Ma’ruza №3. Termokimyo. Gess qonuni Reja



Yüklə 21,99 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü21,99 Kb.
#159212
  1   2   3   4
Ma’ruza №3. Termokimyo. Gess qonuni Reja-fayllar.org


Ma’ruza №3. Termokimyo. Gess qonuni Reja

  • 25.04.23


  • Ma’ruza №3. Termokimyo. Gess qonuni

  • Reja:

  • 1. Gess qonuni va undan kelib chiqadigan xulosalar.

  • 2. Issiqlik sig’imi, turlari, temperaturaga bog’liqligi.

  • 3. Kirxgof qonuni.

  • Tayanch so’z va iboralar izohi.

  • Sistema - tashqi muhitdan real yoki xayolan ajratilgan va bir – biri bilan doimiy ta’sirda bo’lib turgan moddalar (jismlar) yoki moddalar guruhidir.

  • Ekstensiv xossalar- sistemaning massasiga bog’liq bo’lgan xossalar (sistema xajmi, massasi va boshqalar) kiradi.

  • Sistemaning kamida bir termodinamik parametrning o’zgarishiga termodinamik jarayon deyiladi.

  • Hosil bo’lish issiqligi - deb 1 mol birikmaning oddiy moddalarda hosil bo’lishda chiqadigan yoki yutiladigan issiqlikka aytiladi.

  • Issiqlik sig’imi deb, 1 massa birligida moddani 1K ga isitish uchun ketgan issiqlik miqdoriga aytiladi.

  • 25.04.23


  • Cheksiz kichik o’zgarishlar uchun

  • Qv = dU , Qp = dH

  • Ushbu ikki tenglamalardan foydalanib termokimyoning asosiy qonuni-Gess qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:

  • Kimyoviy reakstiyalarning turg’un xajm va turg’un bosimdagi issiqlik effekti sistemaning boshlang’ich va oxirgi xolatiga bog’lib bo’lib, jarayonning borish yo’liga, (qanday oraliq bosqichlar orqali borganligiga) bog’lik emas.

  • Misol tariqasida uglerod yonib СO2 ni xosil qilishini ko’raylik. Grafit va olmos yonib, bir xil modda СO2 xosil qiladi.

  • С(grafit) С(olmos) + Н2

  • Bu issiqlik effektini bevosita o’lchash mumkin emas. Gess qonunidan foydalanib, grafitning olmosga o’tish issiqligini xisoblash mumkin:

  • H2 = H1 – H3 = - 93,997 – (-94,450) = 0,453 kkal/mol.

  • Bu erda: -93,997 grafitning yonish issiqligi –94,450 olmosning yonishi issiqligi.

  • Demak grafitning olmosga o’tishi, issiqlik yutilishi bilan boradigan jarayondir. Gess qonunidan foydalanib, issiqlik effekti noma’lum bo’lgan yoki o’lchash qiyin bo’lgan jarayonlarning issiqlik effektini xisoblab topish mumkin.

  • 25.04.23


  • Termokimyoda moddalarning xosil bo’lish yoki yonish issiqliklaridan foydalanib kimyoviy reakstiyalarning issiqlik effektlarini aniqlash katta amaliy axamiyatga ega.

  • Xosil bo’lish issiqligi deb 1 mol birikmani oddiy moddalardan xosil bo’lishidagi issiqlik effektiga aytiladi. Bu qiymatlar ma’lumotnomalarda (spravochniklarda) berilgan.


  • Yüklə 21,99 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə