9-Mavzu: Zamonaviy o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 39,62 Kb.
səhifə2/2
tarix05.05.2023
ölçüsü39,62 Kb.
#108651
1   2
9-mavzu


Pedagog shaxsi modeli


4-rasm. Pedagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponentdir.

U integrativ xususiyatga ega bo‘lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtiradi hamda bilim, ko‘nikma malaka va tajribalar darajasida o‘z ifodasini topadi.


Zamonaviy pedagog imiji. Lug‘aviy jihatdan “imij” (ing. “image”) tushunchasi “siymo”, “timsol”, “qiyofa” va “obraz” ma’nolarini anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra esa ushbu tushuncha yordamida “joziba”, “maftunkorlik” ma’nolari anglanadi.
Pedagogik imij pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, mutanosiblikni ifodalovchi obrazi.
Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishida pedagogning tashqi qiyofasi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga samarali ta’sir ko‘rsata olish uchun pedagog, o‘qituvchining tashqi qiyofasi quyidagi talablarga javob bera olishi zarur: o‘qituvchi tashqi ko‘rinishining o‘quvchilarga estetik ta’sir ko‘rsatishi, ularni estetik jihatdan zavqlantira olishi; o‘qituvchi sochining taralgan, chiroyli turmaklangan bo‘lishi; pardoz buyumlaridan o‘rinli foydalanish, yuzning ortiqcha bo‘yoqlardan holi bo‘lishi; o‘qituvchi liboslarining toza, ozoda, qomatiga yarashgan bo‘lishi, haddan ortiq hashamatli bo‘lmasligi lozim; zargarlik buyumlaridan imkon qadar xoli bo‘lish, ayniqsa, tovlanuvchi metallar – oltin va kumush taqinchoqlardan foydalanmaslik, libosning rangi va o‘qituvchining yosh xususiyatlariga muvofiq oddiy, hashamatli bo‘lmagan.
Shunday qilib, kishilik jamiyati taraqqiyotining shaxs tarbiyasi masalalari kun tartibiga qo‘yilgan ilk davrlardanoq bolalarning ta’limi va tarbiyasi uchun mas’ul shaxslar toifasining shakllanishi, ularning shaxs va mutaxassis sifatida muayyan ijtimoiy talablarga javob bera olishlari, kasbiy mahoratga ega bo‘lishlariga nisbatan ijtimoiy talablar qo‘yila boshlagan.
Talabalarni ijtimoiy talablar bilan yaqindan tanishtirish, ularda pedagogik malaka va kasbiy mahoratni shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Pedagogik mahorat asoslari bo‘lajak mutaxassislarni ta’lim va tarbiya jarayonlarni metodik jihatdan puxta, tashkiliy jihatdan samarali tashkil eta olishlarida muhim poydevor hisoblanadi. Ularning pedagogik texnikaga ega bo‘lishlari kasbiy jarayonda yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarni samarali, salbiy nizolarsiz uyushtirilishini ta’minlash bilan birga hech bir qiyinchiliksiz ta’lim va tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etilishiga ham yordam beradi.
Yüklə 39,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə