Mavzu Adaptatsiyaning fiziologik asoslari. Reja: Odam tanasi odatda morfologik,biokimiyoviy va fiziologik rezervlar



Yüklə 25,88 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü25,88 Kb.
#138993
Adaptatsiyaning fiziologik asoslari




Mavzu Adaptatsiyaning fiziologik asoslari.

REJA:


1 . Odam tanasi odatda morfologik,biokimiyoviy va fiziologik rezervlar
2. Adaptatsiyaning fiziologik asoslari
3. Fiziologik rezvrlar hajmi

Odam tanasi odatda morfologik,biokimiyoviy va fiziologik rezervlarga ega bo`ladi. Morfologik rezerv deganda a’zolarni tashkil qilgan to`qimalarning tuzilishi. Biokimyoviy rezerv deganda ko`pincha organizmda mavjud fazilatlar faolligi, moddalar va energiya almashinuvining kuchi tushiniladi.Fiziologik rezerv esa organizm a’zo va tizimlarining zamiridagi mavjud funktsianal imkoniyatlaridir. Bu rezervlar qanchalik katta bo`lsa, organizm yangi muxit sharoitiga shunchalik yaxshi moslashadi, ya’ni adaptatsiyalanadi . Adaptatsiya- muhitning o`zgaruvchan sharoitlariga organizmning moslashishi jarayonidir: adaptatsiya xalqaro termin bo`lib, organizimning, tabiat, ishlab chikarish va ijtimoiy sharoitlarga moslashuvini bildiradi. Adaptatsiya xujayra, organ, sistema va organizmdagi tug`ma hamda orttirilgan moslashish faoliyatining hamma turlarini o`z ichiga oladi. Adaptatsiya adekvat to`lmagan muxit sharoitlarida gemostaz turg`unligini saqlaydi, ish qobiliyatini, hayotning maksimal muddatining va ishlab chiqarishni taminlayddi.

Lekin hamma kishilar ham muhitning ayni sharoitlariga bir hilda va to`lik adaptstatsiy qilolmaydi, bunda kishining yoshi,jinsi, nerv sistemasining tipi, salomatligi darajasi, jismoniy chiqqanligi ahamiyatga ega bo`ladi. Adaptatsi quyidagi 2-turga bo`linadi:

1.Tezlik bilan Yuzaga keladigan (takomillashmagan)



2.Uzoq muddatli (takomillashgan) adaptatsiya.
Tezlik bilan Yuzaga keladigan adaptatsiya rektsiyasi ta`sir boshlangan zahoti hosil bo`lib, oldin shakillangan tayyor fizilogik mexanizm orqali amalga oshadi.
Bu davrning muhim tomoni shundan iboratki, organizmning faoliyati fiziologik imkoniyat chegarasida utadi va tulik darajada kerakli adaptatsiya samarasini ta`minlaydi. Tezlik bilan Yuzaga keladigan adaptatsiyaga
Gayrioddiy ta`sir tufayli ularga javoban Yuzaga keladigan, reaktsiyalar kiradi. Masalan: ogrikli ta`sir berilganda undan ximoyalinish, kuchli sovuk ta`sirida organizimda issiqlik ushlanishining ortishi va Yukotilishining kaytishi, tashqi muxitning Yuqori xaroratiga javoban issiklik yo`qotilishining kuchayishi,kon aylanish va nafas sistemalari funktsiyalarining ortishi, organizmda kon okishining qayta taqsimlanishi, kislorod etishmagan sharoitlarda kislorod tashuvchi sistemalar, qon aylanish, nafas sistemalari ishi va to`qimalarining kislorod o`zlashtirishining uzgarishi kabi boshka reaktsiyalarni ko`rsatish mumkin. Funktsional sistemalar ishining bunday o`zgarishlari natijasida organizm Yuzaga kelgan noadekvat omillar ta`siriga moslashadi, ya’ni tiriklik jarayonlarining izdan chikishining oldini oladi. Adaptatsiya etarli darajada ta`minlanmagan xolatlarda fiziologik jarayonlarning tuzilishi, organizm salomatligining zayiflashishi Yuzaga kelishi mumkin. Uzok muddatli adaptatsiya organizmga muxit omillarining uzoq vaqt davomida yoki ko`p qayta ta`sir etishda asta-sekin shakllanadi. U tezlik bilan Yuzaga keladigan adaptatsiyaning ko`p qayta amalga oshishi asosida rivojlanadi va organizimdagi kandaydir uzgarishning asta-sekin miqdorda to`planishi natijasida yangi sifatli adaptatsiyaga, aylanadi, ya’ni adaptatsiyaning bu turi oldindan shakllangan tayyor mexanizmlarga ega bulmaydi. Odamdagi adaptatsiyani urganish yashash sharoitiga moslashishning samarali choralarini aniklashga Yul ochadi. Salomatlik va kasallikning oldini olish organizmning turli funktsiyalari va qobiliyatining rivojlanish mexanizmini tushunishga yordam beradi. Xavo, fazo, suv osti bushliklarini uzlashtirilishi, shuningdek axolining yangi jugrofiy-iklimi tumanlarga kuchishi bilan adaptatsiya muommosi borgan sari ko`prok axamiyat kasb etmoqda. Adekvat bo`lmagan har xil sharoitlarda tezlik bilan Yuzaga keladigan va uzoq muddatli adaptatsiya organizm xayot faoliyati qayta qurilishidagi ijtimoiy- siyosiy, biologik va ruxiy fiziologik omillar yotadi. Spetsifik jarayonlar normal xayot faoliyatining gemostatik yo`l bilan boshqarilishini ta`minlaydi. Adaptatsiyaning nospetsivik jarayonlari gemostatik reaktsiyalarning energiya va qurilish moddalari xamda organizmning ximoya qobiliyatining safarbar etilishi bilan o`zaro aloq­ani ta`minlaydi. Yashash muxitining o`zgarishlariga organizmning tezlik bilan moslashishida 1936 yili Kanada fiziologi G. Sel’e tamonidan ochilgan va umumiy adaptatsiya sindromi nomini olgan nospetsifik moslashish mexanizimi katta axamiyatga ega.Shu yili G.Se’le stressga, ya’ni ancha katta kuchdagi yoqimsiz omillarga javoban Yuzaga chikargan edi. Stressni xosil qiladigan omillarga sovuq, issiq, jaroxat, infektsiya, shiddatli muskul ishi va boshqalar kiradi. Shuningdek, salbiy va ijobiy ruxiy kuchlanishlarini xosil qiladigan omillar kirishi mumkin. Keltirilgan, turli omillar xammasi bir xildagi nospetsifik ximoya reaktsiyasini Yuzaga keltiradi, ya’ni moslashishning nospetsifik ximoya reaktsiyasini ishga tushiradi. Bu mexanizm gemoastatik boshqarilish, organizmning himoya kuchlarining safarbar etishi va ayni vaziyatda hayot faoliyatini ta`minlash bilan bevosita bog`liq bo`lmagan funktsiyalarning to`xtalishini ta`minlaydi. Masalan: kuchli charchashda ovqat hazm qilish funktsiyasi susayadi. Yuqori haroratda ham shunday bo`ladi. Nospetsifik himoya reaktsiyasida uYushtirilish buyrak usti bezlarining po`stloq qavati gormonlari – kortikosteroidlar va Axiyaning pastki ortig`i – gipofizning AKTG lari asosiy ahamiyatga ega bo`lib, moslashish reaktsiyasi gipotalamus orqali boshqariladi. Gipotalamus orqali boshqarilganda bosh miya yarimsharlar po`stlog`ining ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bosh miya po`stlog`i stressor ta`siriga bo`lgan javob reaktsiyasi kuchining, himoya mehanizmilarining safarbar etishini va uning Yuzaga chiqish darajasini ma`lum darajada belgilaydi. Bir hil stressorga turli odamlar har xil javob beradi. O`zini boshqara oladigan asab sistemasi bardoshli odamlarda ruhiy yoki jismoniy stressni sovuqqonlik bilan qabul qiladi, unchalik xotirjam bo`lmagan kishi qattiq bezovtalanadi. emotsiya holatida nospetsefik himoya reaktsiyasi ancha ijobiy bo`ladi. Umumiy adaptatsiya sindromi 3 bosqichga ega. Ulardan 1-xavf – xatar bosqichi. Bu bosqich ikkita pog`onaga bo`linadi:

Shok Shokka qarshi.


Shok pog`onasi bevosita ta`sirdan keyin vujudga kelib, qisqa muddatli bo`ladi. Bu pog`onada markaziy asab sistemasi faoliyati susayadi, muskul tonusi va arterial qon bosimi pasayadi, oqsillar parchalanishi kuchayadi, tana harorati, qonda glYukoza miqdori, cl – ioni, leykotsitlar soni kamayadi va  miqdori ortadi, kapilyarlar va xujayralar membranasini o`tkazuvchanligi buziladi, ichki muhit reaktsiyasi kislotali tomonga so`riladi, shuningdek qonga gipofizning AKTG si ko`p miqdorda tushadi. Shok pog`onasi shokka qarshi pog`onasi bilan almashadi. Bu pog`onada organizmning ximoya kuchlari safarbar etilib Yuqorida ko`rsatilgan o`zgarishlar hammasi aksincha sodir bo`ladi: MNSning qo`zg`alishi, tana harorati, arterial qon bosimi, qonda glYukoza miqdori, Cl, leykotsitlar sonini ortishi Yuzaga keladi, himoyaning immun vositalari ishga tushiriladi. Bu jarayonni sodir bo`lishida AKTG ta`siriga qonda glYukokortikoidlar ko`payishi asosiy sabab bo`ladi. Agar stressor ta`sirlovchi kuch juda katta bo`lsa shok pog`onasida yoki shokka qarshi pog`ona boshlanishida o`lim Yuzaga kelishi mumkin. Agar stressor kuchi uncha Yuqori bo`lmasa, shok pog`onasi o`rniga birdaniga shokka qarshi pog`ona Yuzaga keladi: organizmning himoya kuchlari safarbar etiladi. Shundan keyin chidamlilik bosqichi Yuzaga keladi, uning muddati ta`sirlovchining davom etishiga va kuchiga bog`liq bo`ladi. Chidamlilik bosqichi nospetsefik sistemalar reaktsiyalarining qo`shilish natijasida bo`lib, stressorning uzoq vaqt ta`sir etishi oqibatida Yuzaga keladi. Stressorga organizm qarshiligining ortishi mazkur bosqich uchun hos bo`ladi. Bunda organizmning boshqa stressorlarga qarshiligi ham ortishi mumkin. Lekin u ko`pincha pasayadi. Bu bosqichda xavflanish bosqichiga xos bo`lgan marfologik va bioximik o`zgarishlar yo`qoladi. Odamning odatdagi nisbatan alohida sharoitlarda juda katta hajmdagi ishlarni bajarishi, juda kuchli jismoniy kuchlanishni amalga oshira olishi, shuningdek jismonan chiniqqan kishining jismonan chiniqmagan kishiga nisbatan ko`proq ish bajarishi hammaga ma`lum. Bunga sabab odam organizmi yashirin imkoniyatlarga ega bo`lib, ularni alohida sharoitlarda qo`llanishi mumkin, shu bilan birga jismoniy chiniqqan kishi jismonan chiniqmagan kishiga nisbatan ko`p rezvrlarga ega. Adaptatsiyaning biologik rezvrlari hujayra, to`qima, organ, sistema va yaxlit organizm rezervlariga bo`linishi mumkin. Hujayra rezervlari ish bajaradigan strukturalar soni bilan bog`liq bo`lib, organning kuchlanishida ular soni talab etilgan darajada ortadi. Yuqoriroq darajada tuzilgan organizmning turli organ va sistemalarning funktsional rezervlari bajariladigan ish hajmining birligi uchun sarflanadigan quvvatning kamayishida, ish shiddati va samarasining ortishida namoyon bo`ladi. Yaxlit organizmning rezvrlari har xil murakkablikdagi harakat vazifalarining bajarilishini ta`minlaydigan yaxlit reaktsiyalar ortishi va atrof muhitning ekstremal sharoitlariga organizmning adaptatsiya qilishida organizmning funktsional rezervlari, organ yoki funktsional sistemalar ishining tinch holatdagiga nisbatan ortish darajasidadir. Odatda kishining funktsional rezervlari Yuqori quvvatdagi jismoniy ishlarning bajarilishda u ekstremal sharoitlarga duch kelganda ancha to`liq namoyon bo`ladi. Masalan: sport mashqi bilan shug`ullanishda, musobaqada Yuqori haroratda ishlashda, gipoktsiya ta`sirida va xokazo xollarda. Sportchining funktsional rezervlarga bioximik fiziologik, sport texnikasi va ruxiy rezervlar kiradi. Fiziologik rezervlar boshqa rezervlarning asosi bo`lib fiziologik funktsiya sistemalari ishi rivojlanganda boshqa rezevrlar ham rivojlanadi. Fiziologik rezvrlar quyidagilar bo`lishi mumkin:
Jismoniy sifatlarni rivojlantiradigan rezervlar.

Har xil quvvatdagi ishlarda ishga tushadigan rezvrlar


Ishga tortilish navbati bo`yicha funktsional rezervlar 3 ta guruxga bo`linadi:
kundalik hayotda ishga tushadigan;
mashq qilish va musobaqalarda ishga tortiladigan;

organizmning yashash uchun kurashida ishga tushadigan rezervlar.


Fiziologik rezvrlar hajmi sport faoliyatida qisqa muddatli ohirgi imkoniyat bilan bajariladigan ishlarda juda sezilarli bo`lib, turli funktsional sistemalardagi fiziologik o`zgarishlar bilan belgilanadi. Sport mashqlari bilan muntazam shug`ullanish funktsional rezervlarning ortishiga olib keladi. Biroq jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishda uni to`g`ri tashkil etishgina organizmning fiziologik rezervlarini oshiradi, organizmni tashqi muhit ta`sirlariga chidamliligini oshiradi, turli omillar ta`siriga yaxshi moslashishini ta`minlaydi. Jismoniy ish – odamga ta`sir etuvchi tabiiy omildir. Tabiat Yuzaga keltirgan erning tortishish kuchi odamzotga hamma vaqt ta`sir ko`rsatgan. Odamzotning o`z atrofidagi muhitga moslashishida muskullar faoliyati muhim omil bo`lgan. Aynan harakat faolligi orqali organizm bilan muhit o`rtasida o`zaro ta`sir amalga oshadi, u yashash muhitiga moslashadi, harakat faolligi ajralmas qismi ekanligi hammaga ma`lum. Hamma kishilar ham uzoq vaqt davomida shiddatli muskul ishini bajara olishi mumkin degan ma`noni bildirmaydi. Bunday ish qobiliyatiga uzoq muddat muntazam mashq qilish, oadaptatsiya qilish natijasida erishiladi. Bu jarayonlar asosan shiddatli muskul faoliyati bilan bog`liq bo`lgan kishilarda, ya`ni sportchilarda kuzatiladi. Sport faoliyatidagi adaptatsiya o`zining ko`p bosqichliligi bilan kishining boshqa soha faoliyatiga moslashishdan farq qiladi, chunki sport faoliyatida tobora murakkablashib boradigan sharoitda adaptatsiya qilinadi. Bunday adaptatsiya odam organizmi oldiga alohida talablar qo`yadi. Jismonan chiniqqan organizm afzalliklari quyidagi xususiyatlar bilan ta`riflanadi:
A. Jismonan chiniqqan sportchi bajara oladigan shiddatli va uzoq muddatli ishni jismonan chiniqmagan kishi marafon masofasini Yugirib o`ta olmaydi, jismonan chinqgan kishi zo`rg`a bajaradigan ishni jismonan chiniqqan kishi charchamay bajaradi.
B. Jismonan chiniqqan sportchining tinch holatida, o`lchamli ish va og`ir ish bajarilsa, fiziologik sistemalar tejamlilik bilan ishlaydi. Maksimal hajmdagi jismoniy ishlarni bajarishda funktsional sistemalarning faoliyati juda Yuqori darajada ko`tariladi, lekin jismonan chiniqmagan kishining fiziologik sistemalari u darajaga erisha olmaydi. Masalan chidamlilikka chiniqayotgan Yuqori malakali sportchini tinch holatida Yuragining bir daqiqadagi qisqarish soni 30-50 marta bo`ladi, nafas olish bir minutda 6-10 marta bo`lib kislorod o`zlashtirishi 10-12 % ga kamaygan bo`ladi. Demak inson hayotida jismoniy tarbiyani o`rni juda katta ekan.



Yüklə 25,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə