4- mavzu. Antigenlar va ularning xususiyatlari. Reja


Antigenlar klassifikasiyasi (tasnifi)



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə2/3
tarix19.09.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#122400
1   2   3
4-mavzu

2.Antigenlar klassifikasiyasi (tasnifi)
Antigenlarni tasniflashda nafaqat kimyoviy tarkibi va uning kelib chiqishi, balki
transplantasion immunologiya bilan o’rnatiladigan donor hamda resipiyent o’rtasidagi antigenlar orasidagi genetik ta’sirlar ham inobatga olinadi.

To’laqonli antigen ikki qismdan iborat bo’ladi, bular:


 Antigen molekulalaring 97-99% tarqatuvchisi (barqarorlashtiruvchi qism); bu,
odatda, markomolekulalar, inert korpuskulyar zarrachalar;
 Determinat guruh (epitop) – oligosaxaridlar yoki oligopeptidlar, odatga ko’ra
molekulalar yuzasida joylashgan bo’ladi (epi-); bir tarqatuvchida bir qancha
epitoplar bo’lishi mumkin, shu sababli epitop zichlik tushunchasi kiritiladi; determinant guruh antigenning o’ziga xosligini (noyobligini) aniqlab beradi.
Antigenlar xossalari:
 Immun javobini chaqirishga qodir;
 Turli xil molekulalar hamda xo’jayralar (eritrositlar va boshqalar) bilan ta’sirlashishiga qodir.
Agar har ikkala ko’rsatib o’tilgan xossalar amalga oshga bo’lsa, bunday antigen to’laqonli deb, agar faqat ikkinchi xossa amalga oshgan bo’lsa, bunday antigenni to’laqonli bo’lmagan yoki gapten deb ataydilar.
Gaptin alohida tashuvchilar – ad’yuvantlarda qayd etilishi mumkin.
Ad’yuvantlar ta’siri mexanizmi:
 Santigenlar deposini hosil qiladi;
Molekulalarni mustahkamlaydi;
 Limfoid to’qimalarni faollashtiradi.
Antigenlar tasnifi (klassifikasiyasi):
1. Begonaligi jihatidan
a. ksenoantigenlar (getero-) – mazkur tur zotiga tegishli emas;
b. alloantigenlar (gomo-) – mazkur tur zotiga tegishli;
c. autoantigenlar – masalan, “qaloqon orti” xo’jayralari – spermatozoidlar,
miya xo’jayralari kabi o’ziga xos (o’ziga tegishli bo’lgan) antigenlar;
d. immun faolligiga ega bo’lgan o’ziga xos (o’ziga tegishli) xo’jayralar;
2. immun javobini chaqirish xususiyatiga ko’ra
a. immunogenlar;
b. allergenlar;
c. tolerogenlar;
d. transplantasion antigenlar;
3. boshsimon bez (timus) bog’lanishga ko’ra
a. T- ga bog’liq;
b. T- ga bog’liq bo’lmagan.
4. Mikroorganizmda joylashuviga ko’ra
a. O - antigenlar – xo’jayra devorlarining lipopolisaxaridlari (LPS),
issiqlikka bardoshli, yuqori darajadagi faol turli xil organizmlarda turli tuman va hattoki bir turdagi mikroorganizmlarda ham;
b. N - antigen – issiqlikka chidamsiz, qivchinli oqsil anchayin faol va turli tuman;
c. K - antigenlar – kapsulali glikoproteinlar, immunogenlik kimyoviy xossasiga bog’liq;
d. fimbrial antigenlar;
e. protoplazmatik antigenlar;
f. ekzoallergenlar;
5. tashuvchi – mikroorganizm uchun o’ziga xosligi bo’yicha
a. shakliy (shakl, turga oid) – turning barcha zotlarida;
b. turga oid – variantli, varlarda;
c. guruhli – turli xil tur va zotlar (shakl) mikroorganizmlari uchun umumiy;

d. bosqichli (davriy) – rivojlanishning ma’lum bir bosqichlarida paydo bo’ladi;


e. tamg’aga xos (shtamga xos).
3. HLA antigenlari.
Gistomutanosiblikning asosiy kompleksi to’qimalrni tur ichida ko’chirib o’tkazish muammoalarini (masalalarini) ishlab chiqish sababli ochilgan edi (kashf qilingan edi). Kompleks insonlarda 6-chi, sichqonlarda esa – 17-chi xromosomada joylashgan bo’lib, 50 tacha gen yoki 4x106 asoslar juftini o’z ichiga oluvchi DNKning kattagina qismini egallaydi. Kompleksning asosiy o’ziga xosligi uning bir talay polgennligi – noallel genlarning bir talay bo’lishi sanalib, ularning oqsil moddalari struktura jihatda bir biriga o’xshash bo’ladi va bir xil funksiyani bajaradi, shuningdek polimorfizm – bir turdagi genning ko’plab allellari (genlari) mavjud bo’lishi sanaladi. Kompleksning barcha genlari kodominant tip (tur) bo’yicha nasldan naslga o’tadi.
Insonlarda ham, sichqonlarda ham gistomutanosiblikning (o’xshashlikning) asosiy kompleksi genlarning uch turini o’z ichiga oladi:

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə