4- mavzu. Antigenlar va ularning xususiyatlari. Reja



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə1/3
tarix19.09.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#122400
  1   2   3
4-mavzu


4- Mavzu.Antigenlar va ularning xususiyatlari.
Reja:
1.Antigenlar tasnifi.
2.Antigenlarning o’ziga xos jihatlari.
3.Antigen HLA.


1. Antigenlar va ularning xossalari.
Antigenlar immun javobini chaqirishga qodir bo’lgan begona (yod) moddalar yoki
strukturalardan iborat bo’ladi.
Antigenlarni immun javobi induktorlari siftida jiddiy o’rganish 20-30-
yillardagi Landshteynerning olib borgan ishlaridan so’ng boshlanib ketdi.
Nazariy jihatdan har qanday molekula organizmga tushgan holda uni begonadek
qabul qiladigan hamda unga immun javobini beradigan organizmga nisbatan antigen sifatida qabul qilinishi mumkin (har qanday molekula). Mazkur ta’riflarda antigenning asosiy ikki xarakteristikasi: immunogenlik va antigenga hoslik yashiringandir.
Immunogenlik – bu antigenning immun javobini chaqirish (keltirib chiqarish) xususiyatidir. Immunogenlik darajasi bir qator omillarga: begonalik (yodlik, o’zgalik) molekulyar og’irlik, kimyoviy tarkib, hayvon turi hamda uning genetik konstitusiyasi, antigenni kiritish usuli, katabolik yemirilishga sezuvchanlik, ad’vantlar ta’siriga bog’liq bo’ladi.Antigenning o’ziga xosligi – bu antigenning saylama (saralama) holatda immunizasiya (emlash) natijasida hosil bo’lgan antitelalar yoki sensibilizasiyalangan limfositlarga javob qaytarish xususiyatidir. Antigenning o’ziga xosligiga determinantlar (yoki epitoplar) deb nomlangan uning molekulasining ma’lum bir qismlari javobgardir. Antigenning o’ziga xosligi qator determinantlar jamlanmasi (to’plami) bilan aniqlanadi.
Determinant – o’ziga xos antideterminant (antitelalarning faol markazlari) ishlab chiqarilgan antigenning molekula sohasi. O’ziga xoslik antigenn determinant
Qanchalik aniq tarzda antigenga – bog’lovchi markazga (antideterminantga) moslashtirilgan bo’lsa o’ziga xoslik shuncha yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Antigenning antitela bilan ta’sirining o’ziga xosligi determinantning makon (fazoviy) konfigurasiyasiga bog’liq bo’ladi. Quyidagi konfigurasiyalar farqlanadi:
oqsilning ixtiyoriy o’ralgan (ixchamlashgan) molekulasida muayyan amnokislota ketma-ketligida namoyon bo’luvchi S sekvensial (inglizcha seguence – ketma-ketlik);
molekulalar yuzasida joylashgan oqsillarning muayyan (ma’lum bir) sohasidagi (qismidagi) S konformasion.

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə