9-sinf uchun ona tilidan test. I chorak Gap markazini qaysi bo’lak tashkil etadi ?



Yüklə 16,09 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü16,09 Kb.
#137010
9-D sinf BLOK test


9-sinf uchun ona tilidan test. I chorak
1. Gap markazini qaysi bo’lak tashkil etadi ?
A. Ega va kesim
B. Ega va hol
D. Kesim
E. Aniqlovchi
2. Uyushiq bo’lakli gapni toping.
A. Men – Ahmedov Odil, 9-sinfda o’qiyman
B. Yozda, iyul oyida, kun juda issiq bo’ladi
D. Inson go’zalligining asosi uning chiroyli xulqidir
E. Ular Fuzuliy, Bedil va Mashrab devonini yostiqlari ostiga qo’yib uxlaydilar.
3. Qo’shma gap berilgan javobni toping.
A. Menga shu kitob yoqadi
B. Odam borki, fikr yuritish qobilyatiga ega.
D. Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi?
E. Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug’beka qattiq ta’sir qildi.
4. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar to’g’ri berilgan javobni toping.
A. Teng bog’lovchilar, nisbiy so’zlar, ohang.
B. Ergashtiruvchi bog’lovchilar, yuklamalar, nisbiy so’zlar
D. Bog’lovchilar, bog’lovchi vazifasidagi so’zlar, ohang
E. Bo’lsa, esa deb so’zlari, ohang, shart mayli qo’shimchasi.
5. Qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra qo’shma gaplar nechta guruhga bo’linadi ?
A. 3 guruhga
B. 4 guruhga
D. 5 guruhga
E. 2 guruhga
6. Hunar o’rgan, chunki hunarda ko’p sir, yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
Ushbu gapning to’g’ri ta’rifini toping.
A. Uyushiq bo’lakli sodda gap
B. Ajratilgan bo’lakli sodda gap
D. 3 ta sodda gapdan tuzilgan murakkab qo’shma gap.
E. To’g’ri javob yo’q.
7. Qismlari teng bog’lovchilar yordamida bog’langan gaplar …
A. Bog’langan qo’shma gaplar hisoblanadi.
B. Ergashgan qo’shma gaplar hisoblanadi.
D. Uyushiq bo’lakli sodda gap hisoblanadi.
E. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar hisoblanadi.
8. Tosatdan eshik sharaqlab ochildi … ostonada Ertoyev paydo bo’ldi.
Nuqtalar o’rniga qaysi bog’lovchi mos keladi ?
A. Shuning uchun
B. Ammo
D. Chunki
E. va

9. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qoshma gapni toping.


A. Soni ko’p, lekin salmog’i yo’q
B. Oradagi masofa yirog’u, mehr bizni bog’lab turadi.
D. A va B
E. Anor so’zlar va Zaynab qalbi dir-dir qaltirar.
10. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping.
A. Gohida yantoq tikanlari oyoqlarimizga kirib ketadi.
B. Mehmon kelganini bilmaydi yoki o’zini bilmaganlikka soladi.
D. U kim bo’lsa-bo’lsin men esa arxitektor bo’laman.
E. Goh qizlar, goh o’g’il bolalar ashulla aytishdi.
11. Bog’langan qo’shma gap berilgan javobni toping.
A. Olim bo’lsang, olam seniki
B. Agar qiz bo’lsang, otingni Kimsanoy deb qo’yaman.
D. Aql ko’pga yetkazadi, hunar bo’lsa insonni ko’ka ko’taradi
E. Jahl dushman – aql do’st.
12. Bosh gap ergash gapdan keyin kelgan ergashgan qo’shma gapni toping.
A. Shuni bilingki, bitta so’zning tig’i yuz ta shamshirdan o’tkirroqdir.
B. Ular mening aytganimni qilishadi, chunki men oilamizning kenjatoyiman.
D. Gulchehra “Piq” etib kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi.
E. Agar shu topshiriqni bajarmasa,obro’yi bir pul bo’ladi.
13. To’ldiruvchi qatnashgan gapni toping.
A. Anvoyi gullar bog’da tartib bilan ekilgan.
B. Men badiiy kitoblarni ko’p o’qiyman.
D. Biz talabamiz
E. Shahar juda obod edi.
14. Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gapni toping.
A. Ko’pirar tomirlarda qon bortar va hademay bu o’tli vulqon
B. Jondan ortiq narsa yo’q, lekin do’stlar uchun jonimiz fido.
D. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib jala quyadi.
E. Aytar so’zingni bilib ayt, chunki o’ylamay aytilgan so’z inson dilini jarohatlashi mumkin.
15. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi ergashtiruvchi bog’lovchilarni toping.
A. Chunki, negaki, ammo, biroq.
B. Shuning uchun, agar, toki.
D. Chunki, toki, agar.
E. B va D
Yüklə 16,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə