Yig‘ish chizmalari. Spetsifikatsiya. O‘zdst 108: 98. Vaziyat raqamlarini qo‘yish. Yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qish



Yüklə 185,48 Kb.
səhifə7/7
tarix25.12.2023
ölçüsü185,48 Kb.
#161490
1   2   3   4   5   6   7
7.2.ss.-Yig (1)

5.81-shakl
Zarur bo‘lgan hollarda yoyilma tasvirida bukish chiziqlari ingich- ka tutash chiziq bilan chiziladi va chiqarish chizig‘ining tokchasiga «Bukish chizig‘i» so‘zi yozib qo‘yiladi. Chizmaning yaqqolligini buzmasdan detal ko‘rinishida uning yoyilmasini joylashtirishga rux- sat etiladi. Bunday holarda yoyilma ikki nuqtali ingichka shtrix-punk- tir chiziq bilan tasvirlanadi va «Yoyilma» so‘zi yozib ko‘rsatilmaydi. Deformatsiyalanovchi elementlari bor detallarning ish chizmalarida ularning erkin vaziyati asosiy tutash chiziq bilan, ushbu elementning boshlang‘ich vaziyatidan o‘zgargan holati esa ingichka shtrix-punk- tir chiziq bilan tasvirlanadi va bunday holatni aniqlovchi o‘lchamlar qo‘yiladi (5.80-shakl). Detallar tolasi ma’lum yo‘nalishdagi (yog‘och, qog‘oz metall lentasi, prokat va boshqa) materiallardan ishlagan bo‘lsa, zarur hollarda ish chizmalarida tolaning yo‘nalishi ikki yoqli strelka bilan ko‘rsatiladi va tegishli izoh beriladi (5.82-shakl).


5.82-shakl
Shuningdek qatlamli (tekstolit, fibra va shunga o‘xshash) ma- teriallardan detallarning chizmalarida bunday qatlamlarning joy- lashishi texnik talabalarga ko‘rsatiladi (5.83-shakl). O‘ng va teskari tomonli (charm, texnik matolar, klyonka va boshqa) materiallardan tayyorlangan detallarning chizmalarida, zarur hollarda, (5.81-shakl- da) ko‘rsatilgandek chiqarish chizig‘ining tokchasiga «O‘ng tomoni» so‘zi yozib qo‘yiladi. Eskizlarni bajarish boqichlariga bog‘liq quyida (5.81-shakl, a) ko‘rinishda detalning yaqqol tasviri, (5.81-shakl, b) ko‘rinishda detalning ish chizmasi va nihoyat (5.81-shakl, d) ko‘rin- ishda esa detalning tayyor qilingan holdagi eskizi chizmasi berilgan.
Bu detaining frontal proyeksiyasida detalni ko‘rinmay qolgan qismini ko‘rsatish uchun unga qirqim berilgan, ushbu tasvirni (5.81-shakl, d) ko‘rinishda ko‘rishingiz mumkin. Shu asnoda boshqa detallarning ya- qqol tasviriga qarab ularning ham eskizini bajarish mumkin, quyida, ya’ni (5.82 5.83-shakllarda) boshqa detallarni ham bajarilishiga oid ish chizmalari ma’lumot sifatida berilgan.


5.83-shakl
Nazorat savollari

  1. Eskizlar deganda qanday chizmalar tushuniladi?

  2. Ish chizmasi deganda qanday chizmalar tushuniladi?

  3. Eskiz va ish chizmalari nima maqsadda chiziladi?

  4. Eskizga qanday talablar qo‘yiladi?

  5. Ish chizmalariga qanday talablar qo‘yiladi?


Yüklə 185,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə