Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#137624
  1   2   3   4   5
3-sinf-matematika-darslarida-fakultativ-mashg-ulotlarni-o-tkazish-metodikasi



Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
119 
3- SINF MATEMATIKA DARSLARIDA FAKULTATIV 
MASHG’ULOTLARNI O’TKAZISH METODIKASI 
 
Norkulova Dilorom Oybekovna 
BuxDU Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7264474
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 3-sinf matematika darslarida fakultativ 
mashg'ulotlarni o'tkazish metodikasi haqida fikr yuritiladi. Buning uchun 3-sinf 
matematika kursi mavzulari asos qilib olinadi. 
Kalit so'zlar:
fakultativ mashg'ulot, kasr, yuza, rim raqamlari, to'rt xonali 
sonlarni raqamlash, yozma ko'paytirish, o'nli kasr, vaqt. 
Ma’lumki,boshlang’ich sinf matematika kursida boshqa fanlar singari 1-2- 
sinfda bilimlar amaliy jihatdan va soddaroq ma’lumotlarga asoslangan holda beriladi. 
3- sinfga kelib esa, bu bilimlar uzviy ravishda to’ldirilib, murakkablashtirilib boriladi. 
O’quvchilar uchun esa bu jarayon ko’p hollarda qiyinchilik tug’diradi. Ayniqsa, 3-
sinfda o’tiladigan quyidagi mavzular o’quvchilarda yangi tushunchalar bo’lganligi 
uchun ham o’zlashtirish jarayonida muammoli vaziyatlar yuzaga keladi. 

To’rt xonali sonlarni raqamlash; 

Rim raqamlari; 

Natijasi 10 000 ichida yozma ko’paytirish; 

Kasr tushunchasi

O’nli kasrlar; 

Yuza o’lchov birliklari; 

Vaqt o’lchov birliklari; 
Bu kabi mavzularni o’rgatish uchun yangi mavzu bayoniga ajratilgan 20-25 
daqiqa kamlik qilishi mumkin. Chunki barcha o’quvchilarning o’zlashtirish 
ko’rsatkichlari birdek emas. Dars uchun ajratilgan 45 daqiqa vaqt esa har bir o’quvchi 
bilan ishlash imkonini cheklab qo’yadi. Darsdan tashqari mashg’ulotlar davomida 
xuddi shunday masalalarni hal etish ko’zda tutiladi. 3- sinf matematika darslarida 
fakultativ mashg’ulotlarni tashkil etish bunday muammoli vaziyatlarning oldini olish 
va ularni hal etishda yordam beradi. 
Fakultativ mashg‘ulotlar darsdan tashqari jarayonda o‘tkazilib, dars davomida 
o‘tiladigan mavzular bilan bog‘liq holda, bu mavzularni mantiqiy jihatdan to‘ldirib 
borishi kerak. Fakultativ mashg‘ulotlar jarayonida foydalaniladigan materiallar 
darslikdan tashqari va darslikdagi materiallarni mazmunan davom ettira olishi, bu 
bilan o‘quvchida o‘rganayotgan tushunchasiga nisbatan malaka hosil qilish vazifasini 
bajarishi kerak. 3-sinf matematika darslarida fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil etish 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə