Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



Yüklə 60,51 Kb.
səhifə1/4
tarix07.10.2023
ölçüsü60,51 Kb.
#126258
  1   2   3   4
17mavzu

URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



__ kurs ____-guruh talabasi

__________________________________________________ning

“Psixologiya nazariyasi va tarixi ” fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Hissiy holatlarning fiziologik asoslari


Topshirdi: _______________________
Qabul qildi: _______________________


Reja:

1 Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.


2 Emotsiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon-Bard, S.Shaxtyor, D.Zinger).


Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo‘yicha).

3Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish.


4 Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.


5 Xulosa


6 Foydalanilgan internet saytlari



Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.

Yüklə 60,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə