Sang, olam seniki. Kamtar bo’l, chunki


Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gaplar



Yüklə 61 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü61 Kb.
#154625
1   2   3   4   5   6
Konspekt Ergashgan qo\'shma gap 2011

Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gaplar
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab ( chunki, negaki), maqsad ( toki), shart ( agar, agarda, basharti mabodo), qiyoslash- chog’ishtirish ( go’yo, go’yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash- chog’ishtiruv bog’lovchilari ergash gap boshida qo’llanadi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Shart bog’lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko’pincha shart bog’lovchilari qo’llanmasa ham, shart mayli qo’shma gap qismlarini bog’layveradi.
== Ozgina hovliqib turishsa ham, cho'chishsa ham mayliga, negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo’ladi.
==Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog' to'nlar berar!
==Misralarda so'zlar gavhar kabi yonadi, go'yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi.
==Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin.
==Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon.
==Basharti boshingga qilich kelsa ham, to'g'ri gapir.


Ko'makchili qurilmalar yordamida
ergashgan qo'shma gaplar

Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko'makchili qurilmalar vositasida bog'lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi.


== Uning bunday odati yo’q edi, shuning uchun yigit hayron bo’lib, biroz qarab turdi.
== Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo’l hosil oldik.
== Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo’q edi, shu bois tag’in jiddiy ishga kirishib ketdilar.



Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə