Yig‘ish chizmalari. Spetsifikatsiya. O‘zdst 108: 98. Vaziyat raqamlarini qo‘yish. Yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qish



Yüklə 185,48 Kb.
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü185,48 Kb.
#161490
1   2   3   4   5   6   7
7.2.ss.-Yig (1)

1. Yig‘ish chizmalarini tuzish. Yig‘ish chizmalari, odatda, yangi buyumlarni loyihalashda va mavjud buyumlarning o‘ziga qarab tu- ziladi. Buyumning o‘ziga qarab uning yig‘ish chizmalarini quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi:

  • Buyum diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi, uning vazifasi, ishlash prinsipi va konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi.

  • Buyum yig‘ish birliklari va detallarga ajratiladi. Buyum tarkibiga kiruvchi barcha detallarning shakllari, elementlari, ularning bir-biri bilan o‘zaro birikish usullari aniqlanadi.

  • Buyum tarkibiga kiruvchi yig‘ish birliklari va barcha detallar- ning spetsifikatsiyasi tuziladi.

  • Buyum tarkibiga kiruvchi har bir (standart detallardan tashqari) detalning eskizi tuziladi.

  • Buyumning asosiy va qo‘shimcha tasvirlari soni, ko‘rinishlari, qirqimlari va kesimlari belgilanadi.

  • Buyumning murakkabligi va katta-kichikligiga qarab yig‘ish chizmasining masshtabi tanlanadi.

O‘zDST 2.108:98 ga muvofiq listning formati tanlanadi. Listning ramka chiziqlari ingichka qilib chiziladi. Asosiy yozuvga joy qoldi- riladi.
Chizma varag‘i rejalashtiriladi; har bir tasvirga simmetriya o‘qlari o‘tkaziladi. Har bir ko‘rinishda, qirqim va kesim, shuningdek, qo‘shimcha ko‘rinishlarning joylashuvi aniqlanadi.
Asosiy (buyumning korpusi va shu kabi) detalning bir vaqtda hamma tasvirlari, so‘ngra maydaroq detallarning barcha tasvirlari kontiri ingichka chiziq bilan chiziladi.
Chizmaning barcha qirqim va kesimlari bajariladi hamda shtrix- lanadi.

  1. Chizmaning o‘lchamlari va zarur hollarda detallarni o‘tkazish usullari qo‘yiladi.

  2. Chizmaning kontur chiziqlari O‘zDST 2.108:98 ga muvofiq yo‘g‘onlashtiriladi, avval o‘q, markaz va o‘lcham chiziqlari, ayla- na va egri chiziqlar, so‘ngra asosiy tutash to‘g‘ri chiziqlar yo‘g‘on- lashtiriladi.

  3. Detallarning pozitsiya raqamlari qo‘yiladi.

  4. Chizmaning asosiy yozuvi va spetsifikasiyasi to‘ldiriladi. Zarur hollarda texnik shartlar yozib qo‘yiladi. Yig‘ish chizmasidagi har bir detal o‘zining barcha tasvirlaridagi qirqim va kesimlarida bir tomon- ga qaratib shtrixlanishi kerak. Buyumning harakatlanuvchi qismlari- ning eng chetki vaziyatlari (klapan, dasta, shpindel, porshen va shun- ga o‘xshash) yig‘ish chizmalarida ingichka shtrix-punktir chiziqlar bilan chizib ko‘rsatilishi kerak. Buyumning o‘ziga qarab yig‘ish chizmasini tuzishni “Ajratkich” misolida ko‘rish mumkin. Ajratkich asosan traversa, bolt, vint, dasta, halqa va pyatadan tashkil topgan (5.77-shakl). 5.79-shaklda ajratkich tarkibiga kiruvchi detallar­ning eskizlari berilgan. 5.77-shaklda ajratkichning yig‘ish chizmasi, 5.78-shaklda esa semnik tarkibiga kiruvchi detallarning spetsifikat- siyasi berilgan.


Formati

Zonasi

Paz

Belgisi

Nomi

Srni

Eslatma
























































Yüklə 185,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə