasalishi), mazmuni (asosiy va Qo‘shimcha ma`nolari), vazifasi va qo‘llanishi nazarda tutiladi.
Lisoniy vositalar tilning turli bo‘limiga mansub bo‘lib,. Quyidagilardan iborat: 1) otning son-miqdor kategoriyasi, 2)otning o‘zak, negizi, 3) otlashgan so‘z, 4) fe`lning son kategoriyasi, 5) fe`lning o‘zak, negizi, 6) son turkumi, 7) olmosh, 8) egalik kategoriyasi, 9) sifatning o‘zak, negizi, 10) ravishning o‘zak, negizi, P)juft va takroriy so‘z, 12) so‘z irikmasi (xabar ketidan xabar), 13) ko‘makchili ot (kun sayin), 14) ibora {barmoqbilan sanarli), 15) unlini cho‘zib talaffuz qilish (ko‘o‘p). Noliso-niy vositaga tinglovchining xabardorligi, mantiqiy ayonlik, matnning ij-timoiy-tarixiy xususiyati, tana a`zolari bilan imo-ishora qilish, bayroqcha yordamida xabar berish va hokazo kiradi.
Mazkur vositalar orkali son-mikdor ma`nosi to‘rt xil ko‘rinishda ifoda etiladi: 1) birlik, 2) ikkilik, 3) ko‘plik va 4) umumiylik. Lisoniy va nolisoniy vositalarda son-miqdorning belgilanganlik darajasi bir xil emas. Ba`zi vositada muayyan miqdor (birlik, ikkilik, ko‘plik, umumiylik) belgilangan bo‘lib, vositaning o‘zi orkali ifodalanadi. Ayrim vosita mikdorning ikki, uch yoki to‘rtala ko‘rinishiga betaraf bo‘ladi. Betaraf vosi-ta matn yordamida miqdor ifodalaydi.
Son-miqdor ifodalovchi vositalar salmog‘i (ushbu ma`noni ifodalash uchun xoslanganligi, sof holda ifodalashi va izchil qo‘llanishi) jihatdan ham bir xil bo‘lmay, maydonda tutgan o‘rniga ko‘ra farq qiladi. Otning son-miqdor kategoriyasi bosh vosita (dominant) bo‘lib, maydon yadrosini hosil qiladi. Fe`lning son kategoriyasi, son turkumi, olmosh hamda egalik kate-goriyasi maydon markazini shakllantiradi. Boshqa lisoniy vositalar va barcha nolisoniy vosita esa maydon chekkasidan joy oladi. Shunga ko‘ra son-miqdor maydoni uch qismga bo‘linadi: yadro, markaz va chekka qism.
Maydon vositalari orasida mazmuniy vazifaning o‘ziga xos taqsimlanishi sababli nutkiy maqsadu vazifaga qarab ularning ikki yoki undan ortig‘i birgalikda ham ishlatiladi. Bunda mazkur vositalar o‘zaro mazmuniy aloqa-munosabatga kirishib, biri ikkinchisining ma`nosini kon-kretlashtiradi, kuchaytiradi, ta`kidlaydi, kuchsizlantiradi yoki o‘zgartiradi. Oxirgi holda son-miqdor ifodalovchi vositalar o‘zaro nutqiy (matniy) ma`nodoshlik hosil qiladi.
Maydon vositasidan ikki yoki bir nechtasining birgalikda qo‘llanishini kuzatish ularning o‘rinli-noo‘rin, to‘g‘ri-noto‘g‘ri qo‘llanishiga ham e`tibor qaratishni taqozo qiladi. Chunki hozirga qadar ko‘p holda rus tili grammatik qurilishiga xos me`yor, andoza va koidalar o‘zbek tiliga nis-bat berib kelindi. oqibatda otning tub shakli faQat birlikni bildiradi, ega va kesim sonda moslashadi degan koidalar ta`sirida matbuot, radio, te-levidenie, ayrim badiiy asar va ilmiy matnda miqdor bildiruvchi lug‘aviy vosita qo‘llanganda ham grammatik vosita ishlatiladigan, ayni bir gapda ega -lar shaklida bo‘lganda kesimga ham -lar, -(i)sh ko‘shiladagan bo‘ldi. Bu esa o‘zbek tili grammatik qurilishining asosiy tamoyili — tejamkorlikeka ziddir
Hozirgi o‘zbek tilida son-miqdor maydoni vositalarining lisoniy-nutqiy xususiyatini yuqorida ko‘rsatilgan tarzda talqin qilish uni quyidagicha ta`riflashga imkon beradi: son-miqdor maydoni yadro, markaz va chekka qismdan tuzilgan bo‘lib, mavjudot sonini turli ko‘rinish va darajada ifodalaydigan lisoniy hamda nolisoniy vosita tizimidan iborat.
Otning son-miqdor kategoriyasi bosh vosita (dominant) bo‘lib, maydon yadrosini hosil qiladi. Chunki bu kategoriya shakllari mavjudot so-nini turli ko‘rinish va darajada ifodalash uchun xoslangan bo‘lib, izchil qo‘llanadi.
Kategoriya shakllari ikki qismdan tuziladi. Birinchi Qismga o‘zak, ne-giz, juft va takroriy ot, ikkinchi qismga bitta qo‘shimcha (-lar) kiradi.
Bu shakllar orkaly son-miqdor ma`nosi to‘rt xil ko‘rinishda ifodala-nadi: 1) birlik, 2) ikkilik, 3) ko‘plik va 4) umumiylik. Lekin bu shakllar-ning mazkur ma`nolarga munosabati bir xil emas. Bu otning luG‘aviy mazmu-ni bilan bogliQ. Son-miqdorga munosabatiga ko‘ra kategoriya shakllari etti turga bo‘linadi: 1) yakka ot, 2) sanalib-sanalmaydigan ot 3), jamlovchi ot, 4) atoqli ot, 5) juft ot, 6) takroriy ot, 7) -lar li ot. SHulardan to‘rttasi tub shakl, ya`ni otning o‘zak, negizidir.
Mazkur shakllarning lisoniy xususiyati, ya`ni ularda son-miqdor ma`nosining belgilanganlik darajasini ishora yordamida Quyidagicha
ko‘rsatsa bo‘ladi.



Shakl (ot)

Birlik

Ikkilik

Ko‘plik

Umumiy-lik

yakka

+/-

+/-

+/-

+/-

sanalib-sanalmaydigan

+/-

+/-

+/-

+/-

jamlovchi

1





+


2


+/-

+/-

+/-



atoqli

+







juft



+

+



takroriy





+



-lar



+/-

+/-


Jadvaldan ko‘rinadiki, yakka va sanalib-sanalmaydigan otning tub shak-li son-mikdorning to‘rtala ko‘rinishiga, juft a`zo va narsa oti birlik va ikkilikka betaraf. Jamlovchi otning son-miqdorga munosabati ikki tomon-lama: 1) yakka narsaning ko‘pligi (jamligi) o‘zida belgilangan (o‘quvchi — guruh), 2) shu jamlikning bitta, ikkita yoki ko‘pligiga betaraf (bitta guruh, ikkita guruh, ko‘p guruh). Takroriy otda ko‘plik, juft shaklda ikki-


lik va ko‘plik, atoqli otda birlik belgilangan. -lar shakli ikkilik va ko‘plik ma`nosiga betaraf.
Sifat, sifatdoshning lisoniy imkoniyati (zoti)da son-miqdor ifoda-lash xususiyati yo‘k. Bunday xususiyat paydo bo‘lishi uchun nutqiy vosita talab kilinadi. Bu vazifa mazmuniy siljish (otlashish) yordamida bajariladi. Otlashgan sifat va sifatdoshning tub(-lar olmagan) shakli yakka otning o‘zak, negizi kabi birlik, ko‘plik va umumiylikka betaraf bo‘lib, -lar shaklida ko‘plik belgilangan. Buni ishora yordamida quyidagicha ko‘rsatsa bo‘ladi:


Otlashgan sifat va
sifatdoshning shak-
li

Birlik

Ko‘plik

Umumiylik

tub

+/-

+/-

+/-

-lar



+



Chekka qismga mansub lu`aviy vositalarning ayrimida birlik, ba`zisi-da ikkilik, bir qanchasida ko‘plik belgilangan. Bularning aksariyati ot bi-lan qo‘llansa, ba`zisi mustaqil ishlatiladi.
Sifat turkumida miqdor ma`nosi o‘zak, negiz juft va takroriy so‘z kabi lugaviy vosita bilan ifodalanadi.Quyidagi jadvalda bu vositalarning li-soniy xususiyati aks ettirilgan.


Sifatning o‘zak, negizi, juft va tak-roriy shakli

Bir-lik

Ikki-lik

Ko‘plik

yakka, yolg‘iz, tanho, yakkaxon, so‘qqabosh, ilk, avvalgi

+





Qo‘sh, qo‘shaloq, egiz, egizak



+



talay, ko‘p, mo‘l, ancha, oz, kam, serda-raxt..., adadsiz, sanoqsiz, behisob, yax-shi-yomon, katta-kichik, turli-tuman, katta-katta, qizil-qizil, rang-barang




+


Fe`l turkumida ayrim negiz va qo‘shma so‘z birlikni, bir kancha o‘zak va negiz ko‘plikni bildiradi. Quyidagi jadvalda bu fe`llar va ularda mikdorning belgilanganlik darajasi ko‘rsatilgan.


Fe`lning o‘zak, negizi va qo‘shma fe`l

Birlik

Ko‘plik

yakkalamoq, yolg‘izlanmoq, yolgiz qolmoq

+



yig‘ilmoq, tizmoq, qalamoq, uymoq, to‘plamoq, jamlamoq, birlashmoq, saflamoq, tomchilamoq, ko‘paymoq, kamaymoq, uyushmoq,



+

Ot turkumidagi ayrim negiz ko‘plikni bildiradi:


Otning negizi

Ko‘plik

ot + -zor, ot + -loq

+

Bunday otlarda ko‘plik -zor, -loQko‘shimchasi bilan ifodalanadi.
Ravish turkumiga mansub ayrim o‘zak, negiz, Qo‘shma va takroriy so‘z ko‘plikni
bildiradi:

Ravishning negizi, Qo‘shma va takroriy shakli

Ko‘plik

ko‘plab, Qoplab, tuyalab, bir oz, bir Qancha, bir nechta, bir muncha, birin-birin, guras-guras, oz-oz, kam-kam


+

Ayrim takroriy olmosh ham ko‘plikni bildiradi:


Olmosh

Ko‘plik

ne-ne, necha-necha, qancha-qancha

+

Ba`zi so‘z birikmasi ham ko‘plik ifodalashga xizmat qiladi. Bular ikki xil bo‘ladi: 1) ikkita bir xil ot ko‘makchi yordamida bog‘lanadi: xabar keti-dan xabar, maktub ortidan maktub, tashvish ustiga tashvish, 2) olam, du-nyo, bulut kabi so‘zlar ayrim sanaladigan ot bilan birikib ko‘plikni bildi-radi: o‘simlik olami, hayvonot dunyosi, pashsha buluti.


Ayrim iboradan ham ko‘plik anglashiladi: barmoqbilan sanarli, jo‘jabirday jon, bir yoqadan bosh chiqarib, keti uzilmaydi.
Yuqorida ko‘rsatilganlar son-miqdor ifodalovchi lisoniy vosita. Nolisoniy vositaga mantiqan ayonlik, tinglovchining xabardorligi, matnning ijtimoiy-tarixiy xususiyati, tana a`zolari (masalan, barmoqlar) bilan imo-ishora qilish, bayrokcha yordamida xabar berish va hokazo kiradi.
Uchinchi bob «Son-miqdor maydoni vositalarining nutqiy xususiyati» deb nomlanadi. Bu bobda uzvli tahlil natijasiga tayanib, maydon vositalarining nutqiy xususiyati matniy tahlil qilinadi. Matniy tahlilda maydon vositalarining nutqda qay darajada namoyon bo‘lishi va nutq ta`sirida kanday o‘zgarishini kuzatish nazarda tutiladi. Son-miqdor maydoni birlik-larining lisoniy xususiyati Quyidagi nutqbirliklarida voqelanadi: 1) so‘z, 2) so‘z birikmasi1 va 3) matn. Matn hajm va xususiyat jihatidan turlarga ajratiladi2. Matn hajm jihatidan uch xil ko‘rinishga ega bo‘lib, eng kichik, kichik va katta matn (minimal, mikro- va makrokontekst) tarzida uchraydi. Uzbek tilida eng kichik matn kesimdan, boshQacha aytganda bir bosh bo‘lakli sodda yig‘iq gapdan, kichik matn sodda yoyiq va qo‘shma gapdan iborat bo‘ladi. Katta matnning hajmi qulaylik tugdiruvchi vositaning son-miqdor maydo-ni vositasiga nisbatan joylashgan o‘rniga bogliq. SHunga ko‘ra katta matn ikkitadan ortiq sodda gap, yoki bitta Qo‘shma gapdan tortib abzats, bob, hatto butun bir asarni o‘z ichiga olishi mumkin.Xususiyati jihatidan matn ney-tral, qulay, konkretlashtiruvchi hamda noQulay matn kabi ko‘rinishga ega. Muayyan miqdor (birlik, ikkilik, ko‘plik, umumiylik) ma`nosi o‘zida belgi-langan vositaning lisoniy xususiyati neytral matnda, betaraf vositaniki qulay matnda namoyon bo‘ladi.NoQulay matnda vositaning lisoniy xususiyati qisman yoki to‘liq o‘zgaradi.
Mazkur bob uch faslga bo‘linib, avval yadro vositasi, keyin markaz, un-dan so‘ng chekka qism vositalarining nutqiy xususiyati tahlil qilinadi. Lekin bunday bo‘lish shartlidir. Chunki maydon vositalari nutqda aksariyat holda birgalikda ishlatiladi.
Yakka otning o‘zak, negizi birlik, ikkilik, ko‘plik va umumiylikka be-taraf bo‘lganidan mazkur ma`nolarni qulay vosita yordamida ifodalaydi. Qulaylik so‘z, birikma, matn (eng kichik, kichik, katta)da hosil bo‘ladi. Bir-lik ma`nosiga Quyidagi vositalar qulaylik tugdiradi:
Egalik qo‘shimchasi: otam, onam, otang, onang.
Bir sanoqsoni: bir bola, bir tulki, bir bino, bitta non.
Tartib son qo‘shimchasi: birinchi kitob, ikkinchi arava, uchinchi qishloq, o‘ninchi qishloq, o‘ninchi maktab.
Ko‘rsatish, gumop olmoshi: shu bola, bu bino, allaqaysi eshik, qaysidir sandiq, qandaydir juvon.
Sifat: yolg‘iz ayol, yakka buta, so‘qqabosh odam, ilk qaldirg‘och.
Yuqoridagi vositalardan bir soni boshQalariga nisbatan ko‘p ishlatiladi.
Otdan oldin takroriy so‘z ishlatilsa, birlik ta`kidlanadi: bittayu bitta do‘st, yakkayu yagona farzand. Bunday birikma hissiy gap (matn)da ishlatiladi: Bittayu bitta bolamni shunaqa notinch maktabga berasizmi! (A.Qahhor, O‘tmishdan ertaklar").
Ayrim gapning umumiy mazmuni ham bunday otda birlik namoyon bo‘lishiga Qulaylik tug‘diradi: Telefon jiringladi (A.Qahhor, "Qo‘shchinor chiroqlari"). Bunday gap ko‘p uchraydi.
Yuqoridagi misollarda lisoniy vosita qulaylik tug‘dirgan bo‘lsa, quyidagi misolda G‘ayrilisoniy vosita birlik ifodalanishiga yordam ber-gan.
Mantiqan ayonlik: To‘p "Paxtakor" futbolchilarida (to‘pning bittali-gi barchaga ayon).
Ko‘plik ifodalanishiga kuyidagi vositalar qulaylik tug‘diradi.
Ikki va undan katta son: ikki bola, yigirmata uy, to‘rtala nomzod, o‘ntacha xat, o‘nlab ariza, besh-olti o‘quvchi.
Sifat va ravish: talay anor, tumonat odam, sanoQsiz nihol, turli hayvon, ko‘p bola, bir nechta sigir, har xil kapalak, anchagina tarvuz.
Ot: ko‘pchilik dehqon, aksariyat bino.
Hisob so‘z: bir QuchoQgul, bir dasta jurnal, bir mashina Qovun.
Takroriy so‘z: javon-javon kitob, Qator-Qator terak, semiz-semiz Qo‘y.
Miqdor olmoshi: barcha talaba, hamma o‘Qituvchi, ayrim olim.
Quyidagi hollarda ko‘plik kuchaytirib ifodalanadi: a) ayrim so‘z tar-kibidagi unli cho‘zib talaffuz Qilinadi: ko‘o‘p bali, mo‘o‘l terak, aancha QoG‘oz, b) miqdor bildiruvchi so‘z oldidan juda so‘zi ishlatiladi: juda ko‘p kitob, v) yirik miqdor bildiruvchi son, olam, dunyo kabi so‘zlar takror ish-latiladi: millon-milion odam, olam-olam yoG‘och, dunyo-dunyo chigirtka.
YAkka tub otda ko‘plik ifodalanishiga morfologik vosita ham Qulaylik tugdiradi: YAkshanba kuni bolalargya kuzgi paxtalik nimcha berildi (A.Qahhor, "Utmishdan ertaklar"). Bu gapda sanaladigan tub ot (nimcha)ning ko‘plik ifodalashiga u bilan mazmunan boG‘langan -lar li ot ( bolalar) yor-dam bergan.
Quyidagi nolisoniy vositalar ham sanaladigan tub otda ko‘plik namoyon bo‘lishiga kulaylik tugdiradi.
NutQvaziyati: Piyola chiroyli ekan ( piyolaning byrdan ortiQligi ko‘rinib turgan bo‘lsa).
MantiQan ayonlik: Qishi bilan arrakashlik tsilib to‘nka kavlaydigan bo‘ldik (A.Qahhor, "Qo‘shchinor chiroQlari"). Qishi bilan bitta to‘nka kavlan-masligi o‘z-o‘zidan ma`lum).
YUQorida ko‘rsatilgan barcha holda tub ot biror vosita(luG‘aviy, fone-tik, morfologik) yordamida ko‘plikni ifodalash uchun xizmat Qilganidan -lar olgan ot bilan ma`nodosh bo‘ladi. Misollarning ko‘pchiligida ma`no-dosh shakllarni o‘zaro almashtirish mumkin: talay anor <-» talay anorlar, nimcha <-> nimchalar, odam ko‘p <^ odamlar ko‘p. Bunday holda -lar Qo‘shimchasi ko‘plikni ta`kidlash uchun xizmat qiladi. Ta`kid nazarda tutilmaganda tub ot ko‘llanib, tejamkorlik namoyon bo‘ladi. -lar ishlatilsa, ajnabiy (rus, ingliz, nemis) tili xususiyati o‘zbek tiliga nisbat berilgan bo‘ladi.
Umumiylik ifodalanishiga quyidagi vositalar qulaylik tug‘diradi.
Matnning ijtimoiy-tarixiy xususiyati. Jumladan, maqolda sanaladi-gan ot birlik yoki ko‘plik emas, umumiylik ifodalaydi: Farzand - belning Quvvati.
Gapning umumiy mazmuni: Uquvchi kitobga, yaxshi kitobga tashna (A.Qahhor, "Qadrdon do‘stimiz"). Bu misolda barcha o‘Quvchi nazarda tutilgan-ligi gapning umumiy mazmunidan anglashilib turibdi.
Jamlovchi otning o‘zak, negizida yakka narsaning ko‘pligi ma`nosi bel-gilanganidan bu ma`noni ifodalash uchun matn yordamiga ehtiyoj sezmaydi. Lekin birikma, gap (matn)da jamlovchi otdan anglashiladigan ko‘plik ma`nosi oydinlashtirishi mumkin: o‘n kishidan iborat guruh, million-millon omma, milion-milion oddiy xalq.
SHu jamlikning bitta yoki ko‘pligiga betaraf bo‘lganidan bu ma`nolar-ni qulay vosita yordamida ifodalaydi: bitta xalq, ikkita guruh, minglab oila. Jamlovchi ot bu jihatdan yakka otga o‘xshaydi.
Juft otning ayrimida ikkilik, ayrimida ko‘plik belgilangan, shuning uchun mazkur ma`nolarni biror vosita yordamisiz ifodalaydi.
Takroriy otda ko‘plik belgilangan bo‘lib, nutqda biror vosita yordami-siz namoyon bo‘ladi.
-lar shakli ko‘plikni ifolashi uchun qulay vosita vazifasini otning lug‘aviy mazmuni bajaradi.
Yakka otning o‘zak, negizi ko‘plik ma`nosiga betaraf bo‘lganidan unga -lar Qo‘shilsa sof ko‘plik ifodalanadi: bolalar, kitoblar, qo‘ylar. Bu shakl anglatgan miqdor ikkidan tortib cheksizgacha bo‘lishi mumkin. Mazkur shakl sanaladigan mavjudotning ko‘pligini aniQko‘rsatish zarurati -.'.-"* bo‘lmaganda ishlatiladi: Odamlar oraga tushdi (A.Qahhor, "Utmishdan er-taklar").
Zarurat bo‘lsa matnda ko‘plikni turli darajada aniQlashtiruvchi vosita
ishlatiladi: Juda ajoyib kitoblari bor, xuddi bir uy keladi (A.Qahhor,
"Sarob"). Bu misolda hisob so‘z (bir uy) -lar shakli anglatgan mikdorni
konkretlashtirib kelgan.
Jamlovchi otning o‘zak, negizi ko‘plikni bildiradi, shuning uchun bun-
day otga Qo‘shilgan -lar shu ko‘plik (jamlik, yaxlitlik)ning birdan ortiG‘ini ifodalaydi: xalqlar, guruhlar, uyurlar.
Juft a`zo va narsani bildiruvchi otga -lar Qo‘shilganda ikkilik ma`nosi ta`kidlangan holda namoyon bo‘ladi.
Ko‘plikni bildiruvchi juft otga -lar Qo‘shilganda ko‘plik ta`kidlana-di: Nihoyat, mehmonlar turli noz-ne`matlar, rang-barang sharbat shisha-lari, anvoyi gullar bilan zeb berilgan stollarga o‘tirishdi (A.Qahhor, "Muhabbat"). Misoldagi birinchi birikmada ko‘plik uchta vosita: juft ot (noz-ne`mat)ning o‘zi, aniQlovchi bo‘lib kelgan sifat (turli) hamda -lar qo‘shimchasi bilan ifodalangan. Nohissiy bayonda juft otga qo‘shimcha qo‘shilishini to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.
Ko‘rinadiki, otning -lar shakli o‘zak, negizning lug‘aviy mazmuniga bog‘liq holda faqat grammatik ma`no (ko‘plik) emas, uslubiy ma`no (ta`kidlash, kuchaytirish) ham ifodalaydi.
Otning son-miqdor kategoriyasi shakllarining nutqiy xususiyati
tahlilidan ko‘rinadiki, ko‘plik ma`nosi ham lug‘aviy vosita (o‘zak, negiz,
juft va takroriy ot), ham fonetik (unlini cho‘zish), ham morfologik vosita
(-lar) bilan ifodalanadi. Ko‘plik lugaviy vositadan anglashilganda -lar
ning ishlatilish-ishlatilmasligi birikma, gap, matnning nohissiy (ob`ek-
tiv) va hissiy (sub`ektiv) ligiga bogliq. Nohissiy bayonda qo‘shimcha tejaladi. Bayon hissiy bo‘lsa, hissiylik darajasiga qarab -lar tejalmasligi mumkin..
Endi ana shu Qoida (me`yor)ga tayanib badiiy adabiyot, matbuot, radio, te-levidenieda -lar Qo‘shimchasining tejab-tejalmay ishlatilishini tahlil Qilamiz.
YAkka ot oldidan aniQmiqdorni bildirivchi so‘z (son) kelganda hissiy bayonda ham, nohissiy bayonda ham -lar ishlatilmaydi: uch kishi, yigirmata uy, to‘rtala sigir. Bu fikrni A.Qahhor asarlarining statistik tahlili ham tasdiQlaydi. Bunday birikmaning yozuvchi asarlarida uchrash miqdori Quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.

So‘z birikmasi



Qo‘shchinor chiroqlari

O‘tmishdan ertaklar

Sinchalak

Sarob

son + sanaladigan ot

52

28

15

9

Bularning birortasida otga -lar qo‘shilmagan. Bundan xulosa qilish mumkinki, adib o‘zbek tilining xususiyatiga izchil rioya qilgan.
Lekin hozirgi kunda matbuot, televidenieda rus, ingliz tili ta`siri-da bunday birikmada otga -lar Qo‘shib ishlatilmoqda. Namuna tariQasida bir nechta misol keltiramiz: 5 ta interv’yu-suhbatlar, 10 nafar tanlov hay`ati a`zolari, 81 ta soglikni satslash muassasalarm, 64 nafar sport-chilar ("Ma`rifat" gazetasi, 2002, 6 iyul’ ) , 8 ta nodaelat ta`lim muassa-salari, 210ta xonadon boG‘chalari ("Davr" axborot dasturi).
Yuqoridagi misollarda otga -lar Qo‘shib ishlatilishi o‘zbek tili xusu-siyatini Qo‘pol ravishda buzishdir.
Ot oldidan noaniq miqdorni bildiruvchi so‘z kelganda nohissiy bayonda -lar tejaladi. Qish kunlarining birida tsulay payt keldi: bir necha ovchi o‘sha tomonga — daryo bo‘yiga ovga chitsadigan bo‘lib tsoldi (A. Qahhor, «Xotin-lar»). Bu misolda bayon tarzi nohissiy bo‘lib, xabar neytral turib etkazila-yapti. SHu sababli A.Qahhor luG‘aviy miqdorni inobatga olib otga -lar Qo‘shmagan.
Hozirgi kunda matbuot, televidenieda bunday birikmada -lar ning te-jalmay ishlatilishi ko‘p uchraydi: barcha sharoitlar, turli tadbirlar, barcha ta’lim gurlari, bir Qancha mulohazalar, ko‘pdan-ko‘p savol-lar(«Ma`rifat» gazetasi. 2002, 6 iyul’), bir millionga yatsin kuygan simobli yoritQichlar, turli tadbirlar, juda ko‘p yangi Qo‘shiQlar, saksondan ortiqeksponatlari, barcha viloyatlar («Davr» axborot dasturi).
Mazmunidan ko‘plik anglashiluvchi so‘z birikmada emas, gapda biror bo‘lak bo‘lib kelganda ham u bilan mazmunan boG‘langan ot-lar olmaydi: O‘zbekistoida yozuvchi ko‘p (A.Qahhor). Bu misolda sanaladigan tub otda ko‘plik ifodalanishi uchun kesim vazifasidagi so‘zning luG‘aviy mazmuni yor-dam bergan.
Matbuot, televidenieda bunday holda otga -lar Qo‘shib ishlatish bir-muncha uchrab turadi: Biz yosh jurnalistlar ko‘payayotganidan sevinamiz
(«Hurriyat» gazetasi. 2002, 27 iyun’) nashrlar ko‘payib ketdi, tsilinishi
lozim bo‘lgan ishlar talaygina, tadbirkorlar soni ortib («Turkiston» gazetasi. 2002, 7 iyun’). Bu vatstda avtobus bekatida odamlar ko‘p edi («Davr» axborot dasturi).
AniQlovchi miqdor bildirmaydigan so‘zdan ifodalanganda aniklanmishga -lar Qo‘shilmaydi: Anchadan keyin odamlarning ovozi eshi-tildi (A.Qahhor, «Sarob»). Odamlarning ovozi bitta bo‘lmasligi mantiQan ayon bo‘lganidan yozuvchi -lar ni tejagan. Matbuotda bunday birikmada otga -lar Qo‘shib ishlatilmoqda: Boshtsa muharrirlarning gazetada o‘z ruknlari bor («Tafakkur» jurnali. 2002, 2-son).
Ko‘plik (umumiylik) mantiQan ayon bo‘lganida otga -lar Qo‘shilmaydi1 Ismat pochtachi velosipedda xat, gazeta tashiydi (A.Qahhor, «Sinchalak»). YOzuvchi mantiQan ayonlikni inobatga olib xat, gazeta so‘zida -lar ni teja-gan. Mazkur Qoidaga mos kelganidan matbuotdan olingan quyidagi misolda -lar tejalishi kerak edi. Barxanlar tsanday hosil bo‘ladiQ(«BoshlanG‘ich ta`lim» jurnali. 2001, 4-son). Barcha barxan nazarda tutilganidan yaxlit ko‘plikni bildiruvchi tub otdan foydalanish maQsadga muvofiQ.
Ko‘plik otning o‘zidan anglashilganda ham -lar tejalishi kerak: G‘o‘zani begona o‘t va hasharotdaya satslash ...(A.Qahhor ,"Uzbekiston paxta xazina-si"). Qo‘ni-Qo‘shni keldi (A.Qahhor, " Utmishdan ertaklar" ). Birinchi mi-solda ko‘plik Qo‘shimcha (-ot) bilan ifodalangan bo‘lsa, ikkinchisida takror yordamida namoyon bo‘ladi. Ushbu Qoidaga asoslanilsa, Quyidagi misollarda ham -lar ni tejash kerak bo‘ladi: Issitsxonada tsish oylarida sabzavotlar pishib tursa, bundan zo‘ri bormiQ(«Ma`rifat» gazetasi. 2002, 13 iyul’).Nodir tugilgai kuniii may oyida, Qodir esa dekabr’ oyida nishon-laydi.Aka-ukalarning tugilgan kunlari orasida iecha oy farts borQ(«BoshlanG‘ich ta`lim» jurnali. 2001, 4-son).
Grammatik Qurilishning bosh xususiyati uyushiQbo‘lakda ham -lar teja-lishini taQozo Qiladi. Bayon nohissiy bo‘lib, ta`kid nazarida tutilmasa, -lar oxirgi so‘zga Qo‘shiladi:/>u tepaliklarning ustiga, yon bagriga solingan kigiz, sholcha, bo‘yra va paloslar<3Uyushiq bo‘lak oldidan ko‘plik bildiruvchi so‘z qo‘llansa, -lar barchasida tejaladi: SHu bu yil mevaga kirgan bir talay shaftoli, olcha, be\ini kesib o‘tin Qilibdi (A.Qahhor, «Qo‘shchinor chiroQlari»). SHunga amal Qilmasdan Quyidagi misolda -lar tejalmagan: Respublika o‘Quvchilar texnik ijodiyot markazi har yili turli ko‘rik tanlovlar, festivallar, sport-texnika musobaQalari o‘tkazib turadi («Gulxan» jurnali. 2002, 4-son).
Uchinchi faslda maydon chekkasini egallagan vositalarning nutQiy xusu-siyati tahlil Qilinadi
Otlashgan so‘z (sifat, sifatdosh) miqdor ifodalashiga ko‘ra sanaladigan otga o‘xshaydi: Bitta semizshsh olib keling. Madrayim mardikorlikdan tsochib kelgan va ko‘lga tushib kamalgan ikki qochoq bilan hamgap bo‘libdi (A.Qahhor, "Utmishdan ertaklar"). YAxshi topib gapirar, yomon tsopib. Bi-rinchi misolda otlashgan eifat birlik, ikkinchisida ko‘plik, uchinchisida umumiylik ma`nosini ifodalagan.


1



2



Yüklə 38,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə