Yig‘ish chizmalari. Spetsifikatsiya. O‘zdst 108: 98. Vaziyat raqamlarini qo‘yish. Yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qish



Yüklə 185,48 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü185,48 Kb.
#161490
  1   2   3   4   5   6   7
7.2.ss.-Yig (1)


Yig‘ish chizmalari. Spetsifikatsiya. O‘zDST 2.108:98.
Vaziyat raqamlarini qo‘yish.

Yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qish.

  1. Yig‘ish chizmalari

  2. Spetsifikatsiya

  3. Yig‘ish chizmalaridagi shartliliklar va soddalashtirishlar

  4. Eskiz

  5. Eskiz tuzish tartibi


O‘zDST 2.108:98 ga muvofiq mashina pribor, stanok va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hujjatlari tuzi- ladi. Bu hujjatlar loyiha va ish hujjatlariga bo‘lingan bo‘lib, ular buyum va uni tashkil qiluvchi qismlarni tayyorlash, qabul qilish, ishga tushurish va ta’mir qilish hamda buyumga tegishli barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Yig‘ish chizmalariga spetsifikatsiya bilan birga buyumlar yoki ularning qismlari yig‘ish birliklarining chizmalari, shuningdek, gidromontaj, pnevmontaj va elektromon- taj chizmalari kiradi. Yig‘ish chizmalari buyum tarkibiga kiruvchi detallarning ish chizmalariga yoki eskizlariga muvofiq tuziladi. Yig‘ish chizmalari quyidagilardan iborat:

  1. yig‘ish birligining tasviri (ko‘rinishlari, kerakli qirqim va ke- simlari);

  2. yig‘ish birligini kontrol qilishni ta’minlovchi ko‘rsatmalar;

  1. o‘lchamlar, chekli chetga chiqishlar va shu yig‘ish chizmasi bo‘yicha bajaralishi kerak bo‘lgan boshqa parametrlar va talablar;

  2. detallarni biriktirish xarakteri va usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar;

  3. buyum tarkibiga kiruvchi tashkiliy qismlarining pozitsiya nomerlari

buyumning asosiy xarakteristikasi;

  1. gabarit, o‘rnatish, ulanish va kerakli ma’lumot o‘lchamlari.

Chizmalarni tuzish va o‘qish hamda loyihalash usullari detallar va buyumlarning chizmalarini mustaqil ravishda chizish hamda stan- dartda qabul qilingan barcha qoidalarni qoniqarli ravishda bilib olin- gandagina yaxshi o‘rganiladi.

Yüklə 185,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə