9-sinf Chizmachilik fanidan test



Yüklə 19,08 Kb.
tarix01.06.2022
ölçüsü19,08 Kb.
#88533
9-sinf test


9-sinf Chizmachilik fanidan TEST
1. Kesim nima?
a). Detalning faqat kesuvchi tekislik bilan kesilgan joy tasviri.
b). Detalning kesuvchi tekislik bilan kesilgan joy va uning ortidagi detal qismi ham qo’shilgan tasvir.
c). Kesuvchi tekislikkacha bo’lgan detal qismi tasviri
d). Kesuvchi tekislik ortidagi detal qismi tasviri
2. Qirqim nima uchun qo`llaniladi?
a) Detalni teng ikkiga bo`lish uchun b) Detalning ichki qismlarini aniq tasvirlash uchun.
c) Detalga o`yiqlar kirgizish uchun d) Detalga o`lchamlar qo`yish uchun
3.Gabarit o`lcham qanday o`lchamlar?
a) Yig`ilgan detallarning to`gri o`rnatilishi
b) Detallarning bir-biriga nisbatan to`g`ri joylanishini ta`minlovchi o`lchamlar
c) Buyumning uch o`lchami (balandligi, uzunligi va eni) bo`yicha eng katta tashqi o`lchamlar.
d) Rezbalarning o`lchamlari
4.Turli-tuman mashinasozlik buyumlarini tayyorlash uchun mo`ljallangan chizmalar qanday chizmalar?
a) Mashinasozlik chizmalari b) Yig`ish chizmalari
c) Muhandislik-qurilish chizmalari d) Sxema chizmalar
5.Bevosita tasvirning o’zida chizilgan kesim nima deyiladi?
a. Mahalliy; b. Ustiga chizilgan; c. Chiqarilgan; d. Qirqim.
6.. Ustiga chizilgan kesimda kesim konturi qanday chiziqda chiziladi?
a). Ingichka tutash; b). Shtrix; c). Asosiy yo’g’on tutash; d). Ingichka to’lqinsimon.
7. Detal bitta tekislik bilan kesilganda qanday qirqim hosil bo`ladi?
A). Qo`shimcha; B). Oddiy; C). Murakkab; D). Pog`ohali.
8.Detalning ichki tuzilishini aniqlashda ikki va undan ortiq kesuvchi tekisliklar qo`llansa qanday qirqim deyiladi?
a). Gorizontal; b). Frontal; c) Profil; d). Murakkab.
9.Buyum yoki uzellarni tasvirlash hamda ularni yig`ish va nazorat qilshga oid ma`lumotlarni o`z ichiga olgan chizma qanday ataladi?
a) Mashinasozlik chizmasi b) Yig`ish chizmasi
c) Qurilish chizmasi d) Sxema chizmasi
10. 420х 297 qaysi farmatning о‘lchamiga to`g`ri keladi? a) A3 b)A2 c)A1 d)A0 }
11.AO asosiy formatda nechta A4 farmatli qog‘oz bо‘lishi mumkin?
a)16 ta b)12 ta c)14 ta d)15 ta}
12. Ko’pyoqlikning yoqlaridan biri uchburchak yoki ko’pburchak bo’lib, qolgan yoqlari umumiy uchga ega bo’lgan uchburchaklar bo’lsa, ko’pyoqlik nima deyiladi?
a)Prizma b)Piramida c)Kvadrat d)Kub }
13.Detal tasviridan tashqarida bajarilgan kesim qanday ataladi?
a). Mahalliy; b). Ustiga chizilgan; c). Chiqarilgan; d). Qirqim.
14. Kesimda kesuvchi tekislik izi uzuq chiziq detal konturiga nisbatan qanday vaziyatni egallaydi?
A) Perpendikulyar B) Parallel S) Og’ma D) Ayqash
15. Qanday hollarda kesuvchi tekislik izi chizilib, u belgilanmaydi?
A) Kesim detal tasvirining ustiga chiizilganda
B) Kesim chizmaning istalgan joyiga tasvirlanganda
S) Chiqarilgan kesim shakli simmetrik bo’lganda
D) Detal tasvirining ustiga chizilgan kesim shakli nosimmetrik bo’lganda
16. Detalning qaysi ko’rinishi V tekislikda chiziladi?
A) Mahalliy B) Bosh(asosiy) S) Ustdan D) Chapdan
17.Bir necha detaldan iborat buyum chizmalari bo`yicha detallarning chizmalarini chizish qanday jarayon deb ataladi?
a) Detallarga ajratib chizish b) Birikma
с) Ish chizmasi d) Yig`ish chizmalari
18.Bino old tomoninig tasviri qanday ataladi?
a) Qirqim с) Plan
b) Fasad d) Kesim
19.Muassasa ishlab chiqarishi lozim bo`lgan har qanday narsa yoki narsalar to`plamiga nima deyiladi?
a) Detal c) Texnik rasm
b) Buyum d) yaqqol tasvirlar
20.Uy-joy, Ishlab-chiqarish korxonalarining binolarini qurish uchun qanday chizmalardan foydalaniladi?
a) Arxitektura-qurilish chizmalaridan b) muhandislik-qurilish chizmalaridan
c) To`pografik chizmalardan d) Sxema-chizmalaridan
21.Qanday masshtab keltirilgan «M2,5:1»?
a. kattalashtirish masshtabi b.kichraytirish masshtabi
c.haqiqiy kattaligi d.ixtiyoriy masshtab }
22.GOST 2.301-68 da nechta asosiy formatlar qabul qilingan?a. 6 ta b. 3 ta c. 4 ta d. 5 ta
23. О‘lcham va kontur chiziqlari orasidagi oraliq kamida qancha bо‘lishi kerak?
a.10 mm b .8 mm c.12 mm d. 5 mm}
24. Bir xil nomli va markali materialdan tayyorlangan, hamda yig`ish opertsiyasi qo`llanilmagan buyum nima deyiladi?
a) Texnik rasm b) Buyum c) Yaqqol tasvir d) Detal
25. Qaysi kо‘rinish bosh kо‘rinish deyiladi?
a. olddan kо‘rinish b .orqadan kо‘rinish c. mahalliy kо‘rinish d. ustdan kо‘rinish }
26.To’g’ri chiziqning egri chiziqqa yoki bir egri chiziqning ikkinchi egri chiziqqa silliq o’tishi_________________ deyiladi.
27. Jismning gorizontal proyeksiyasi frontal proyeksiyasiga nisbatan________joylashadi.
28. Detalning mahalliy ko’rinishi deganda___________________________ tushuniladi.
29. ) Agar birikmalarni detallarga ajratish ularni sindirish, pachoqlash orqali amalga oshirilsa bunday birikmalar ___________ birikma deyiladi.
30. Ajraluvchi birikmalar______________________________________________________
Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə