Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



Yüklə 60,51 Kb.
səhifə3/4
tarix07.10.2023
ölçüsü60,51 Kb.
#126258
1   2   3   4
17mavzu

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Stress
Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.
Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.
Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida);
Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon.
Stress tushunchasi kanadalik olim gans sele tomonidan kiritilgan, u stressni organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan ta’sirlarga nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Stress holatining rivojlanishida g. Sele uch bosqich: a) xavotirlanish, b) qarshilik ko‘rsatish, v) izdan chiqishlarni ajratdi.
Xavotirlanish reaksiyasi shok davri (mns tushkunlik holati) va izdan chiqqan psixik vazifalarning tiklanish, shokka qarshi davridan iborat. Qarshilik ko‘rsatish bosqichi (rezistentlik) stressorlar ta’siriga nisbatan chidamlilikning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ularning davomli ta’sirida organizm kuchi kamaya boradi, va izdan chiqish bosqichi boshlanadi, ba’zn organizm o‘limiga olib keluvchi nuqsonli kasallik jarayonlari yuzaga keladi.
Stress hayot uchun xavfli bo‘lsada, organizm uchun zarurdir: austressda («foydali» stress) individning moslashish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Axborotli va psixik stress turlari mavjud (emotsional stresslar).
Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi.
Emotsional kechinmalarning xilma-xilligi avvalambor, odamlarning kayfiyatida ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan odamlarda faqat qandaydir o‘ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislarni yuzaga keltiradi. Boshqa toifadagi, emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas holat ham kuchli hissiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini ko‘tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin.
Odamlar o‘rtasida hissiyotlarning ifodalanishining chuqurligi va barqarorligi bo‘yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni hissiyotlar o‘rab olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. Odamlarda affekt va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda nomutanosib, o‘zi va hulq-atvori nazorati yo‘qotilgan, affekt va ehtiroslarga beriluvchan, masalan, g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar, aksincha, doimo o‘zini tuta biladi, o‘z hislarini, ongini nazorat qiladi.
Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar ularning faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir etuvchi xususiyatga ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o‘zgarishlarga sabab bo‘lmaydigan hisning o‘zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin shakli insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi.
SHunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi.
Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muammoni ko‘rib chiqamiz. Oniomaniya (do‘konlarga bog‘liqlik) – xarid qilishga bo‘lgan miyaga o‘rnashib qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda, vasvasa holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‘liqlik zamonaviy tilda – shopogolizm deb ataladi.
.Xulosa
Hislar – bu inson ongida uning yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
Hissiyot va tuyg‘ular o‘rtasida umumiylik ko‘p, lekin farqlar ham mavjuddir. Xuddi shunday, hissiyotlar – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional kechinmalarning ifodalanishlaridan biri. Hissiyotlar – birlamchi, hislar esa – paydo bo‘lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‘nalishli reaksiya xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, ular ko‘pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan bo‘ladilar, sezgilar esa, ko‘p hollarda aniq va jism bilan bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar biologik jarayonlar bilan, sezgilar esa – ijtimoiy soha bilan bog‘liq bo‘ladilar. Bundan tashqari, anglanmaydigan soha bilan bog‘langan, sezgilar esa ongimizda maksimal darajada namoyon bo‘lgandirlar. Inson sezgilari doimo tashqi ifodalarga ega bo‘ladilar, hissiyotlar esa ega bo‘lmaydilar. Va nihoyat, hissiyotlar ko‘proq vaziyatga bog‘liq va qisqa muddatli bo‘ladilar, sezgilar esa davomliroq va yorqin ifodalangan predmetli xarakterga ega. Ular odamning ma’lum ob’ektlarga nisbatan barqaror munosabatini aks ettiradilar. Sezgilar insonning madaniy-tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘lganlar va rivoj topganlar.
Hissiyotlar va tuyg‘ular sezgi, idrok, tasavvur, inson bilishi va faoliyati tashqarida mavjud bo‘lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob’ekt va sub’ektning juda murakkab bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jismlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar va sezgilarning o‘ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar va sezgilar tabiatini tushunish ularni inson hayotiy faoliyatida ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo bo‘lishining asosini insonning ehtiyojlari va motivlari tashkil etadi. Ularni qondirish maqsadni ko‘zlash, hayotiy masalarni hal etishni taqazo etadi. Ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan, ko‘zlangan maqsadlarga erishish amalga oshiriladigan real hayotiy sharoitlar emotsional kechinmalarning turli tumanligiga sabab bo‘ladi. Hissiyotlar ko‘pchilik ko‘rsatkichlari, ya’ni, sifati (ijobiy va salbiy), jadalligi (kuchli va kuchsiz), davomiyligi (qisqa muddatli va barqaror), anglanganligi, chuqurligi, irsiy manbasi, murakkabligi, bajaradigan vazifalari, organizmga ko‘rasatadigan ta’siriga qarab farqlanadi.
Hissiyotlar turlicha vazifalarni bajaradilar. Ularning boshqaruvchi, aks ettiruvchi, daraklovchi, undovchi (rag‘batlantiruvchi), mustahkamlovchi, o‘tkazuvchi, moslashuvchi, kommunikativ, hosil qiluvchi, ifodalovchi vazifalari shular jumlasidandir.Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi. Kundalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglan-magan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, vatanparvarlik, javobgarlik, masʼuliyat. vijdon, sevgi kabi yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodi-sa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchisi (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati, xulq-atvori, muo-malasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuygʻular, murakkab kechinmalarning vujudga kelishi jarayonidir. Hissiyotda yuk-sak histuygʻular ongli harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan shaxs holatining murakkab tarkibida kechadi. Mas, mehnatdan lazzatlanish hislari, axloqiy, aqliy, nafosat tuygʻulari hissiyotning oʻzagi boʻlib hisoblanadi. Jonivorlar esa bunday imkoniyatlarga ega emas.


Yüklə 60,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə