9-mavzu. To‘garakni komplektlash va tashkiliy ishlar reja: 1



Yüklə 16,22 Kb.
tarix05.01.2023
ölçüsü16,22 Kb.
#98210
10-мавзу (1)


9-MAVZU.TO‘GARAKNI KOMPLEKTLASH VA TASHKILIY ISHLAR
Reja:
1.. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi uyushmalarida ishlarni tashkil kilish mazmuni va metodi
2. Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
1. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi uyushmalarida ishlarni tashkil kilish mazmuni va metodi. Hozirgi kunda Respublikamizda juda ko‘p ixtisosliklar mavjud. Bu ixtisosliklarda har xil turdagi texnik ob’ektlar va moslamalar ishlatiladi. SHuning uchun texnika bo‘yicha maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil qilishda o‘quvchilarning o‘z xohishi moyilligiga va qiziqishiga qarab tanlash prinsipiga asosan sharoit tug‘dirib berish zarur. Kichkina maktablarda bitta mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘quvchilarning texnikaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqishlari qondira olmaydi. Agarda katta maktab bo‘lsa unda 2-3 mehnat ta’limi o‘qituvchilari ishlasa unda o‘quvchilarning texnik to‘garaklar bo‘yicha ixtisos va qiziqishlarini qondira olishlari mumkin. To‘garak ishlarining yo‘nalishlari maktab ma’muriyati ehtiyojidan kelib chiqib o‘zi belgilaydi. Bunda maktab atrofida joylashgan ishlab chiqarish korxonasini harakteri, pedagogik kadrlarning salohiyati, maktab moddiy texnik bazasi va uni rivojlantirish imkoniyatlari inobatga olishi zarur.
Agarda maktab miqyosida tashkil etilayotgan to‘garaklar o‘quvchilarning ehtiyojiga mos kelmasa u holda rayon va shahar miqyosidagi to‘garaklarda ishtirok etishlari mumkin. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ochilgan to‘garak faoliyatida o‘quvchilar umumiy va xususiy vazifalarni amalga oshiradilar. Xususiy masalalarni hal etish uchun texnik to‘garaklar tipaviy dasturi, me’yoriy hujjatlari bo‘yicha to‘garak tashkilotlari va rahbarlari o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni mazmuni, formasi va metodlarini ishlab chiqadilar.
Texnik to‘garaklar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida olib boriladi. To‘garak ishlari maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning dasturiga asosan mavzular har xil bo‘lish mumkin. Ular shug‘ullanishi yiliga qarab boshlang‘ich, asosiy va yuqori darajadagi guruhlarga bo‘linadi. To‘garaklarni tashkil qilish jarayonida rahbar o‘zining tayyorgarlik darajasi, maktabning moddiy-texnik bazasining imkoniyati va o‘quvchilarning qiziqishiga qarab dasturga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Har tomonlama fikrlab tuzilmagan rejasi quyilgan maqsadga erishish qiyin. SHuning uchun tugarak ishlarini rejasi, strukturasida quyidagi bo‘limlar bo‘lishini tavsiya etadi:
1. Umumiy qism; 2. Ta’lim tarbiya ishlari; 3. Metodik ishlanmalar; 4. Ommaviy tadbirlar; 5. Xo‘jalik ishlari.
To‘garaklarni tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki maktabdan tashqari o‘quv muassasining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
To‘garak ishlari boshlangunga qadar uning rejasi tasdiqdan o‘tadi. To‘garak rahbari to‘garak ishtirokchilarining bilim va ommaviy ko‘nikma darajasi bo‘lmaganligi uchun uning rejasini amalga oshirishda rahbarga qiyinchilik tug‘diradi.Birinchi darsdan keyin o‘quvchilar o‘zlarini qiziqish va moyilligiga qarab texnik ob’ektlarni tanlaydilar, reja loyihasini muhokama qilishda uning a’zolarini fikr va mulohazalarini e’tiborga olish zarur. Har bir mashg‘ulotga to‘garak rahbarlari zarur bo‘lgan asbob - uskuna, material va zaruriy adabiyotlarni tayyorlab qo‘yadi.
O‘quvchilarni texnik to‘garaklarga qabul qilish ma’lum bir mezonlar asosida qabul qilinadi. Texnik ijodkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘quvchilar maktab ustaxonasida mehnat darslarida ma’lum darajali tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Agar o‘quvchi mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lsagina texnik ijodkorligi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlariga erishish mumkin. O‘quvchilarni yoshi va individual xususiyatlari ma’lum texnik to‘garaklar qabul qilish bo‘yicha mezon hisoblanadi. Imkon darajasida to‘garak a’zolarining yoshlari bir xil bo‘lsa 1-2 yosh farqi bilan to‘garakni komplektlash mumkin. Undan tashqari to‘garak guruhlarini komplektlashda asosiy mezonlardan biri maktab o‘quvchilarining qaysi texnika turiga qiziqishlaridadir. Har doim to‘garaklarga o‘quvchilar rejasidagidan ko‘proq qabul qilinadi, sababi bilib - bilmay to‘garakka kirib qolgan o‘quvchilarni tashlab ketishadi.
O‘quvchilar texnik ijodkorligi ko‘rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar.
2.. Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida o‘quv dasturidagi boshqa fanlar bilan birgalikda talabalar konstruktorlik byurosi, texnik ijodkorlik, rassomchilik, modelchilik, tasviriy san’at to‘garaklari imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish lozim bo‘ladi. Bu qatorda talabalar konstruktorlik byurolarida olib boriladigan ijodiy ishlarning afzalligi yangi texnik ishlanmalar yaratish bilan birgalikda ulardagi texnik echimlarni amalga oshirishning iqtisodiy, texnik-texnologik ko‘rsatkichlarini asoslash, g‘oyani xalq xo‘jaligiga qo‘llashning amaliy imkoniyatlarini o‘rganish kabi yaxlit majmuaviy faoliyat bilan belgilanadi. Talabalar konstruktorlik byurolarida ijodiy mehnat asoslarini o‘rgatishdan maqsad ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida namoyon bo‘luvchi kasbiy faoliyatga qiziqishni tarbiyalash, egallanayotgan faoliyat sohasiga ijodiy munosabatni shakllantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bunday ta’lim o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni orttirishi, ta’lim va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtira oladigan mutaxassisni tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. Talabalar konstruktorlik byurolarida talabalar o‘z ilmiy-ijodiy ishlari yakunini ixtiro, ratsionalizatorlik taklifi, referat, kurs va diplom ishlari shaklida amalga oshirish yo‘llarini o‘zlashtiradilar. Albatta, talabalarning bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishishlari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatida ishtirok etishi bevosita ularning bilim saviyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bilim saviyasi yuqori bo‘lgan talabalarning malaka tavsifi ortib boradi, kasbni egallash tezlashadi, ilmiy texnika ijodkorligida ishtirok etish davri ertaroq boshlanadi.
Nazorat sovollari:

  1. To‘garak ishlarining yo‘nalishlari kim tomonidan va qanday qilib belgilanadi ?

  2. To‘garak ishlarini rejasi, strukturasida qanday bo‘limlar bo‘lishi tavsiya etiladi ?

  3. O‘quvchilarni texnik to‘garaklarga qabul qilishning qanday mezoniga amal qilinadi?

Yüklə 16,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə