Umumiy pedagogika



Yüklə 273,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.02.2023
ölçüsü273,89 Kb.
#100046
  1   2   3   4   5   6   7


MUSTAQIL TA'LIM MAQSADI, MAZMUNI VA VAZIFALARI 
Mustaqil ta'limning maqsadi: 
-
talabalarni "Umumiy pedagogika" fanining pedagogika tarixi bo'limi bo'yicha 
nazariy bilimlar mustahkamlash va umumlashtirish; 
-
talabalarda fan asoslarini mustaqil o'zlashtirish ko'nikma va malakalarini 
shakllantirish; 
-
talabalarning bilish faolligi, mustaqil ijodiy ish qobiliyatlari va kreativ 
ko'nikmalarini rivojlantirish; 
- talabalarda o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish va takomillashtirish malakalarini qaror 
toptirishdan iborat. 
Mustaqil ta'lim mazmuni 
Mustaqil ta'lim mavzusi talabalar mustaqil o'rganadigan ma'ruza va seminar 
mashg'uloti mavzulalaridan iborat bo'ladi. Jumladan: 
"Avesto" asarida komil inson qiyofasining aks etishi, Kultegin, Bilga Hoqon, 
Tunyukuk bitiklarida ta'lim-tarbiya masalalarni o'ziga xos yoritilishi, Ahmad 
Yassaviy merosida pedagogik g'oyalarning o'rni, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy 
merosining pedagogik ahamiyati, Mahmud Qoshg'ariyning ijtimoiy tarbiyaga 
munosabati, Umar Hayyomning ijodiy merosining falsafiy-pedagogik tavsifi, Amir 
Temurning ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy masalalarga yondashuvi, Zahiriddin 
Muhammad Boburning ma'naviy-ma'rifiy qarashlari, Komil inson va uni tarbiyalash 
masalasi Alisher Navoiy talqinida, Husayin Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari, 
Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan umumlashtirilgan odob-axloq kodeksi
Jahon Otin Uvaysiy va Anbar Otinlarning qizlar maktabi, Yangi usul maktablarining 
ta'lim taraqqiyotidagi o'rni, Munavvar Qori Abdurashidxon о'g'lining ta'lim-tarbiya 
sohasidagi xizmatlari, XX asrning 70-80 yillarida O'zbekistonda xalq ta'limi, 
Mustaqillik va ta'lim tizimidagi islohatlar, O'zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida 
ma'naviy tarbiya masalalari, Qadimgi Sparta va Afina maktablari tajribasi, Iogann 
Genrix Pestalosining ta'lim-tarbiya, maktab - maorif tizimiga qo'shgan hissasi, 
Iogann Fridrix Gerbartning pedagogik qarashlari, Fransiya davlatida ta'lim tizimi. 
Mustaqil ta'lim talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga 
mavzularni tushunishg qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishiga, umumiy 
dunyoqarashlini kengaytirishga yordam beradi. 
Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o'quv-tarbiya 
jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o'rin 
egallaydi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o'quv 
faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko'nikmalar 
shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta'minlanadi. Bu esa amaliyotda xususiy-
didaktik maqsadiarga bog'liq ravishda 4 ta mustaqil ish tipida amalga oshadi. 
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining 
birinchi turi 
- bu sirtdan qaraganda 
faoliyatning algoritmi ma'lumotlari va vazifalar sharoitidan iborat, ya'ni dastlabki 
bilimlarning (bilimlarning birinchi bosqichi) shakllanishi omillari asosida 
talabalarda shakllanadigan va ulardan talab qilinadigan malakalarni aniqlashdir. Bu 
maqsadga yetish uchun talabalar tomonidan idrok qilinadigan vazifalarni yechish 
zarurligi ko'zda tutiladi. Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining 
ikkinchi tipi 

bunda o'zlashtirilgan axborotlar xotirada qayta ishlashga va tipik vazifalarni, ya'ni 
bilimlarning ikkinchi bosqichini bajarishga qaratilgan bilimlar shakllanadi. 
Mustaqil ishlarning ikkinchi tipi barcha turlarining umumiy tavsifnomasi 
shundaki, bunday ishlarda vazifalarning hal qilinish g'oyasi (tamoyili) e'lon qilinadi, 


talabalardan ushbu g'oyani (tamoyilni) rivojlantirib, konkret sharoitga tatbiq etish 
usul va usullari talab qilinadi. 

Yüklə 273,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə