Yig‘ish chizmalari. Spetsifikatsiya. O‘zdst 108: 98. Vaziyat raqamlarini qo‘yish. Yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qish



Yüklə 185,48 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü185,48 Kb.
#161490
1   2   3   4   5   6   7
7.2.ss.-Yig (1)

5.80-shakl
Detallarning ish chizmalari yuqorida bayon etilgan eskiz tuzish tartibi kabi besh bosqichda bajarilsa, ma’lum izchillikka - sifat va samaradorlikka erishiladi. Agar detalning ish chizmasi uning mav- jud eskiziga muvofiq bajarilsa, eskizni mashtabga rioya qilmay chizilganligini nazarda tutish lozim. Ishlab chiqarishda har bir detal rus alfaviti harflaridan va arab raqamlaridan iborat buyum indeksi va olti xonali sonlar bilan belgilanadi.
Masalan, paxta tolalarini chigitdan ajratish mashinasi apparatlari- ni kesuvchi shtampning staninasiga ШП06.01.0001 belgi qo‘yilgan bo‘lsin. Bunda ШП06 - shtampning indeks belgisi, 01 - shatamp tarkibiga kiruvchi yig‘ish birligining belgisi, 0001 esa 01 - yig‘ish birligidagi birinchi detal - staninaning belgisidir. Chizmachilik kur- si uning har bir qismiga tegishli bo‘lgan vazifalarni bajarish yo‘li bilan o‘zlashtiriladi. Bunday vazifalar bajariladigan listlarga ma- shinasozlik chizmachiligi qismlariga muvofiq quyidagicha indekslar qo‘yish mumkin: GCH - geometrik chizmachilik: PCH - proyeksion chizmachilik; MCH - mashinasozlik chizmachiligi; YCH - yig‘ish chizmalari. Tokarlik stanogida ishlov berib yasaladigan detallarning ish chizmalariga misol keltirilgan. Har ikkala detalning chap yon sirti - toresi konstruktiv texnologik baza bo‘lganligi uchun barcha uzunlik o‘lchamlari shu toresdan boshlab qo‘yilgan. 1-chizmadagi olti yonli prizma sirtiga qo‘yilgan belgi bu sirtning ushbu chizma- ga muvofiq ishlanmasligini ko‘rsatadi, ya’ni maskur detal prokat- lash yo‘li bilan olingan zagatovkadan tayyorlanadi. 5.80-shakldagi belgi o‘ng tomondagi tashqi va chap tomindagi ichki rezba o‘yi- ladigan silindrik sirtlarning diametri 34 mm bo‘lgan teshik sirtidan radial tebranish 0,2 mm ekanligini ko‘rsatadi. Shakllarning yuqori o‘ng burchagida joylashgan va belgilar hech qanday g‘adir-budur- lik belgilari qo‘yilmagan sirtlarning g‘adir-budurlik balandliklari 5.80-chizmada 40 mkm ga, ya’ni 4-tozalik klassikka, 549 esa 80 mkm ga, ya’ni 3-tozalik klassikka teng ekanligini ko‘rsatadi. Tuzi- lishi sodda bo‘lgan detallar- ning ish chizmalarini faqat bitta ko‘ri- nishda tasvirlash mumkin. Bunday hollarda detalning qalinligi yoki uzunligi (5.80-shaklda) ko‘rsatilgandek yozib qo‘yiladi. Sortli po‘lat prokatlardan to‘g‘ri burchak ostida va aylana bo‘ylab (list ko‘ri- nishidagi materiallar uchun) qirqib tayyorlanadigan va keyinchalik ishlov berilmaydigan detallarning ish chizmalari tuzilmaydi. Shu- ningdek, sotib olinib, qo‘shimcha ishlov berilmaydigan va konstruk- siyasi murakkab bo‘lmagan yog‘och detallarga ham ish chizmalari tuzilmaydi. Bukish va egish usuli bilan ishlanadigan detallarning ish chizmalari ularning tuzilishi va o‘lchamlari haqida aniq tasav- vur bera olmasa, bunday detallarning to‘la yoki qisman yoyilmasi chiziladi. Yoyilmalar asosiy tutash chiziq yo‘g‘onligida bajarilib, ularda ish chizmalarida ko‘rsatishning iloji bo‘lmagan o‘lchamlar qo‘yiladi (5.80-shakl).


Yüklə 185,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə