Sang, olam seniki. Kamtar bo’l, chunki


EGA ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR



Yüklə 61 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü61 Kb.
#154625
1   2   3   4   5   6
Konspekt Ergashgan qo\'shma gap 2011

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kimki
EGA ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR

Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma'nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so'zlar (kim - o'sha, nima - o'sha yer kabi) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llaniluvchi y-ki yuklamasi ordamida bog'lanadi.


Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe'llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari –ki yordamida bog'langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Ba'zan bosh gapning egasi vazifasidagi ko'rsatish olmoshi qo'llanmasligi mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi.
== Kimki ilm urug'ini sepsa, u ulug'lik mevasini teradi.
== Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida kun kechiradi.
==Ko'ziga nima ko'rinsa, shu uni qiziqtira boshladi.
==Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda ... hamma daraxtlar bir chiziq ustida saf turadi.
==Bu savollardan ma'lum bo'ldiki, aybnoma uydirma emas.(Bu savollardan shu ma’lum bo’ldiki…)
==Bir narsa aniqki, ahvol yomon.


HOL ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR

Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo’llangan ko'rsatish olmoshining ma'nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi. Hol ergash gaplar bosh gapga nisbiy so'zlar, shart mayli shakllari; sabab, maqsad, shart bog’lovchilari; deb so'zi yordamida bog’lanadi. Hol ergash gaplar holning ma'no turlariga muvofiq o'z ichida payt, o'rin, sabab, maqsad, shart, miqdor-daraja ergash gaplar singari bir necha turlarga bo’linadi.


==Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.
==Yana ikki ko'z ham berdim, yov kelganda, ko'rsin deb.
== Oqsoqol qayerda bo’lsa, o'sha joyda ish bir tartibda borardi.
== Dutor chalib o'tirsam, tori uzilib ketdi.
== Oyna opa xatni oxirigacha o'qiy olmadi, chunki hovlining eshigini kimdir taqillata boshladi.
== Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko'p ediki, so'rab oxiriga yetolmasday ko'rindi.
== G'afur G'ulom etagini silkitsa, kulgi to'kilardi
== Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo’ladi.
== Do’stimga tushgan xavf meni ham tahlikaga solmas ekan, bu chinakam do’stlik emas. (61-bet)



Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə