9-Mavzu: Zamonaviy o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 39,62 Kb.
səhifə1/2
tarix05.05.2023
ölçüsü39,62 Kb.
#108651
  1   2
9-mavzu

9-Mavzu: Zamonaviy o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.

Faoliyatda namoyon bo‘ladigan o‘qituvchining professional ahamiyatli


fazilatlari
Reja:

  1. Zamonaviy o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
  2. Faoliyatda namoyon bo‘ladigan o‘qituvchining professional ahamiyatli


fazilatlari
O‘qituvchiga qo‘yilgan talablar: o‘qituvchining vazifasini kasbiy pedagogik va ijtimoiy o‘ziga xosligi har doim o‘z shogirdlari, ota- onalar, keng jamoatchilik nigohida bo‘lishi, ular shaxsiga, axloqiy qiyofasiga yuqori talablar qo‘yadi. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar qat’iy kasbiy sifatlar tizimi bo‘lib, kasbiy pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydi. Eng avvalo, shuni unutmaslik zarurki, amaliy pedagogik faoliyatning faqatgina yarmi oqilona texnologiyaga asoslanib quriladi. Qolgan yarmisi esa, san’atdir. Shuning uchun ham pedagog kasbiga qo‘yilgan birinchi talab pedagogik qobiliyatlarning mavjudligidir. Bunday yondashuvga asoslanib biz pedagogda maxsus pedagogik mahorat mavjudmi, degan savolni qo‘yishga majbur bo‘lamiz. Pedagogik qobiliyatlar bolalar bilan ishlashga moyillik, bolajonlik, ular bilan muloqot va munosabatda bo‘lib, qoniqish hosil qilish kabilarning mujassamligini ko‘rsatuvchi shaxsiy fazilatlardir. Pedagog shaxsining tuzilmasida kasbiy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadga intiluvchanlik, shaxsiy faollik, o‘z- o‘zini boshqara olish, o‘quvchilar bilan ishlash xohishining mavjudligi, ekstremal vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, to‘g‘riso‘zlik, haqgo‘ylik, zamonaviylik, insonparvarlik, bilimdonlik, pedagogik takt sohibi ekanlik, intizomlilik, pedagogik ishonchlilik. O‘qituvchining muhim kasbiy pedagogik fazilatlaridan biri mantiqiy fikrlash hisoblanadi. Bunday xislat tushunchalarni tahlil etish, sintezlash, turlash, mantiqiy aloqalarini o‘rnatish, operatsiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan mantiqiy fikrlash usullarini yaxlit shakllanganligi kabilarda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, pedagog professiogrammasiga artistik qobiliyati ham kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr va yechimlar topishni qamrab oladi. Shaxsning muhim kasbiy fazilatlari uning aqliy, emotsional, irodaviy tavsifi sifatida kasbiy pedagogik faoliyat natijalariga ta’sir ko‘rsatadi, pedagogning individual ish uslubini belgilaydi.
Ta’lim sohasida mutaxassislik, eng avvalo, mutaxassis faoliyati turi va uning mehnati qo‘llanish sohasini ko‘rsatadi. Masalan, iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumot olish, ma’lum kasbiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma va malakalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishni anglatadi.
Pedagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko‘rinish bo‘lib, insoniyat jamiyati tomonidan to‘plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdek, o‘quvchilarni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga yo‘naltirilgandir. Kasbiy pedagogik faoliyat maxsus tashkil etilgan ta’lim muassasalarida kechadi (amalga oshiriladi) va o‘quvchilar shaxsini rivojlantiradi. Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘quvchilarning imkoniyatlari, jamiyat va davlatning mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bir tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlarini o‘zida ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning asosiy obyektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Ta’lim-tarbiya muhiti, ta’lim-tarbiya beruvchi jamoa, o‘quvchilar faoliyati va ularning individual o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik faoliyatning maqsadi bevosita quyidagi ijtimoiy pedagogik vazifalar yechimini topish bilan bog‘liq: tarbiyaviy mehnatni shakllantirish; o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni va predmetiga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi subyekt- rivojlantirish. Kasbiy pedagogik faoliyat

  • bu integrativ faoliyat bo‘lib o‘ziga psixologik, pedagogik va ishlab chiqarish texnologik komponentlarni qamrab oladi. Kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kasb-hunar sir-asrorlariga o‘rgatish va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.

Kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi munosabatlar sodir bo‘ladi: pedagogning pedagogik ta’sir vositasi obyekt munosabatlari; pedagogik o‘zaro ta’sir jarayonidagi subyekt-subyekt munosabatlari. Pedagogik o‘zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o‘z navbatida, o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo‘llash bilan bog‘liq.
Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pedagog vositalar va o‘z xatti- harakat usullarini qiyoslaydi. Pedagogik masalalar yechimini topish usullarini tanlab, o‘qituvchi har bir o‘quvchining individual sifatlarini mo‘ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pedagogik jarayon davomiyligini hisobga olishi zarur. Bundan pedagogik masalalarning yechimini topish ko‘p jihatdan o‘qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog‘liqligi kelib chiqadi. O‘quvchining kasbiy rivojlanishi kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy natijasidir.

Yüklə 39,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə