Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#137624
1   2   3   4   5
3-sinf-matematika-darslarida-fakultativ-mashg-ulotlarni-o-tkazish-metodikasi

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
122 
santimetrda ifodalamoqchi bo‘lsak qanday yo‘l tutamiz? degan muammoli savollarni 
o‘quvchilar oldiga qo‘yib, tushunchani anglashlariga zamin hozirlash mumkin. 1 
millimetrimiz santimetrni hosil qilishi uchun bunday millimetrlardan 10 ta kerak 
bo‘ladi. Demak, 1 millimetrimiz 1 santimetrning o‘ndan bir qismini ifodalar ekan. 
1mm=0.1 cm 
Mashg‘ulot davomida quyidagi kabi topshiriqlardan foydalanish yaxshi 
samaraga ega: 
Oddiy kasr ko’rinishida yozing. 
a)
surati 5, maxraji 6 c) maxraji 10, surati 8 
b)
surati 2, maxrzji 4 d) maxraji 12, surati 5 

Yuza o’lchov birliklari mavzusini o‘rganish davomida o‘quvchilar cm 
kv, dm kv, m kv tushunchalaridagi kvadrat so‘zi qanday hosil bo‘lgani va bir yuza 
o‘lchov birligidan ikkinchi yuza o‘lchov birligiga o‘tishga qiynalishadi. O‘quvchilar 
bilan mashg‘ulot davomida hal qilinadigan birinchi masala o‘lchov birligi ortidan 
qo‘llanilayotgan kvadrat tushunchasining mohiyatini ochib berish hisoblanadi. Bunda 
ikkita uzunlik o‘lchov birligi misol sifatida olinadi: 6 cm va 3 cm endi ularni 
ko‘paytiramiz.6 cm × 3 cm= bunda 6 × 3 sonlarining ko‘paytirilishidan 18, cm × cm 
uzunlik o‘lchovlarining ko‘paytirilishidan santimetr kvadrat tushunchasi hosil 
bo‘lishi aytib o‘tiladi. Ikkita bir xil sonning ko‘paytirilishidan kvadrat hosil bo‘lishi 
aytilmasa ham, bu kabi tushunchalarni mavzuning mohiyatini ochib berish uchun 
amaliy jihatdan o‘rgatish foydadan xoli emas. 
Ikkinci masala esa bir yuza o‘lchov birligidan ikkinchi yuza birligiga o‘tish. 
Bunda quyidagicha ish ko‘rish maqsadga muvofiq: 
1 detsimetr kvadrat necha santimetr kvadrat ekanligini topish uchun 1 dm=10cm 
ga teng ekanligini ifodalab olamiz. Tenglikning chap tomonida 1 dm kv hosil bo‘lishi 
uchun 1 dm kv ga 1 dm kvni ko‘paytiramiz. Endi tenglik ishorasi o‘rinli bo‘lishi 
uchun tenglikning chap tomonida bajargan amalimizni tenglikning o‘ng tomonida 
ham bajaramiz, ya‘ni 10 cmni o‘z-o‘ziga bir marotaba ko‘paytiramiz. 100 cm kv 
hosil bo‘ldi. Demak, 1dm kv=100 cm kv 
Bu kabi mavzuga oid mashg‘ulotlarda darslikdan tashqari quyidagi masalalardan 
foydalanish mumkin: 
Oshxona devorining bo’yi 5 dm, eni 3 dm bo’lgan qismiga kafel plitkasini 
yopishtirish kerak. Agar har bir plitka yuzi 1 dm
2
bo’lsa, nechta plita kerak? 

Vaqt o’lchov birliklari mavzusi o‘quvchilar uchun kundalik hayot bilan 
bog‘liqligi bilan ahamiyatli bo‘lsa, ular orasidagi bog‘lanishni anglash jihatidan 
muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Mavzu davomida o‘quvchilar duch kelishi 
kuzatiladigan muammoli vaziyatlardan biri mexanik soatdagi strelkalar, ular 
orasidagi bog‘lanish, ular ifodalayotgan vaqt o‘lchov birligining mohiyatini anglash 
bo‘lsa, yana biri bir vaqt o‘lchov birligidan ikkinchi bir vaqt o‘lchov birligiga 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə