Yig‘ish chizmalari. Spetsifikatsiya. O‘zdst 108: 98. Vaziyat raqamlarini qo‘yish. Yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qish



Yüklə 185,48 Kb.
səhifə5/7
tarix25.12.2023
ölçüsü185,48 Kb.
#161490
1   2   3   4   5   6   7
7.2.ss.-Yig (1)

bosqich - eskiz tuzishning tayyorgarlik bosqichi. Avval de- talning nomi, materiali, yig‘ish birligidagi ish vaziyati va vazifasi, shuningdek, detalning qanday sirtlardan tuzilganligi va elementla- rining shakllari aniqlanadi. So‘ngra detalning bosh ko‘rinishi, ko‘ri- nishlar soni va kataklarga bo‘lingan millimetrli qog‘ozning formati aniqlanadi: format va ramka chiziqlari, shuningdek shtampi chizilib, shu bilan I bosqich tugallanadi. Birinchi bosqichda detalning bosh ko‘rinishini tanlash alohida ahamiyatga ega bo‘lib, to‘g‘ri tanlangan bosh ko‘rinishlar, qirqim va kesimlar sonining eng kam bo‘lishini ta’minlaydi. Agar quyidagi shartlarga muvofiq detallarning bosh ko‘rinishi tanlansa, shubhasiz yuqorida qayd qilingan mulohazalar- ga erishiladi:

  • detalning bosh (old, ya’ni asosiy) ko‘rinishi boshqa ko‘rinish- larga nisbatan uning tuzilishi va elementlarining shakli to‘g‘risida to‘laroq tasavvur bera oladigan qilib tanlanadi:

  • detallarning bosh ko‘rinishi ularning ish vaziyatida va ishlov be­rish stanoklarida joylashish vaziyatlarini e’tiborga olgan holda tan­lanadi. Aylanish sirtlaridan tashkil topgan val, o‘q, vint, chervyak, vtulka, tishli g‘ildirak va prujinalarning, shuningdek, biriktirish de- tallarining o‘q chiziqlari bosh ko‘rinishda asosiy yozuvga parallel qilib olinishi zarur:

  • detallarning bosh ko‘rinishi ko‘rinishlar sonining eng kam bo‘li- nishi va qog‘oz formatidan ratsional foydalanishi ham ta’minlanishi lozim, ya’ni ko‘rinishlar shunday joylashishi kerakki, chizmada or- tiqcha ko‘zgu tashlanadigan ochiq joylar bo‘lmasligi va ko‘rinishlar oraliqlari o‘lchamlar qo‘yish uchun yetarli bo‘lishi lozim.

  1. bosqich. Detallar gabarit o‘lchamlarining nisbati saqlangan holda yumshoq qalam bilan har bir ko‘rinishning tasvirlash maydon- chalari ingichka chiziqlar bilan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida chega- ralab chiqiladi. To‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining o‘lchamlari bosh (yoki orqadan) ko‘rinishda balandligi va uzunligi, ustidan (yoki ostidan) ko‘rinishda eni va uzunligi, chapdan (yoki o‘ngdan) ko‘ri- nishida esa balandligi va eni o‘lchamlariga mosh ravishda olinadi.

So‘ngra ko‘rinishlarning simmetriya o‘qlari o‘tkazilib, detaining barcha tashqi konturlari, uning elementlarining o‘qlari va ichki kon- turlari proyeksion bog‘lanishda tasvirlanadi.

  1. bosqich. Chizmani o‘qishni (tasvirdagi detalni tasavvur qilish- ni) osonlashtirish va shtrix chiziqlarni kamaytirish maqsadida zarur bo‘lgan qirqim va kesimlar bajariladi. Bunda detalning kesuvchi tekislikda yotuvchi yuzalari shtrixlanadi. Ko‘rinishlarda mazkur detalni yasash uchun zarur bo‘lgan barcha o‘lchamlarning chiqarish va o‘lcham chiziqlari o‘tkaziladi. O‘lcham chiziqlari iloji boricha tasvir konturidan tashqarida joylashtirilishi lozim. O‘lcham chiziqlari gruppalarga bo‘linib, avval detal elementlarining va ularni bog‘lov- chi oraliq o‘lchamlarning o‘lcham chiziqlari qo‘yiladi. O‘lcham chiziqlariga strelkalar, detal sirtlarini ifodalovchi shartli belgilar (di- ametr, kvadrat, radius va hokazolar) va yuzalarning g‘adir-budurlik belgilari qo‘yiladi.

  2. bosqich. O‘lcham asboblari yordamida detalning barcha o‘lchamlari o‘lchanib, ularning son qiymatlarini o‘zgartirmay es- kizga qo‘yib chiqiladi. Zarur bo‘lgan yozuvlar, texnik talablar va burchak shtamplarining grafalari yoziladi.

  3. bosqich. Eskiz taxt qilinadi, ya’ni mas’ul shaxslar tomonidan eskiz tekshirilib, uning to‘g‘ri tuzilganligini tasdiqlovchi imzolar qo‘yilgandan so‘ng O‘zDST 2.108:98 ga muvofiq chizmadagi bar­cha chiziqlar va harfli hamda raqamli yozuvlar yumshoq qalam bilan yurgizib chiqiladi. Shuni unutmaslik kerakki, eskiz tuzishning har bir bosqichida ortiqcha chiziqlar o‘chirilib boriladi. 1-shaklda teshish uchun ishlatiladigan shtamp plitasining eskizini tuzish tartibi yuqori- da bayon etilgan bosqichlarda ko‘rsatiladi.

Detallarning ish chizmalarini chizish
Barcha sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan har bir detal uchun alohida ish chizmalari O‘zDST 2.108:98 da belgilangan qoi- dalarga muvofiq tuziladi. Detallarning ish chizmalari ularning asli- ga qarab tuzilgan eskiziga yoki yig‘ish birligidagi tasviriga muvofiq ishlanadi. Odatda, buyum tarkibiga kiruvchi barcha detallar uchunish chizmalari bajariladi. Bunday chizmalarga muvofiq har bir de- tal ishlab chiqariladi, yig‘ish yo‘li bilan ulardan uzel, mexanizm va mashinalar, ya’ni buyumlar tayyorlanadi.
Barcha sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan har bir detal alo- hida ish Detallarning ish chizmalari O‘zDST larida belgilangan bar- cha qoidalar, shartli belgilar va ko‘rsatmalarga muvofiq bajariladi. Ish chizmalari eskizdan farq qilib, ular chizma asboblari yordamida, belgilangan ma’lum mashtablarda kattalashtirib, haqiqiy o‘lchamda yoki kichiklashtirilib chizilgan bo‘lib, ularda detallarni yasash, kon- trol qilish, yig‘ish va ishlatish uchun zarur bo‘lgan barcha o‘lchamlar, chekli chetga chiqishlar, yuzalarning g‘adir-budurligi, texnik talablar, izohlar va ko‘rsatmalar berilgan bo‘ladi.

  1. bosqich

l.Serrimetriya oqlari chiziladi
2.Sirtki konturi chiziladi

  1. Teshiklarning markaz chiziqlari chiziladi

  2. Detal elementlari chiziladi

  1. bosqich

Qirqim ingichka chiziqlar bilan chiziladi

  1. bosqich

G‘adir-budurlik belgilar i qoyiladi va
o‘lcham
hamda chiqarish chiziqlari chiziladi

  1. bosqich

  1. Detallar elementlari o‘lchanadi va olcham sonlari yozib qoyiladi

  2. Cizma chiziqlari ustidan yurgizib chiqiladi.


Yüklə 185,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə