Sang, olam seniki. Kamtar bo’l, chunki



Yüklə 61 Kb.
səhifə1/6
tarix23.12.2023
ölçüsü61 Kb.
#154625
  1   2   3   4   5   6
Konspekt Ergashgan qo\'shma gap 2011


ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar hisoblanadi.


== Olim bo’lsang, olam seniki.
== Kamtar bo’l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi.


Bosh va ergash gap
Ergashgan qo’shma gaplar, tarkibida nechta gap bo’lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi:
1) bosh gap; 2) ergash gap.
M azmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. Ergashgan qo’shma gaplar, asosan, yoki qolipida ifodalanadi.
Ergashgan qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra so’z birikmalariga o’xshaydi. So’z birikmasi tarkibidagi so’zlar nechta bo’lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan- hokim va tobe so’zlardan tashkil topadi.
= = Vatanimizning kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda yashayotgan aholining katta qismini yoshlar tashkil etadi.
==Shuni mamnuniyat bilan ta'kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do'mbirasi sababchi bo'lgan.
==Topgan . obro'ni yo'qotmaslik shart, chunki obro' ko'ylak emaski, yangisini bozordan olsang.
= ==Erta eksang, erta o'rasan.
== Agar arqondan qo'llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo'l topolmay sarson bo'lib yuraveradilar.
==Birinchi qaldirg'och parvozini ko'rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi.


Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar

Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog’lanadi:


1) ergashtiruvchi bog’lovchilar;
2) ko’makchili qurilmalar ( shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar);
3) yuklamalar ( - ki);
4) nisbiy so’zlar( kim - o’sha, nima- shu, qayer - shu yer va boshqalar);
5) deb so’zi va boshqalar.



Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə