O`zbekisto



Yüklə 481,61 Kb.
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü481,61 Kb.
#126774
  1   2   3
Aholining tabiy ko’payish jarayoning tasir etuvchi omillari

Aholining tabiy ko’payish jarayoning tasir etuvchi omillari

Reja :

  • 1. O’zbekiston aholisini soni va uni hududiy joylashuvi.
  • 2. Urbanizatsiya darajasi.
  • 3. Aholining tabiiy va mexanik harakati
  • 4. Respublika aholisining tarkibi.
  • 5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.

O’zbekiston aholisini soni va uni hududiy joylashuvi

  • Aholi asosiy moddiy in`omlar ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga ularni asosiy iste`mol qiluvchi hamdir. Darhaqiqat aholi bilan ishlab chiqarish "boshdan oyoq" chambarchas bog’liq. Shuning uchun jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini o’rganishga iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida doimo katta e`tibor beriladi. Chunki har bir mamlakat, uning ichki iqtisodiy-geografik rayonlari xalq xo’jaligini hududiy tashkil qilish va rivojlantirishda aholining soni, zichligi, tabiiy o’sish, migratsiya va urbanizatsiya jarayoni, milliy va ijtimoiy tarkibi, jinsi, mehnat resurslari va aholining bandligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyat kasb etadi

Respublikamizda Markaziy Osiyo Davlatlari (MOD) umumiy aholisining salkam 45 foizi yashaydi.

  • Respublikamizda Markaziy Osiyo Davlatlari (MOD) umumiy aholisining salkam 45 foizi yashaydi.
  • O’zbekiston Respublikasi aholi soniga ko’ra dunyodagi o’rta darajadagi mamlakat hisoblanadi. Uning aholisi, 1 yanvar 2006 yil ma`lumoti bo’yicha 26,3 mln. kishini tashkil etadi. U aholi sonining ko’pligi jihatidan MDHda Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o’rinda turadi.

O’zbekiston Respublikasi aholi sonining o’zgarishi.

  • Urushdan keyin aholi asosan tabiiy o’sish hisobiga ko’paydi. Mamlakat aholisi 1945-1959 yillarda salkam uch million kishi ortdi. Aholining soni esa yiliga o’rtacha 3,7 foizga ko’paydi. Umuman, 60-yillardan keyingi davrga aholi dinamikasiga ildam sur’atlar xos. Mazkur jarayon ayniqsa, 1970-1980 yillarda katta ko’rsatkichlarga ega bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi aholisining viloyatlar bo’yicha taqsimlanishi va zichligi (2011 yil 1 yanvar)


Mintaqalar

Jami aholi

Shundan

soni (ming kishi)

foiz his.

Shahar aholisi

Qishloq aholisi

Aholi zichligi 1 kv.km.

ming kishi

foiz his.

ming kishi

foiz his.

Qoraqalpog’iston Respublikasi

1571,9

6,0

763,9

48,6

808,0

51,4

9,4

Andijon

2375,9

9,0

699,8

29,5

1676,1

70,5

565,7

Buxoro

1525,9

5,8

450,1

29,5

1075,8

70,5

37,9

Jizzax

1051,4

4,0

314,5

29,9

736,9

70,1

49,6

Qashqadaryo

2424,4

9,2

597,5

24,7

1822,9

75,3

84,6

Navoiy

812,7

3,1

321,4

39,5

491,3

60,5

7,3

Namangan

2103,6

8,0

782,4

37,2

1321,2

62,8

284,3

Samarqand

2907,5

11,1

741,4

25,5

2166,1

74,5

173,1

Surxondaryo

1925,1

7,3

370,4

19,2

1554,7

80,8

95,8

Sirdaryo

676,9

2,6

211,5

31,2

456,4

68,8

157,4

Toshkent

2468,0

9,4

969,8

39,3

1498,2

60,7

161,3

Farg’ona

2878,9

10,9

809,5

28,1

2069,4

71,9

429,7

Xorazm

1453,9

5,5

322,3

22,2

1131,6

77,8

238,3

Toshkent shahri

2140,6

8,1

2140,6

100



100



Respublika bo’yicha

26312,7

100,0

9495,1

36,1

16817,6

63,9

58,6

1980-1995 yillarda respublika aholisining soni 15,8 mln.dan 22,3 mln.ga yetdi, o’rtacha yillik o’sish miqdori mutloq hisobda 400-500 ming kishini, nisbiy hisobda 2,2 foizni tashkil qildi. Undan keyingi davrda aholining yillik o’rtacha o’sish sur`atlari asta-sekin pasayib kelmoqda. Agar 2000 yil aholining yillik o’rtacha o’sishi 1,8 foizni tashkil etgan bo’lsa 2006 yilga kelib 1,1 foizga tushub qoldi.

  • 1980-1995 yillarda respublika aholisining soni 15,8 mln.dan 22,3 mln.ga yetdi, o’rtacha yillik o’sish miqdori mutloq hisobda 400-500 ming kishini, nisbiy hisobda 2,2 foizni tashkil qildi. Undan keyingi davrda aholining yillik o’rtacha o’sish sur`atlari asta-sekin pasayib kelmoqda. Agar 2000 yil aholining yillik o’rtacha o’sishi 1,8 foizni tashkil etgan bo’lsa 2006 yilga kelib 1,1 foizga tushub qoldi.

Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta`sir qiladi. Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 kv. km maydonga 58,6 kishidan iborat bo’lgan holda u Navoiy viloyatida 7,3 kishidan Andijon viloyatidagi 565,7 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 75 martadan ziyod).

  • Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta`sir qiladi. Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 kv. km maydonga 58,6 kishidan iborat bo’lgan holda u Navoiy viloyatida 7,3 kishidan Andijon viloyatidagi 565,7 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 75 martadan ziyod).
  • Aholi salmog’iga ko’ra Samarqand viloyati (2907,5 ming k.) birinchi, Farg’ona (2878,9 ming k.) ikkinchi va Toshkent viloyati (2468,0 ming k.) uchinchi o’rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy (812,7 ming k.) va Sirdaryo viloyatlariga (676,9 ming k.) to’g’ri keladi


Yüklə 481,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə